6.2. Parodont xastaliklari tasnifi.
I. Gingivit - milkning mahalliy va umumiy noxush ta’sirotlar ostida tish,
milk cho`ntagining butunligi bilan kechuvchi yallig`lanish jarayonidir.
Shakllari: kataral, gipertrofik, atrofik.
Kechishi: o`tkir, surunkali, qaytalovchi.
Ko`lami: chegaralangan, diffuz.
Klinik darajasi: yengil, o`rta og`irlikda, og`ir.
II. Parodontit - periodontal boylam va suyak to`qimasining buzilishi bilan
birgalikda namoyon buluvchi parodont to`qimasining yallig`lanish jarayoni.
Kechishi: o`tkir, surunkali, o`tkirlashuvchi (jumladan yiringli-absseseli),
qaytalanuvchi.
Klinik darajasi: yengil, o`rtacha og`irlikda, og`ir.
Ko`lami: chegaralangan, diffuz (keng tarqalgan).
III. Parodontoz - parodont to`qimasining yallig`lanishsiz distrofik
jarohatlanishi.
Klinik darajasi: yengil, o`rtacha og`irlikda, og`ir.
Kechishi: surunkali, qaytalovchi.
Ko`lami tarqalgan (diffuz).
IV. Parodont to`qimasining tez kechuvchi neoplastik (ideopatik)
yallig`lanish jarayonlari. Bularga Papiyon-Lefevr, Xend-Krischen-Myuller (X-
gistiotsitoz)
sindromlari,
akatalaziya,
neytropeniya,
gammaglobulinemiya
xastaliklarida yuzaga keladigan parodont to`qimasidagi kuchli o`zgarishlar kiradi.
V. Parodontomalar-parodont to`qimasining o`smalari,
Yuqorida bayon qilingan parodont xastaliklarining turlanishi, ularning klinik
kechishi va morfologik o`zgarishlarini baxolab, yallig`lanish, distrofik va usma
jarayonlarini o`zida to`g`ri aks ettiradi. Xastaliklarga bunday nuqtai-nazardan
qarash uni to`g`ri tushunib, shunga yarasha aniq to`g`ri ta’sir qiluvchi davo chora-
tadbirlarini tanlashda muhim omil bo`lib hisoblanadi.
6.3. Parodont kasalliklari etiologiyasi.
Xastalikni to`g`ri aniqlashda uning ko`lamidan tashqari, keltirib chiqaruvchi
shart-sharoitlarni
(etiologiya),
xastalikning
klinik
kechishini
(surunkali,
o`tkirlashgan surunkali, turg`un bosqichi), darajasini (engil, o`rta, og`ir) hamda
yallig`lanish jarayonining klinik va morfologik belgilari (serozli, yiringli, nekrozli,
proliferatsiya) ni nazarda tutmoq lozim.
Bolalarda kechadigan parodont to`qimasining xastaligi bir qator o`ziga xos
xususiyatlarga egadir.
Xastalikning barcha shakllarida yallig`lanish jarayoni kuzatilib, u asosiy
o`rinni egallaydi. Parodontoliz va neoplastik jarayonlar bolalar yoshida kam
uchraydi, parodontoz xastaligi esa uchramaydi deb hisoblanadi. Milkning ustki
qismida toshlarning yig`ilishi faqat katta yoshdagi o`smir bolalarda kattalarga
nisbatan ancha kam uchraydi.
Bolalar yoshida uchraydigan parodont xastaliklarini aksariyat hollarda
mahalliy (og`iz bo`shlig`idagi) noxush sabablar yuzaga keltiradi. Shu bilan
106
birgalikda organizmning umumiy kasalliklari ham bolalar yoshida parodont
kasalligini keltirib chiqarishi ko`plab kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |