Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

3.5. Surunkali fibroz pulpit 
Pulpaning bu xil yallig`lanishi bolalarda eng ko`p uchraydigan kasallik turi 
hisoblanadi. Surunkali fibroz pulpit sut tishlarida va ildizi shakllanmagan doimiy 
tishlarda juda ko`p hollarda klinik belgisiz kechishi mumkin. Kasallik bolalarda 
rejali sanatsiya olib borilgan yoki u qayta yallig`lanib, o`tkirlashgan paytda bolalar 
vrachga murojaat qilishi natijasida aniqlanadi. Qayta yallig`lanish paytida uzoq 
muddatli simillovchi og`riq ovqatlangandan keyin, ko`chadagi sovuqdan va ba’zi 
bir hollarda kechasi paydo bo`ladi. Bola og`riyotgan tishini aniq ko`rsatib beradi. 
Og`rigan tishni ko`zdan kechirayotganimizda unda kariyes kovagi borligini, 
zond yuritilganda bu kovak pulpa bo`shlig`iga tutashligini yoki qonagan og`riqli 
pulpa etini kovakdan chirib yumshagan dentinni ko`chirayotgan paytda 
aniqlaymiz. Surunkali fibroz pulpitning bolalarda, asosan klinik belgisiz kechishini 
nazarda tutgan holda, shifokor sut va doimiy tishlarning chuqur kariyes kovagiga 
ishlov berib bo`lgandan keyin extiyotkorlik bilan kariyes kovagining tub sathini, 
ayniqsa pulpa proyeksiyasi sohasini zond yurgizib, tekshirib chiqishi zarur. Ana 
shunday qunt bilan tekshirishlar ko`p hollarda kariyes kovagining pulpa bo`shlig`i 
bilan tutashligini ko`rsatishi mumkin. Ochilgan pulpada zond yuritilayotganda 
shuni nazarda tutish kerakki, agar tish ildizlari fiziologik yoki patologik 
so`rilishning oxirgi davrida bo`lsa, og`riq kuchli bo`lmaydi. Bunda bolaning yoshi 
va kasallik muddati muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ildiz so`rilishi boshlanmagan sut tishlarida bunday hollarda kuchli og`riq 
seziladi. 


40 
3.6. Surunkali gangrenoz pulpit 
Bu tur pulpa yallig`lanishi bolalarda uchrashi jihatidan surunkali fibroz 
pulpitdan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Bolalarda tish og`rigiga shikoyat 
bo`lmaydi. Kasallik tarixida fibroz pulpitga nisbatan oldingi paytlarda ko`proqq 
og`riq bo`lganligini aniqlash mumkin. Gangrenoz pulpit bilan og`rigan tish kariyes 
kovagiga zond yuritilgan paytda ko`p hollarda kovak bo`shlig`i pulpa bo`shlig`i 
bilan tutashligini qayd etish mumkin. Pulpa kovagining yuzaroq sathini zond bilan 
qitiqlaganda og`riq bo`lmasligi, tish toj qismida joylashgan pulpaning nekrozga 
uchraganidan (o`lganidan) darak beradi. Toj pulpasi yaxshilab ochilib, zond 
chuqurrok yuritilganda pulpaning chuqur joylashgan sohasida yoki ildiz 
kanallariga kirish qismidagina og`riq paydo bo`ladi. Bu xol ildiz pulpasining 
tirikligidan darak beradi va qon oqib chiqishi buni tasdiqlaydi. 
Surunkali gangrenoz pulpit tish bo`shlig`i yopiq bo`lgan hollarda ham 
kechishi mumkin. Bunda kariyes kovagi bilan pulpa bo`shlig`i orasida ma’lum 
qatlam dentin to`sig`i bo`lishi mumkin. Bu hollarda infeksiya (mikrob) sut 
tishlarining keng dentin kanallari orqali pulpa bo`shlig`iga o`tgan bo`ladi. Bunday 
chuqur kariyes kovagini charxlash va yumshagan dentin qavatini olib tashlash 
paytida bola og`riq sezmaydi. Bu xol vrach xushyorligini oshirmog`i lozim. 
Kariyes tubi sathidagi dentin kulrang bo`lib, tiniq bo`lmaydi. 
Agar sinchiklab zond yuritilganda kovakning pulpa bo`shlig`i bilan 
tutashgan nuqtalari topilmasa, unday hollarda kovak tubi sathiga asbestli tampon 
qo`yilib, vaqtinchalik suvli dentin qatlami bilan berkitilib, bemor rentgen 
kabinetiga yuboriladi. 
Sekinlik bilan kechuvchi surunkali chuqur kariyes jarayonining rentgen 
surati ko`zdan kechirilganda, yuza dentin qavat tagida qalin, ikkilamchi 
(zamestitelniy) dentin hosil bo`lganligining guvoxi bo`lamiz. Bu xol esa kovak 
charxlangan paytda og`riq sezilmaganidan darak beradi. Demak, biz bu yerda 
chuqur kariyesni aniqlaymiz. 
Surunkali gangrenoz pulpitda ko`pincha (80% ga yaqin) rentgenogrammada 
periodontal tirqishning kengayganligini, alveolyar suyak to`sig`ida osteoporoz 
(to`qima siyraklanishi), doimiy tish ildizi atrofida suyak to`qimasi surilib 
qo`shuvchi to`qima bilan to`lganligi (osteoskleroz), juda yupqa ikkilamchi dentin 
qavat hosil bo`lganligini (yoki umuman ikkilamchi dentin kanal yo`qligini) ko`rish 
mumkin. 
Kasallikni aniqlash (diagnostika) paytida ildizi shakllanmagan doimiy 
tishlarda kechadigan surunkali gangrenoz pulpitni, surunkali granulyatsiyalanuvchi 
(granuliruyushiy) periodont yallig`lanishidan farqlay (differensial diagnostika) 
olish ancha mushkullik tug`diradi. Chunki bunday holda doimiy tishning 
shakllanmagan ildizi kovagiga granulyatsiya to`qimasi o`sib kirib, uni to`ldirishi 
mumkin va uni biz ko`pgina hollarda ildiz pulpasi sifatida qabul qilishimiz 
mumkin. 
Yuqorida aytib o`tilganidek, bizga tish ildizining rentgen tasviri yordam 
beradi. Surunkali gangrenoz pulpitda rentgen tasvirida ildizning normal o`sish 
chegarasi yaqqol ko`rinadi. Granulyatsiyalanuvchi surunkali periodontitda 
shakllanmagan ildiz atrofidagi suyak to`qimasida destruksiya (to`qima yemirilishi) 


41 
jarayonini ko`ramiz, uning sathi tish ildizi o`sish zonasi sathidan anchagina 
kattaroq bo`ladi, chegarasi aniqlalmaydi. Surunkali periodontitda tish ildizi 
shakllanishi. Shu yoshdagi shakllanish me’yoridan ancha orqada qoladi. 
Gangrenoz pulpitda ildizlar o`lchami cog` tishnikidan farq qilmaydi va bola 
yoshiga mos keladi. 
Farqlab tashxislash davolashni to`g`ri rejalashtirishda juda muhimdir. 
Chunonchi, gangrenoz pulpitni davolashda shifokor ildiz pulpasining xech 
bo`lmaganda quyi (apikal) qismini saqlab qolishni nazarda tutmog`i lozim. Bu esa 
shakllanmagan ildiz rivojini davom ettirib, uning to`liq shakllanishiga olib kelishi 
mumkin. Surunkali periodontit yallig`langanda granulyatsiya to`qimasi o`zida 
dentin hosil qiluvchi odontoblast hujayralarini saqlamaydi, buning natijasida 
dentin hosil bo`lish jarayoni to`xtaydi. Bunday holda ildiz kanalini plombalashdan 
oldin, uni faqat o`lgan pulpa qoldiqlaridangina emas, balki granulyatsiya 
to`qimasidan ham yaxshilab tozalash zarur. 
3-4 yashar bolalarda surunkali gangrenoz pulpitning o`tkirlashib 
qaytalanishi juda og`ir kechishi mumkin. Bunday bolalarda tana harorati ko`tarilib, 
organizmning zaharlanish alomatlari yaqqol namoyon bo`ladi. Ular o`zlarini bexol 
sezishib injiqlanishadi, teri rangi oqarib, sovuq ter qoplashi mumkin. Kasallangan 
tish sohasida yuz-jag` yumshoq to`qimasining shishi, o`tkir limfadenit, ya’ni 
bolaning holati surunkali periodontitning o`tkirlashib qaytalanish belgilariga 
o`xshab ketadi. Pulpa bo`shlig`ini extiyotlab ochib, zond yuritilganda jarayonning 
o`tkirlashganligini ko`rish mumkin. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish