4 1
Yana ham onchani bir teshayi chust.
Necha gurza,
necha sunboda aylab,
Kamar qozmoq ishin omoda aylab.
Nihoniy borchag‘a andog‘ suv berdi,
Ki Qorandin nihon o‘rganmish erdi.
Taraddudg‘a solib oni bu ahvol,
Ulusni girdida hayrat qilib lol.
Savole aylay olmoy kimsa bir so‘z,
Shukuhidin tikib bori anga ko‘z.
Chu xoli ayladi afzordin el,
Ravon xoro kesarga bog‘ladi bel.
Kirib oriqqa qozmoq ayladi mayl,
Qoza boshladi qumni o‘ylakim sayl.
Kesib har teshasi qilg‘och xaroshi,
Falak pili yukidek pora toshi.
Chu metin zarbidin aylab siteza,
Qatiq xoroni aylab reza-reza.
Aningdek teshadin sekrib ushoq tosh,
Ki nozir bir yig‘ochdin qochurub bosh.
Uchub
yetganda zarbi dasti oning,
Ki borib o‘n yigoch farrasti oning.
Hamul kun-o‘q daleri xorabur gov,
Muhayyo qildi xoro ichra bir nov.
Ki uch yil ikki yuz xorobur ustod,
Ola olmoy ham oncha xoradin dod.
Hunar mundog‘ chu zohir qildiki ko‘p,
Tushub ul tog‘ aro el ichra oshub.
Bo‘lib ham korgar, ham korfarmoy,
Mehinbonu qoshig‘a dashtpaymoy.
Ki qilg‘aylar bu ishkim ko‘rdilar naql,
Inonmas garchi oni ko‘rmayin aql.
Nasriy bayoni:
Bir guruh kuyib o‘rtangan kishilar tog‘ orasida ariq qazishga
mashg‘ul edilar. Ikki yuz toshkesar qo‘lda tesha bilan ishda, teshani
hadeb toshga urish bilan ovora edilar.
Metin urishni biror lahza
to‘xtamay ikki yuz mahoratli ishchining uch yilda bajargan ishlari
bor-yo‘g‘i ikki-uch yuz qari (Qadimgi uzunlik o‘lchovi. Taxminan
1 m ga teng keladi.) masofa bo‘lib, uning ham ko‘pi chala-chulpa
edi. Ular bu azobli ishdan qon yig‘lashar, ishboshilar esa nazorat
qilib zulm o‘tkazganlari o‘tkazgan edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
4 2
Farhod bu holatga nazar solib, ko‘ngli buzildi. Ish kayfiyatini
bilgach, ularning ahvoliga achindi. Dedi: „Bu
bir necha sitamkash
mazlumlar falak zulmidan alam tortganlar. Bu nochorliklarida talay
nuqson bor. Bularga madad qilsam – ayni paytidir. Hunarni asrab
nima qilardim? O‘zim bilan tuproqqa olib ketamanmi?!”
Temirchidan dam bilan ko‘rani tilab, beliga charmlik etakni
bog‘ladi. Dam uchini ko‘raga mahkamlab, darhol ko‘mir to‘kib
dam bera boshladi. Hamma ko‘mirni laxchadek, qilib, o‘sha yerdagi
barcha metin va teshalarni yig‘ishtirib, olovga solib qizdirdi.
Ularni
eritib, o‘n-o‘n beshtasidan bittadan metin va teshalar yasadi. Gurzi
va qayroq ham tayyorladi. Tosh yo‘nish ishiga tayyorlanib, asbob-
larga yashirincha suv berdi. Maxsus suv berish san’atini u Qoran-
dan o‘rgangan edi.
Farhod ishga kirishishga taraddudlanar, xalq uning atrofida
hayratlanib lol turardi. Hatto biror savol so‘rashga ham botinolmas,
uning shukuhiga mahliyo bo‘lib, ko‘zlarini uzolmas edilar.
Nihoyat,
hamma tarqalgach, Farhod darhol tog‘ kesishga bel
bog‘ladi. Ariqqa tushib qaza boshladi: toshlar qumga aylanib, seldek
nari surilardi. Uning har tesha urib ko‘chirgan toshi falak filiga bir
ortiladigan yukdek kelardi. U metinni zarb bilan urar, toshlarni
mayda-mayda qilardi. Uning teshasi
zarbidan uchgan toshdan
uch yog‘och (24
km) masofadagi kuzatuvchi o‘z boshini olib
qochardi. Uning qo‘l kuchi zarbidan uchgan tosh o‘n yog‘och
(80
km) ga borib tushardi.
Bahodir toshkesar Farhod o‘sha kuniyoq qoyatosh orasidan
bir nov ochdi. Ikki yuz toshkesar usta uch yil davomida ham
bunchalik ish qilolmagan edilar. Bunday hunarmandlikni ko‘p
ko‘rsatganidan so‘ng, tog‘ orasidagi elda shov-shuv ko‘tarildi.
Toshkesar ishchilar ham, ish buyuruvchi sarkorlar ham Mehin-
bonu huzuriga ravona bo‘ldilar. Ular to ko‘z ko‘rmasa, aql ishon-
maydigan bu ishni malikaga naql qilish uchun shoshar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: