47
9-Rasm.
Surunkali
gangrenoz
pulpitda chuqur amputatsiya usuli.
a-muolajagacha: 1-yallig`langan
pulpa;
2-o`lik
pulpa;
b-chuqur
amputatsiya
muolajasi;
v-
davolangandan so`ng: 1-dentin qatlam;
2- formalinli pasta; 3-doimiy plomba;
g-ijobiy
natija;
d-ildiz
cho`qqisi
shakllangan: 1-dentin qatlam; 2-ildiz
cho`qqisi atrofida suyak to`qimasining
siyraklashuvi;
3-tirik
pulpa;
4-
mumiyolashgan
pulpa;
5-foralinli
pasta; 6-plomba; ye-salbiy natija: 1-
surunkali periodont yallig`lanishi; 2-
shakllanmagan ildiz; 3-o`lik pulpa.
Keyin ildiz ignasi uchiga paxtadan turunda yasab, shu turunda orqali pasta
oxistalik bilan jarohatlangan ildiz pulpasi yuzasiga yopiladi.
Ildiz kanali plomba
qilinayotganda kuchli bosim hosil qilmaslik kerak. Pasta ustidan steril tampon
qo`yilib, tish kovagi 5-b kunga vaqtinchalik berkitiladi (suvli dentin pasta
yordamida). Shu vaqt mobaynida tish og`rib bezovta kilmasa, vaqtinchalik plomba,
paxta tampon olib tashlanib, tish kovagiga himoya qatlami (fosfat sementdan)
surtilib, ustidan doimiy plomba (silidont sementidan) qo`yiladi.
Chuqur amputatsiyada davolovchi malxam pastasini tanlashda uning
mikroblarga, yallig`lanishga qarshi ta’siri va singish xususiyatlarini
hisobga olish
shartdir. Chunonchi, kaltsin va kalmetsin pastalarining tarkibiga kiruvchi kaltsiy
gidrooksidi bir qadar mikroblarga qarshi va yallig`lanish jarayoniga birmuncha
ijobiy ta’sir etish xususiyatiga egadir. Ammo bu ta’sir chegaralangan bo`lib,
pulpaning chuqur qatlamlariga singib kira olmaydi. Shuni nazarda tutib,
yallig`lanish jarayoni o`tkirlashib qaytalanganda chuqur va har tomonlama ta’sir
kuchiga ega bo`lgan boshqa dori-darmonlardan foydalanish lozim.
Mabodo ildiz
pulpasining qolgan qismida qaytalanish jarayoni aniqlansa, amputatsiya qilingan
pulpa jarohatiga ta’siri keng bo`lgan antibiotiklar (neomitsin, eritromitsin,
streptomitsin va boshq.), fermentlar (tripsin, ximotripsin, ximopsin)
aralashmasi
(gidrokortizon va boshqa glyuakokortikoid gormonlar emulsiyasida tayyorlangan)
kor qiladi. 1-2 kunga qo`yilgan bu malxamlar yallig`lanish jarayonini
tinchlantiradi. Shikoyat bo`lmagan taqdirda ildiz kanalining bo`sh qismi formalin
saqlovchi pastalar yordamida ohista to`ldiriladi. Bu xil pastani quyidagicha
tayyorlash mumkin. Bir tomchi 10% li formalin eritmasiga bir tomchi glitserin, bir
dona timol kristali va pasta holiga kelguncha rux oksidi kukuni qo`shiladi. Hosil
qilingan bu pasta tishni bo`yamaydi, pulpaning chuqur
qavatlariga singib kirib,
yaxshi dezinfeksiya (mikroblarni o`ldiradi) qiladi. Bu esa pulpa chirishining oldini
oladi va qoldirilgan pulpa xayotini, fiziologik xususiyati bo`lgan dentin hosil qilish
jarayonini davom ettirishni ta’minlaydi. Buning natijasida ildiz to`liq shakllanadi.
48
Shunga karamasdan o`tkazilgan muolaja natijasini rentgen tasviridan
foydalanib, boshida har 3-6 oy mobaynida, keyinchalik yiliga bir marta tekshirib
turish lozim. Ba’zi bir hollarda dentin hosil bo`lish jarayoni buzilishi natijasida
ildizning o`rta qismida bushliq hosil bo`lishi, periodont
tirqishining kengayishi,
ildie atrofidagi suyak to`qimasida osteoporoz jarayonlari kuzatilishi mumkin.
Bunday o`zgarishlar kuzatilganda to`liq ekstirpatsiya usulidan foydalanib, tish
qayta davolanadi. Rentgen suratida yuqorida qayd etilgan o`zgarishlar va klinik
belgilar bo`lmasa, kasal tish boshqatdan davolanmaydi.
Ildizlari shakllanmagan sut va doimiy katta oziq tishlarda kechadigan
surunkali gangrenoz yoki boshqa tur pulpitlarda yallig`lanish belgilari tish atrofi
to`qimalariga ham tarqalgan bo`lsa, u holda chuqur
amputatsiya muolajasi
o`tkazilgandan keyin yallig`lanish jarayonini tinchlantiruvchi davo tadbirlari
o`tkazilib, davolash rezorsin-formalin usuli qo`llanilib tugatiladi. Bunda ildizning
pulpadan holi qilingan qismi rezorsin-formalinli pasta bilan to`ldirilib, ustidan
fosfat sementli qavat qo`yiladi va doimiy plomba bilan tish kovagi berkitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: