56
b) surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontit (periodontitis
chronica
granulans);
v) surunkali granulematoz periodontit (periodontitis chronica
granulomatosa).
g) o`tkirlashgan (qaytalangan) surunkali periodontit
4.3. O`tkir cho`qqi (apikal) periodontit
Periodont to`qimasining bu xil o`tkir yallig`lanishi bolalarda umumiy o`tkir
pulpit jarayoni natijasida yuz berishi mumkin. Bu hol, ayniqsa yosh bolalarda
organizmning ba’zi bir sabablarga ko`ra kuchsizlanishi, qaysiki kasal tish ildizlari
to`liq shakllanmaganligi oqibatida kuzatiladi. Kattaroq yoshdagi bolalarda esa
immunologik himoya qobiliyati susayishi va pulpa to`qimasining antigenga
(mikroblarga va ularning toksinlariga) nisbatan sezgirligining keskin oshishi
asosida sodir bo`lishi mumkin. Ko`rsatilgan hollarda tish yumshoq to`qimasi tezda
nekrozga uchraydi va yallig`lanish jarayoni periodont to`qimasiga yoyiladi.
Shakllanmagan keng ildiz kanali orqali mikroblar va ularning toksini periodont
to`qimasida o`tkir cho`qqi periodontitni vujudga keltiradi.
Kasallikning birinchi
alomati og`riq hisoblanadi. Og`rik sababsiz boshlanib, to`xtovsiz tarzda kuchaya
boradi, tish atrofi to`qimalari qizarib shishadi, paypaslaganda kuchli og`riq
seziladi. Bolaning tana harorati ko`tarilib, 38-39° S ni tashkil etadi. Umumiy
zaharlanish alomatlari paydo bo`ladi. Bola holsizlanadi, sovuq ter bosadi,
rangi
oqaradi, ovqatdan bosh tortadi.
Kasallangan tishni ko`rikdan o`tkazilayotganda uncha katta bo`lmagan
kariyes kovagini ko`rish mumkin. Tishga zond yoki qisqich tekqizilganda kuchli
og`riq paydo bo`ladi va tish likillab qimirlab qolishi mumkin.
Ana shunday holat qayd qilingan paytlarda bemorga kechiktirib
bo`lmaydigan zarur mutaxassis yordami ko`rsatilmasa, kasallangan tish joylashgan
jag` sohasida suyak usti pardasining yallig`lanishi (periostit) va ba’zi bir hollarda
jag` suyagining o`tkir yiringli yallig`lanish jarayonlari (osteomiyelit) kelib chiqishi
extimoldan holi emasdir. Yuqorida ko`rsatilgan jarayonniig zo`rayishi
mutaxassisdan og`rigan tishni olib tashlashni taqozo qiladi va bu yallig`lanish
jarayoni havfli oqibatlarining oldini olishi mumkin.
O`tkir cho`qqi periodontitda birinchi murojaat paytida kasallangan tish pulpa
kovagi kengaytirilib ochiladi. Ildiz bo`shlig`i chiriy boshlagan nerv-tomir
tutamidan pulpaekstraktor yordamida baratarf etiladi va oxistalik bilan antiseptik
moddalar shimdirilgan paxta turundalar yordamida yuvilib, tish kovagi ochiq holda
qoldiriladi, Yallig`lanish jarayoni kuchli klinik belgilar, ayniqsa zaharlanish
alomatlari bilan kechgan taqdirda bemorga ichish uchun mikroblarga qarshi ta’sir
kuchiga ega bo`lgan (antibiotik) dori-darmonlar buyuriladi.
Shu bilan bir qatorda
organizm sezgirligini kuchsizlantiruvchi dori-darmonlarning ham tavsiya qilinishi
jarayonning tezda pasayishiga va bemor ahvolining birmuncha tezroq
yaxshilanishiga olib keladi. Agar ko`rsatilgan yordam yallig`lanish jarayonining
pasayishiga olib kelmasa, og`riq tish atrofidagi yumshoq to`qimalardagi o`zgarish
kuchaysa, shish kattalashsa, bunday holda tish-lunj yoki tish-lab burmalari
jarroxlik yo`li bilan kesilib, yiringli ekssudatga yo`l ochiladi. Ana shunday og`ir
57
ahvolga tushib qolgan maktab yoshigacha bo`lgan bolalarga kasalxonalarga yotib,
davolanish tavsiya etiladi.
Bemorning
ahvoli bir muncha yaxshilanib, og`riq pasaygandan keyin tish
ildizi kanallari qayta yuviladi. Ildiz kanallari yallig`lanish jarayoni qaytgandan
keyingina plombalanadi. Boshqa sabablar natijasida yuz beradigan o`tkir cho`qqi
periodontiti birmuncha yengil kechadi. Kimyoviy jarohatlar asosida vujudga
keladigan o`tkir cho`qqi periodont yallig`lanishi ko`pincha arsenat kislotasi
ta’sirida kelib chiqadi. Bunga tish pulpasini o`ldirish maqsadida mo`ljaldan
ko`proqq hajmda arsenat kislotasini ishlatish, uni o`z vaqtida olib tashlamaslik
yoki shu muolajadan keyin davolanishni davom ettirmaslik hollari sabab bo`ladi.
Bunday hollarda bolalar chaynov paytida og`riq paydo bo`lishiga
shikoyat
qilishadi. Tish atrofi to`qimalarida esa deyarli o`zgarishlar sezilmaydi. Tishni
tukillatib ko`rganda (perkussiya) juda kuchsiz og`riq alomatini sezish mumkin.
Bunday hollarda og`rigan tish pulpa bo`shlig`i kengaytirilib ochiladi. Toj va ildiz
kovagidan tish yumshoq to`qimasi (pulpa) olib tashlanadi (ildizi shakllanmagan
tishlar bundan istisno). Ildiz kanali 3% li vodorod peroksidi, unitol shimdirilgan
paxta turundalar bilan yaxshilab yuvilib, ildiz kanaliga 4-5 kunga 5%
li yod
nastoykasi va qalampirmunchok moyining 1:1 nisbatdagi aralashmasi shimdirilgan
turunda qo`yiladi. Tish kovagi suvli dentin yordamida vaqtinchalik berkitiladi. Bir
ildizli doimiy tishlar bo`yalmasligi uchun bu maqsadda kamforafenol yoki
Platonov suyuqligini ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tish ildizlari
tukillatib
ko`rish
paytida
og`riq
sezilmaydigan
bo`lganidan
keyingina
plombalanadi.
Bolalarda
xuddi
katta
yoshdagi
kishilardagidek
ildiz
kanali
plombalanayotganda ortiqcha plombaning ildiz cho`qqisidan tashqariga chiqish
hollari ham davolanayotgan tishda og`riq paydo bo`lishiga, milk qizarib
shishishiga sabab bo`lishi mumkin. Bunday hollarda tish atrofi to`qimasiga
fizioterapevtik (flyuktuorizatsiya, darsonvalizatsiya) muolaja, ichish uchun esa
analgin yoki boshqa bir og`riq koldiruvchi tabletkalar tayinlanadi.
Ko`pgina hollarda bolalarning yiqilib tushishi, urilishi
natijasida tishlarga
kuchli zarba yetkazish mumkin. Bu esa tish periodonti yallig`lanishiga sabab
bo`ladi. Bunday sharoitda dastlab shu tish pulpa to`qimasining tirik yoki o`lik
ekanligini
aniqlash
lozim.
Buni
amalga
oshirish
uchun
EOD
(elektroodontodiagnostika) usulidan foydalanib, kasallangan tishga nisbatan
simmetrik joylashgan sog`lom tish pulpasining ta’sir etayotgan elektr tokiga
nisbatan sezgirligi aniqlanadi. Bunda pulpaning elektr tokiga nisbatan bolaning
yoshiga qarab o`zgarishini nazarda tutmoq darkor sog`lom tishda elektr tokiga
nisbatan sezgirlik me’yori aniqlangandan so`ng,
kasal tish sezgirligi sinab
ko`riladi. Kasal tishda sezgirlik doimiy tokka nisbatan 150 mikroamperdan past
bo`lgan taqdirda ham tish toj bo`shlig`ini ochish (trepanatsiya) uchun
shoshilmaslik kerak. Shikastlangan tish liqillab qolgan bo`lsa, uni tez qotadigan
plastmassa shinalar yordamida yonidagi sog`lom tishlarga mahkamlash zarur.
Bemorga yallig`lanishga qarshi dori-darmonlar tavsiya qilinadi. Shifokor 2-3 hafta
mobaynida bemor ahvolidan xabardor bo`lib, tishning sezgirligini EOD usuli bilan
kuzatib boradi. Agarda tish pulpasining elektr tokiga nisbatan sezgirligi sog`lom
58
tish sezgirligi ko`rsatgichiga yaqinlasha borsa, bu xol pulpaning tirikligidan darak
beradi. Mabodo shikast yegan tish sezgirligining pasayib borish holati qayd kilinsa,
u xolda tish tojsi trepanatsiya qilib ochilib, ildiz kanali ulgan pulpadan bartaraf
etiladi. Antiseptik eritmalar bilan yuvilib, quritilgan ildiz
kanali plomba materiali
bilan to`ldiriladi va tish kovagi doimiy plomba bilan berkitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: