Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Yallig`langan pulpani biologik usulda davolash



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

3.9. Yallig`langan pulpani biologik usulda davolash 
Davolashning bu usuli tish pulpasining to`liq saqlanishini va xayotiy 
faolligini davom ettirishni ta’minlaydi. Quyidagi hollarda bu usul bilan davolash 
maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
1. O`rta va chuqur kariyes kovagini charxlash paytida bilmagan holda 
qo`qqisdan pulpa to`qimasiga jarohat yetkazilganda yoki u ochilib qolganda. 
2. Shakllangan va shakllanmagan tishlarda kechadigan qisman o`tkir 
(chegaralangan) pulpitda. 
3 Ildizi shakllanmagan bir ildizli doimiy tishlarda, umumiy o`tkir pulpitda. 
4. Sut va doimiy tishlarda kechadigan surunkali fibroz pulpitda. Agar 
periodont to`qimasida o`zgarishlar yuz bermagan va kariyes kovagi Blek buyicha I 
sinfga taalluqli bo`lgandagina. 
Davolash texnikasi bolalarda klinik belgilarga qarab o`ziga xos bo`lishi 
mumkin. 
Tish kariyes kovagi charxlanayotgan paytda qo`qqisdan pulpa bo`shlig`i 
ochilib qolgan (travmatik pulpit) taqdirda, kariyes kovagiga so`lak tushirmaslikka 
harakat qilish zarur. Tezlik bilan kovakni biror iliq antiseptik bilan yuvib quritib, 
jarohatlangan sohaga kaltsin yoki kalmetsin pastasidan surtiladi. Kariyes kovagi 
suvli dentin bilan vaqtinchalik berkitiladi.(7- rasm,a).
7-Rasm.
Ildizi shakllanmagan sut 
tishlarini biologik usulda davolash: a – 
ochilgan pulpa jarohatini to`g`ridan-
to`g`ri bekitish: 1-kalmetsin; 2-suvli 
dentin qatlami; 3-doimiy plomba; b-
ijobiy natija ildizlar to`liq shakllangan; 
v-salbiy natija: 1-pulpa nekrozi; 2-ildiz 
cho`qqisi 
atrofidagi 
suyak 
to`qimasining yemirilishi. 
Jarohatlangan tish 5-7 kun mobaynida bolani bezovta qilmasa, ikkinchi 
qatnovda vaqtinchalik plombani doimiy plomba bilan almashtiriladi (chuqur 
kariyes davosiga karalsin). 


44 
O`tkir pulpitda birinchi murojaat paytida tish kariyes kovagi birmuncha 
kengaytirilib ochiladi. Kovak tub sathidagi yumshoq dentin 3-4% li dikainning 
suvdagi eritmasi bilan yoki anestezin kristallari yordamida 2-3 minut mobaynida 
og`riqsizlantiriladi. Shundan keyin kariyes kovagi tub sathi va devorlaridan 
jarohatlangan dentin to`qimasi qavatma-qavat ko`chiriladi. Tish toj bo`shlig`i 
kichik sharsimon bor yordamida extiyotkorlik bilan ochiladi. Bu hol umumiy o`tkir 
diffuz pulpitda yallig`langan pulpa kovagida yig`ilgan ekssudatning oqib chiqishini 
va bir qadar pulpa to`qimasida (qo`yilgan davolovchi plomba ta’sirida) tiklanish 
jarayonlarini ta’minlaydi. Qisman (chegaralangan) o`tkir pulpitda toj bo`shlig`ini 
ataylab ochish shart emas. Yallig`lanish natijasida hosil bo`lgan pulpa 
bo`shlig`idagi ekssudat shakllanmagan bo`lib, anchagina keng ildiz kanallari orqali 
sizib oqib, pastga tushishi mumkin. Yupka dentin qavati dentin yo`llari orqali 
kovakka qo`yilgan dori diffuz yuli bilan yallig`langan pulpaga bemalol o`tib, ta’sir 
ko`rsatadi. 
Yuqorida bayon etilgan davo tadbirlari quyidagicha bajariladi. 
Tayyorlangan kariyes kovagi iliq antiseptik, mikroblarga qarshi 
antibiotiklar, ferment eritmalari bilan yuvilib, mikrobsizlantirilgan (steril) tampon 
yordamida quritiladi. Kovak tub sathiga davo qatlami pasta holida qo`yiladi. 
Davolovchi pastalar mikroblarga qarshi ta’sir etuvchi moddalar, antibiotiklar, 
yallig`lanish jarayonini to`xtatuvchi malxamlar va fermentlardan tayyorlanishi 
mumkin. Buning uchun biror antibiotik eritmasidan bir tomchi olinib, 
gidrokortizon emulsiyasi bilan aralashtiriladi va unga tripsin yoki boshqa bir oqsil 
parchalovchi ferment qo`shiladi. Keng spektr ta’siriga ega bo`lgan antibiotiklarni 
ishlatish maqsadga muvofiqdir (neomitsin, eritromitsin, streptomitsin). Davo 
qatlami ustidan kovak suvli dentindan hosil qilingan vaqtinchalik plomba bilan 
berkitiladi. 
Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, davolovchi pasta tayyorlashdan oldin, 
albatta boladan yoki ota-onalaridan bola organizmining antibiotiklarga sezgirligini 
aniqlash lozim. Chunonchi, ba’zi bir hollarda yo`l qo`yilgan, arzimagan bo`lib 
ko`ringan xatoimiz og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Vaqtinchalik plomba qo`yilgan tish 2-3 kun mobaynida bezovta qilmasa, 
ikkinchi qatnov vaqtida plomba olib tashlanib, kariyes kovagiga qo`shimcha ishlov 
beriladi. Kovak tub sathiga kaltsin yoki kalmetsin pastasidan yupqa qatlam surtilib, 
ustiga yumshoq paxta tampon quyiladi va suvli dentin pasta bilan 7-10 kunga 
berkitiladi. Shu davr mobaynida kasallangan tish bolani bezovta qilmagan taqdirda 
navbatdagi qatnovda kariyes kovagi doimiy plomba bilan berkitiladi va tishning 
anatomik shakli tiklanadi. 
Surunkali kechadigan fibroz pulpitni biologik usulda davolash bir muncha 
oddiyroqdir. Tish kariyes kovagi charxlanib, unga kerakli shakl beriladi. 
Kovakning tub sathiga kalmetsin, kaltsindan tayyorlangan yoki bo`lmasa vinilinda 
tayyorlangan sun’iy dentin pasta (u Shostakovskiy balzami nomi bilan tanish) 
surtilib, issiq havo oqimi yordamida quritiladi. Keyingi qatlamni fosfat sementidan 
tayyorlangan ajratuvchi qatlam tashkil etadi. Doimiy plomba sifatida silidontdan 
foydalanish mumkin. Doimiy plombani 2-3 sutkadan keyin navbatdagi murojaat 
paytida ham qo`yish mumkin. Biologik usulni ildizlari so`rila boshlagan ko`p 


45 
ildizli (molyar) sut tishlarida qo`llash yaxshi natijalar beradi. Bir katnovda 
davolash esa vaqtdan yutishni ta’minlaydi. Bu usulda davolangan tishlarda 
periodontda vujudga keladigan asoratlar kamdan-kam holatlarda yuzaga kelishi 
mumkin. Bordiyu, shunday vaziyat yuz bersa, davolangan sut gishi olib tashlanadi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish