272
Baxolash mezoni:
Indeks kiymati:
Tozalik darajasi:
0
-a’lo
0.1-1.6
-yaxshi
0.7- 1 .6
-qoniqarli
1 .7 va yuqori
-qoniqarsiz
1.6. Stomatologik kasalliklar profilaktikasi usullari.
Bugungi kunda keng tarqalgan kariyes parodont
kasalliklarini juda yuqori
saviyada davolash bilan ularning jadal tarqalishini to`xtatib bo`lmasligi, har
qanday yuqori saviyada olib borilgan davolash ishlari kasallik asoratlariga barxam
bersa ham, bu xastaliklar tarqalish ko`rsatkichini pasaytira olmaydi. Mazkur
kasalliklar tarqalishini kamaytirishning birdan-bir yo`li kasallikni oldini olishga
qaratilgan profilaktik tadbir choralar ekanligi bugun barchaga ma’lum.
Stomatologik kasalliklarni oldini olishga qaratilgan
profilaktika usullari
quyidagilardan iborat:
1 . Aholi o`rtasida stomatologik sanitariya-maorifi ishlarini to`g`ri, samarali
yo`lga qo`yish.
2. Aholini ratsional ovqatlanish qoidalariga o`rgatish
3 . Og`iz bo`shlig`i gigiyenasi qoidalarini o`rgatish
4. Ftor saqlovchi preparatlardan endogen usulda foydalanish
5. Mahalliy profilaktik vositalaridan foydalanish
6. Ikkilamchi profilaktikani yo`lga qo`yish, og`iz bo`shlig`i sanatsiyasi.,
Aholi o`rtasida sanitariya-maorif ishlarini olib borish. Har qanday ommaviy
profilaktika tadbir-choralar kompleksining asosiy elementlaridan
biri sanitariya-
maorif ishlarini shu yo`nalishi bo`yicha ommalashtirishdir.
Stomatologik kasalliklar profilaktikasi dasturida sanitariya-maorif ishlari
aholini og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga rioya qilishga o`rgatish bilan bir vaqtda olib
borilmog`i zarur.
Stomatologik sanitariya maorifi aholini salomatligini saqlashga da’vat qilib,
unga qanday erishish mumkinligini
bevosita va bilvosita, faol yoki passiv yo`llar
bilan anglatishga qaratilgan. Omma fikriga og`iz bo`shlig`i gigiyenasi va boshqa
profilaktik tadbirlarning qanday ijobiy tomonlari borligini yetkazish sanitariya
maorifi vazifasiga kiradi. Stomatologiya maorifi-bu aholiga bilish
imkoniyatlarini
yaratib ularda o`zlarida o`z ishini baholash, kunlik tartib qoidalar va odatlarni
berilgan ma’rifiy
bilimlar asosida ishlab chiqib, o`zlariga singdirish va shu bilim,
odatlarga tayanib, stomotologik kasalliklarga qarshi turish immunitetini hosil
qilishdan iboratdir. Profilaktikaning bu usuli ommaviy bo`lib,
aholining yoshi,
jinsi, dini, tili va boshqalardan qat’iy nazar barcha qatlamlariga bir xil tegishlidir.
Stomotologik salomatlikni qay darajada saqlash har bir insonning o`z
salomatligiga qanday darajada javobgarlik hissi borligiga bevosita bog`liqdir.
273
Stomatologik salomatlik inson organizmining umumiy ahvolidan uning
tartibi va odatlari bilan bog`liq bo`lish bilan birgalikda atrof muxitning ekologik
holati bilan ham chambarchas bog`liqdir.
Aholiga stomatologik kasalliklar profilaktikasida eng muhim o`rinni og`iz
bo`shlig`i gigenasiga muntazam rioya qilish ekanligini
ishonchli ravishda
anglatmoq zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: