Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Stomatologiya maorifining usullari



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

Stomatologiya maorifining usullari
-bu bevosita aholiga ta’sir etuvchi, 
o`zaro muloqotni yuzaga keltiruvchi foal (aktiv) usullar-suhbat, ma’ruza, seminar, 
salomatlik darslari va boshqalar. Bu usullarning ijobiy tomoni shundaki, bunda 
ma’rifat tarqatuvchi eshituvchi bilan bevosita muloqotda bo`lib, jonli savol 
javoblar sodir bo`ladi. 
Auditoriya bilan bevosita ma’rifatchining uchrashuvisiz olib boriladigan 
maorif usuli 
passiv usul
bo`lib, bunda tibbiyot xodimining shaxsan ishtiroki talab 
qilinmaydi, bularga: radio, televedeniye, gazeta har xil plakatlar, tarqatma 
materiallar va boshqalar kiradi. 
Stomatologiya maorifi ishtirokchilar soniga qarab, 3 xil shaklda bo`ladi: 
1.
 
ommaviy 
2. guruhlar orasida 
3. individual (yakkama-yakka) 
Stomatologiya sanitariya maorifining asosiy maqsadi aholiga, xalq 
ommasining ongiga inson salomatligining asosiy garovlaridan hisoblangan og`iz 
bo`shlig`ini to`gri parvarish qilish qoidalarini, stomatologik kasalliklarni oldini 
olishga qaratilgan tadbir choralarning mag`zini, ahamiyatini yetkazishdir. Bu ish 
ancha murakkab bo`lib, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 
Insonlarda ishonch hosil qilish, ularning odatiy, ba’zan noxush qiliqlaridan 
voz kechdirish, ongiga sanitariya madaniyatini olib kirish lozim bo`ladi. Bolalarda 
bu tadbirlar yoshligidan boshlab (1,5 -2 yosh) amalga oshirila boshlansa, maqsadga 
muvofiq bo`ladi. Buning uchun ota-onalar, tarbiyachilar shu sohada ma’lum bilim 
va tajribaga ega bo`lishlari lozim. 
Quyidagi sxemada ana shu jarayon bosqichlarda aks ettirilgan: 
Организмнинг 
умумий ахволи 
Стоматологик 
саломатлик 
Тартиб ва 
одатлар 
 
Экологик 
ҳолат 
Амалий 
кўникмалар 
ҳосил 
қилиш 
Одат тусига 
киритиш 
жараёни 
3. 
4. 
5. 


274 
Yuqorida ko`rsatilgan jarayonlarning boshi bu nazariy tushunchalarga ega 
bo`lishi bilan boshlansa, keyingisi olingan nazariy tushunchalarni tushunib, 
mag`zini chaqish, keyin unga tula-to`kis ishonch hosil qilib, amaliy ko`nikmalarni 
kundalik odat tusiga kiritish bilan yakunlamog`i lozim. Stomatologiya maorifini 
omma ongiga to`liq tushunarli qilib yetkazishda psixologlar, pedagoglar, 
tarbiyachilar va maxsus kurslarni o`tgan o`rta tibbiyot mutaxassislari qatnashishlari 
zarur. Ular aholiga tishlarni muqim tozalashni odat tusiga kiritish stomatologik 
kasalliklarni oldini olishda asosiy omil ekanligini tushintira olish lozim. 
Shunga qaramasdan bu ishni amalga oshirishning asosiy yuki vrach 
stomotolog yelkasida bo`ladi. Chunki asosiy javobgarlik, ma’lumotlarni ishlab 
chiqish va boshqa mutahassislarni sanitariya maorifi ishlariga o`rgatish, o`qitish 
ular zimmasida bo`ladi. Har bir korxona, o`quv yurti, bog`chalarda bo`ladigan 
suhbatlar, darslar vrach stomatolog tomonidan ma’lum dastur asosida olib boriladi. 
Targ`ibot ishlarini dastavval pedagoglar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlarni jalb 
qilishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bolalar jamoasida ishlaydigan bu 
xodimlar keyinchalik sanitariya maorif va profilaktika ishlarni olib borishda 
shifokor stomatologning asosiy yordamchilariga aylanadilar. 
Targ`ibot ishlarining boshlanishida ota-onalar bilan uchrashib, ularga 
kasalliklarni oldini olish mumkinligi va uning ahamiyati juda kattaligini 
tushuntirish, tish va milk kasalliklarini oldini olishda, ayniqsa tishlarni pastalar 
yordamida muntazam yuvib turish qanchalik muhimligini uqtirish lozim. Ota-
onalarga tishlarni to`g`ri tozalash usullari, tish tozalash vositalari to`g`risida 
so`zlab bermoq kerak. 
Stomotologiya 
sanitariya 
maorifi 
asosiy 
stomatologik 
kasalliklar 
profilaktikasining muhim, boshlang`ich va aholi bilan muloqot qiladigan asosiy 
quroli bo`lib, uning vazifasida bolalarni jalb qilish juda muhim hisoblanadi. 
Shuning uchun bolalar bilan suxbatlar, maxsus o`quv darslarini rejalashtirishda 
bolalarni yoshiga qarab alohida guruhlarga bo`lish shart. Kichik yoshdaga bolalar 
bilan mashg`ulotlar o`yinlar shaklida o`tkazilsa, katta yoshdagi bolalar bilan jiddiy 
tarzda, kattalarcha muomala yo`li bilan o`tkazish lozim. 
Stomatologiya sanitariya maorifi aholiga, uning ongiga o`z dasturidagi barcha 
elementlarni bir umrlik odat tusiga kiradigan qilib emlay olgan taqdirda u o`zining 
vazifasini bajargan bo`lib hisoblanadi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish