Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Tish tozalagichlar (kovlagichlar)



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
1.9.4. Tish tozalagichlar (kovlagichlar) 
 
Insonlar tish tozalagichlarni qadim zamonlardan buyon ishlatib kelishadi. 
Italiyaning shimoli, Alp tog`larining sharqiy qismlarida olib borilgan qazilma 
ishlari natijasida inson shaxsiy gigiyenasiga doir predmetlar, jumladan oltin, 


297 
bronza, temirdan yasalgan tish tozalagichlarning topilishi eramizdan ikki-uch asr 
oldin ham ulardan gigiyenik vosita sifatida foydalanilganligidan dalolat beradi. 
Bugungi kunda tish tozalagichlar og`iz bo`shlig`i gigiyenasi vositasi doimo 
hamroximizdir. Tish tozalagichlar plastmassadan va xushbo`y, xushta’m daraxtlar 
yog`ochidan yasaladi. Shakliga ko`ra uchburchak, yassi, dumaloq bo`ladi. 
Ular asosan tishlar orasidagi ovqat qoldiqlari va kontakt yuzalardan 
karashlarni tozalash uchun ishlatiladi. Shu bilan birga tish tozalagichlar tishlar 
orasidagi milklarni mexanik massaj qilib ularda qon aylanishini kuchaytiradi
mavjud yengil yallig`lanish jarayenlaridan holi qilishda ishtirok etadi. 
 
1.9.5. Flosslar 
Flosslar maxsus tayyorlangan tish tozalagich iplari tishlar oralig`i va kontakt 
yuzalarini tozalash uchun ishlatiladigan qo`shimcha gigiyena vositasidir. 
Flosslar tayyorlanishiga qarab: mumlangan va mumlanmagan, shakliga 
ko`ra; uchburchak, yassi, dumaloq qilib tayyorlanadi. 
Floss iplari tish tozalash uchun qo`llarning ko`rsatkich barmoqlariga o`raladi 
va tishlar oralig`iga solinib mexanik harakat yordamida tishlarning oraliq yuzalari 
va yonbosh yuzalaridan karashlar tozalanadi, milklar o`z navbatida massaj qilinadi. 
 
1.9.6. Chaynov rezinkalari (saqichlar)
Saqichlar -so`lak ajralishini kuchaytirib, tishlar yuzasini tozalash va mikroblar 
hosil qilgan kislotalik muhitni neytrallash va mexanik ishlov natijasida og`iz
bo`shlig`i gigiyenasini yaxshilashda ishtirok etuvchi vosita hisoblanadi. 
Chaynov rezinkalari og`iz
bo`shlig`i to`qimalariga quyidagicha ta’sir 
ko`rsatadi: 
-so`lak ajralishini tezlashtiradi 
-so`lak ajralishida uning bufer sig`imini oshishini ta’minlaydi 
-og`iz
bo`shlig`ining qiyin tozalanuvchi sohalarini yuvib tozalashni ta’minlaydi 
-so`lakdagi saxaroza klirensini yaxshilaydi 
-ovqat qoldiqlarini tozalashda faol ishtirok etadi 
Bugungi kun chaynov rezinkalari (saqichlari) tarkibini asosiy modda (barcha 
qo`shimchalarni biriktiradi), shirin ta’m beruvchi qo`shimchalar (shakar, jo`xori 
sharbati, shakar o`rnini bosadigan moddalar), yaxshi ta’m va maza beruvchi 
moddalar, yumshatgichlar (chaynov paytida ma’lum konsistensiya hosil qilish 
uchun) hosil qiladi. 
Chaynov 
rezinkalarining 
eng 
asosiy 
xususiyati-bu 
chaynash 
paytida tinch turganga nisbatan so`lak ajralib chiqishini 3 va undan 
ko`p martaga oshirish hisobidan tishlar sathini yuvilishini yaxshilash
ovqatdan 
so`ng 
oshqozonda 
hazm 
jarayonini 
faollashtirishdan 
iboratdir. Bugungi kunda tarkibida ksilit va boshqa shakarsimon moddalar 
saqlovchi, kariyesga qarshi ta’sir qiluvchi chaynov rezinkalari keng ko`lamda 
tayyorlanmoqda. Chaynov rezinasi tarkibidagi ksilit og`iz
bo`shlig`ida , tishlar 
sathida uzoq vaqt saqlanib qolib o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatadi. 


298 
Chaynov rezinkalaridan to`g`ri foydalansak, uning salbiy asoratlari 
bo`lmaydi. Shu ma’noda ko`plab o`tkazilgan tekshirishlar natijasiga tayanib 
quyidagilar tavsiya qilinadi: 
1. Chaynov rezinkalaridan bolalar ham katta yoshdagi kishilar ham bir xil 
foydalansa bo`ladi 
2. Chaynov rezinkalarini faqat ovqatdan so`ng 20 min mobaynida chaynash 
tavsiya etiladi, aks holda har xil noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin 
3. Shakar saqlamaydigan, uning o`rnini bosadigan moddalari bor chaynov 
rezinkalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir 
4. Chaynov rezinkalarini iloji bo`lsa faqatgina ovqat va shirinlaklardan so`ng 
chaynash tavsiya etiladi 
5. Shuni unutmaslik lozimki, tartibsiz ravishda xohlaganda saqich chaynash 
zararlidir 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish