Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

To‘g‘rilik ta’rifida
Har kishikim tuzluk erur peshasi,
Kajrav esa charx ne andeshasi?!
¾ Yo‘l necha tuz, yo‘lchig‘a maqsad qarib,
Hamligidin tushsa yiroq yo‘q ajib.
Nay tuz uchun istar ani ahli hol,
Chun tuz emas egri – ko‘rar go‘shmol¾
Sarvkim, ul to‘g‘ri chekib qomatin,
Ko‘rmayin osibi xazon ofatin.
Chirmashibon sunbuli tar bog‘ aro,
Egrilik oning yuzin aylab qaro.
Tuz durur egri qili to soz erur,
Egri bo‘lur emdiki, nosoz erur¾
Rostur ul kim, nazari to‘g‘ridur,
Kim iligi  egridur, ul o‘g‘ridur¾
Ko‘zki erur egri aning xilqati,
Birini iki ko‘rmak erur san’ati¾
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 7
Xatdin o‘lub anda dog‘i bu sharaf,
Xatti bo‘lib gavhar-u xotam sadaf.
Turfa bukim, xattin aning ro‘zgor
„Rosti-yu rasti” etib oshkor...
Bir buki, tuz bo‘lsa kishining so‘zi,
Yo‘q so‘zikim, ham so‘zi-yu ham o‘zi!
Bir buki, yolg‘onga taassuf bila,
To‘g‘ri degay so‘zni takalluf bila¾
Egri-yu tuz vasfi muhaqqaq durur,
Botil erur egri-yu tuz haq durur¾
Sham’ki, tuzluk bila masrur o‘lur,
Garchi kuyar boshtin-ayoq nur o‘lur.
Barqqi, egrilik o‘lubtur ho‘yi,
Garchi yorur, lek borur yer quyi.
To raja chekmas yeriga bog‘bon,
Bog‘ hamon zebda, jangal hamon.
Molasiz ul tuxmki, dehqon sochar,
Suvni teng ichmas nega yak son sochar...
Kimsaga yolg‘onchi debon qolsa ot,
Bu ot ila chorlasalar o‘z-u yot.
Sidq xitobi yana yonmas anga,
Chin desa ham, xalq inonmas anga¾
Necha zarurat aro qolg‘on chog‘i,
Chin demas ersang, dema yolg‘on dog‘i.
Nasriy bayoni:
Hunari to‘g‘rilik bo‘lgan kishining falakning teskarichiligidan
ne parvosi bor? Yo‘l qancha to‘g‘ri bo‘lsa, yo‘lovchining manzili
shuncha yaqin bo‘ladi. Agar yo‘l aylanma bo‘lsa, manzil uzoqlashadi.
Nay to‘gri bo‘lgani uchun idrok ahli uni tinglashni istaydi.
Ayrim musiqiy asboblar egri bo‘lgani uchun qulog‘ini buraydilar.
Sarv — qomati tippa-tik bo‘lgani uchun hamisha  yam-yashil
gurkirab turadi. Yaproqlari xazon bo‘lmaydi.
Bog‘da chirmashiq sunbulning yuzini o‘z egriligi qoraytirgan.
Musiqiy asbobning tori to‘g‘ri bo‘lsa, chalinadi, egri bo‘lib bukil-
dimi – buzilgan bo‘ladi.
To‘g‘ri nazarli kishi rostgo‘ydir. Qo‘li egri kishi o‘g‘ridir. Ko‘z
agar olus (egri) bo‘lsa, bir narsani hamisha ikkita ko‘radi.
Sulaymonning qo‘lidagi uzukning yozuvi gavhar, o‘zi sadaf
edi. Qizig‘i shundaki, gavhardagi yozuv „to‘g‘ri bo‘lsang – o‘sa-
san” degan hikmat edi¾
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 8
Kishining ham so‘zi, ham o‘zi to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Unday
kishi yolg‘on so‘zga afsuslanib, lutfan to‘g‘ri so‘zni gapirishi lozim.
Egri va to‘g‘rining maqtovi aniq: egri – tuban, to‘g‘ri – haqdir.
To‘g‘rilik bilan xursand sham yonar ekan, boshdan-oyoq nurga
aylanadi. Fe’li egrilik bo‘lgani uchun yashin yorug‘lik taratsa-da,
yer ostiga kirib ketadi.
Bog‘bon daraxtlarni reja bilan tikmasa, uning bog‘i chakalak-
dan qanday farq etsin!
Dehqon urug‘ni qanchalik bir tekisda sochmasin, agar mola
bosib to‘g‘rilamasa, yer hech qachon teng sug‘orilmaydi.
Agar biror kimsa yolg‘onchilikda nom chiqarsa, uni o‘z yaqin-
lari va begonalar „yolg‘onchi!” deb chaqirsalar, ortiq rostgo‘ylik
bilan nom chiqarmaydi. Rost gapirsa ham xalq unga ishonmaydi.
Har qanday qiyin ahvolda qolganingda ham, chin gapirmasang,
hech bo‘lmasa, yolg‘on so‘zlama.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish