52
to`g`ridan-to`g`ri pulpa to`qimasiga BI-8 uskunasi yordamida bosim ostida
anestetik purkash yaxshi natija beradi.
3. a) Davolashning jonsizlantirish (devitalizatsiya) usuli qo`llanilganda
tishda og`riq paydo bo`ladi. Bunga arsenat kislotasi ustidan og`riqsizlantiruvchi
vositaga ho`llangan tampon qo`yilmasligi yoki arsenat kislotasi ustiga qo`yilgan
vaqtinchalik plombaning pulpa to`qimasiga kuchli bosim ko`rsatishi sabab bo`ladi.
Bunda og`riq kuchayadi va bolaning ota-onasi uni yana shifokor xuzuriga qayta
olib kelishga majbur bo`ladi. Bu holda vaqtinchalik plomba olib tashlanadi,
yangitdan arsenat kislota qo`yilib, ustidan og`riqsizlantiruvchi vosita shimdirilgan
g`ovak paxta tampon qo`yiladi, ohistalik bilan suvli dentin pastadan tayyorlangan
vaqtincha plomba bilan kovak berkitiladi.
b) Agar jonsizlantiruvchi vosita qo`yilgandan keyin 1-3 kun o`tib tishda
ovqat chaynash paytida og`riq sezilsa, bunga arsenat kislotasining ortiqcha
miqdorda qo`yilganligi yoki bo`lmasa ko`rsatilgan muddatdan uzoqroq vaqt
mobaynida tish kovagida ushlanib turilganligi sabab bo`ladi. Bu noxush vaziyatni
bartaraf etish uchun shakllangan ildizli tishlarda ekstirpatsiya, shakllanmagan
tishlarda chuqur amputatsiya usullaridan foydalanib, tish pulpasi to`liq yoki
qisman olib tashlanadi. Ildiz kanalining kirish qismiga unitol yoki
qalampirmunchok moyiga shimdirilgan paxta tampon qo`yilib, tish kovagi
vaqtinchalik plomba yordamida 4-6 kuncha berkitiladi. Shu vaqt mobaynida
tishdagi og`riq pasayib to`xtaydi va davo tadbiri oxiriga yetkaziladi.
Ba’zan arsenat kislotasi ta’sirida to`liq jonsizlantirilmagan pulpa
amputatsiyasidan keyin mumiyolashtirish uchun qo`yilgan rezorsin-formalin
suyuqligi ta’sirida ham kuchli og`riq paydo bo`lishi mumkin. Uni bartaraf etish
uchun vaqtinchalik plomba olinib, kanalning kirish qismiga ko`yilgan fenol yoki
boshqa bir kimyoviy eritmaga ho`llangan tampon vositasida ildiz pulpasi
kuydiriladi (koagulyatsiya). So`ngra kuydiruvchi vosita olib tashlanib, o`rniga
yana rezorsin-formalinli tampon qo`yilib, kovak 2-3 kunga berkitiladi.
Yallig`langan tish pulpasini butunlay olib tashlash (ekstirpatsiya) usuli
qo`llanilayotgan paytda tish kanalidan qon tomirlar uzilishi natijasida kuchli qon
oqishi mumkin. Bunday hollarda kanalga 2-3 pulpaekstraktor birga kiritilib, ildiz
pulpasi to`liq, olib tashlanadi va kanalda adrenalin suyuqligi shimdirilgan paxta
turunda 1-2 kuncha qoldirilib, kovak vaqtinchalik plomba bilan berkitiladi. Ana
shu muddat o`tgandan keyin qon oqishi to`xtaydi va davolash oxiriga yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: