O’zbekistondagi ekalogik muammolar va ularni hal qilish usullari
REJA: 1.O’zbekistondagi ekalogik muammolar. 2.Atmosfera havosini muhofaza qilish. 3. O’zbekiston Respublikasida ham tashvishlanarli ekologik vaziyatlar yuzaga keldi.qda. rol bo’yining sanitar-epidemiologik ahvoli nihoyatda og’irlashmoqda.
Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, beosferaviy muvozanatni saqlash; O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligi va barqarorligini ko`zlagan holda tabiiy resurslardan foydalanish qayta tiklanadigan tabiiy resurslar ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining muvoznatini saqlash tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish; regional va lokal darajalarda tabiatni qayta tiklanish hususiyatini tiklash; tabiatning daslabki turlari va ularning genofondini landshaftlarning xilma – xiligini saqlash.
Markaziy Osiyo hududida quyosh haroratining yuqori bo’lishi inson organizmida qon aylanishini kuchaytiradi, ko’p miqdorda terlatib, ayrim kimyoviy moddalarning teri orqali so’rilishiga, xatto me’yornomada ko’rsatilgan eng kichik raqam ham halokatli zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Bunday sharoitlarda ruhiy (85 foizga) va asab xastaliklari (109 foizga), nafas olish a’zolari xastaliklari (108 foizga) ko’payadi.
Тarkibida nitrobirikmalar mavjud bo’lgan suv va oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat iste’mol qilish moddalar almashinuvi, tayanch-harakat va asab tizimlari xastaliklarini, irsiy nuqsonlarni keltirib chiqaradi.
Atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy yo’nalishi shahar va aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosining sifatini yaxshilash, keyinchalik sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilish buning uchun Respublikamizning barcha hududlarida chiqindilarni kamaytirish, kam chiqindili texnilogiyalarni yaratish, chang to’plovchi va tozalovchi yangi qurilmalarni yaratish va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish eskirgan qurilmalarni yaxshilash bilan almashtirish va boshqalar.
Orol dengizinimg qurishi iqlim o’zgarishiga ham sababchi bo’ldi. Qurg’oqchilik tufayli iqlimning keskin kontenentalligi ortib ketdi.
Dengiz va quruqlik o’rtasidagi haroratning o’zgarishi, shamol tezligining ortishi, suvning to’lqinlanish hodisasini kuchaytirishiga olib keldi.
Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi.
Qurigan maydonlar xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchi bilan to’lib bormoqda. Orol bo’yining sanitar-epidemiologik ahvoli nihoyatda og’irlashmoqda.
Agar zudlik bilan tabiatda vujudga kelayotgan muammolar hal qilinmasa insoniyat va butun mavjudodning hayoti xavf ostida qoladi.
Biz tabiatga qarammiz, biz tabiatsiz yashay olmaymiz, shunday ekan biz barchamiz tabiatni asrab avaylashimiz, uning har-bir qarich yerini ko’z qorachig`iday asrashimiz, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishimiz, har-bir tomchi suvni tejab ishlatishimiz, tabiat haqida doimo g’amxo’rlik qilishimiz lozim.
Uzoq yillar davomida eski ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida Markaziy Osiyi mintaqasidagi ekologik muammolarga e’tibor berilmadi.
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas darajada kam mablag’ ajratilardi. Bu mablag’ tabiatga yetkazilgan zararni also qoplamasdi. Sobiq ittifoq zamonida atrof-muhit va atmosfera havosining ifloslanishi, toza ichimlik suvi yetishmasligi tashvishli hol ekani haqida bilib, bilmaslikga olindi.
Qonunlar rasmiyat uchun qabul qilinadiyu, ammo ular hayotga joriy etilmadi. Sho’ro tuzumi davrida inson tabiatni o’z irodasiga bo’ysundirishi lozim degan soxta aqida uzoq yillar ustuvorlik qildi. Natijada barcha hududlarda ekologik muvozanat qo’pol ravishda buzildi.
Mintaqamizda, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida ham tashvishlanarli ekologik vaziyatlar yuzaga keldi. O’zbekiston Respublikasiga sobiq ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan aytib o’tganimizdek paxta yakka hokimligi va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan iqtisodiyot og’ir meros bo’lib qoldi.
Respublikamizga xom ashyo yetishtirib beradigan chekka o’lka sifatida qaraldi. Mamlakatimizdan katta miqdorda yetishtirilgan paxta hosilining aksariyat hajmi tekinga tashib ketilar edi.
Oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar jahon bozorining o’ta xaridorgir bo’lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda O’zbekiston xazinasiga tushmas edi.
Hududimizda yuz bera boshlagan ekologik inqiroz nihoyatda keskinlashib ketib, ijtimoiy tus ola boshladi. Ekologik tanazzuldan esa keng jamoatchilik tashvishga tushishi tabiiy hol,albatta.
Odamlar qanday xavf qarshisida turganliklarini, atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar qanday ko’rgiliklarga olib kelganligini yaqqol his etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |