50
Ammo yallig`langan sut tishlarida arsenat kislotasining saqlash muddati
shakllangan ildizli doimiy tishlarga nisbatan ikki marta qisqa (bir ildizli sut tishlari
uchun 12 soat, ko`p ildizdi tishlar uchun 24 soat) bo`lishi shart. Bundan ota-
onalarni voqif etmoq lozim.
Surunkali kechadigan gipertrofik pulpitda jonsizlantiruvchi arsenat
kislotasining miqdorini ko`rsatilgandan 1,5-2 marta oshirish, lekin vaqt muddatini
o`zgartirmaslik mumkin. Bu hol ishimizni bir qadar yengillashtiradi.
Ayrim hollarda, ya’ni surunkali kechadigan fibroz pulpit yoki gangrenoz
pulpit yallig`lanishi jarayonlarida, rentgen tasvirida ildizlarda kuchli so`rilish
jarayoni kuzatilgan taqdirda jonsizlantiruvchi vosita sifatida arsenat kislotasi
qo`llanilmaydi. Pulpani jonsizlantirish maqsadida, bunday hollarda fenol va
formalin aralashmasidan (2:1 nisbatdan iborat suyuqlikka ho`llangan paxta
tamponni anestezin kristallariga bo`yab, kariyes kovagiga qo`yish bilan cheklanish
ma’quldir.
Yuqorida bayon etilgan va amalga oshirilishi kerak bo`lgan tadbirlar aytib
o`tganimizdek bemorning birinchi qatnovida bajariladi.
Bemor ikkinchi marta shifokor qabuliga aniq ko`rsatilgan paytda, u bergan
maslahatlarga amal qilgan holda kelishi shart. Ikkinchi qatnov vaqtida kasal tish
kariyes kovagi yaxshilab charxlanadi, kerakli shakl beriladi, tish pulpa bo`shlig`i
yaxshilab ochiladi, tish pulpasining toj qismi kesib (amputatsiya qilinib) olib
tashlanadi. Kovakning tub qismiga teng miqdorda (1:1) aralashtirilgan rezorsin va
formalin suyuqligiga ho`llangan paxta tampon qo`yilib, 2-3 kun muddatga suvli
dentin pasta bilan tish kovagi berkitiladi. (12-rasm, g). Rezorsin va formalindan
iborat aralashma ko`rsatilgan muddatda ildiz pulpasining 2-4 mm chuqurligigacha
singib kiradi va tushgan mikroblarni o`ldiradi. Ildiz pulpasining o`suvchi qismigina
tirik qoladi. Yaxshi rivojlanadigan, yog hujayralarga boy bo`lgan ana shu qism o`z
funksiyasini saqlab qoladi. Ildizlar o`sishi davom etadi va to`liq shakl hosil qilib
tugallanadi. (12-rasm , d, ye).
Davolash jarayoni uchinchi qatnovda tugatiladi Bunda tish kovagidan
vaqtinchalik plomba va tampon olib tashlanadi. Kovak tubiga rezorsin va formalin
aralashmasiga rux oksidi poroshogi qorishtirilib, hosil qilingan pasta qatlami,
so`ngra ajratuvchi qatlam (suvli dentin va fosfat sementdan) surtiladi va silidont
yoki amalgamdan doimiy plomba qo`yiladi. (12-rasm, j).
Bu usulning afzallik tomonlari shundan iboratki, bunda deyarli og`riq
sezilmaydi. Hali shakllanmagan ildizlarning o`suvchi qismi shikastlanmaydi, ular
to`liq shakllanadi. Ildiz so`rilishi jarayonlari keyinchalik me’yorida kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: