7 1
— Bozorg‘a uri
1
aralabdi!
„Chur-chur“ hushtakbozlik. Bir qo‘li bilan qilichini ko‘tarib,
ko‘k movut shimini eplay olmay, alpang-talpang bir qozoq va bir
o‘zbek mirshabi o‘sha tomonga qarab yugurdi. Hamma o‘sha yoqqa
qarab chopdi. Biz ham ularning ketidan yugurdik.
Ne ko‘zim bilan ko‘ray, mana ishonmasangiz, Omon ham
guvoq. O‘rdada bizga qo‘shni bo‘lgan Qo‘g‘urmoch mahallalik
mashhur Sulton o‘g‘ri turar edi.
Bu gal kisavur sifatida emas,
balki pul o‘g‘irlatgan jabrdiyda bechora sifatida kosibsimon
yuvoshgina bir yigitning yoqasidan ushlagan holda ko‘ziga yosh
olib turar edi.
— Musulmonlar! — der edi u. — Pulimni oldirib qo‘ydim.
Yonimda mana shu yigit ilashib yurgan edi, gumonim shundan.
Yigit bechoraning rangi quv o‘chib ketgan, lablari pir-pir
uchadi.
— Ey xudo, quruq tuhmatingdan asra,
qanday baloga
yo‘liqdim, o‘zing saqla! — deb javob berar edi u.
— Qancha aqchang bor edi? — deb so‘radi qozoq mirshab
Sulton kisavurdan.
— Sakkiz so‘m-u miri kam to‘rt tanga. Ola tik hamyonda edi.
Ichida „Yo Ali“ degan tamg‘alik kumush uzugim ham bor. O‘zim
kambag‘al kosib odamman, birorta oriq-tiriq qo‘y olib kuzgacha
semirtirib yuraman, deb kelgan edim.
Shu tobda Sultonning ko‘zi men bilan Omonga tushib qoldi.
— Mana bu bolalar ham guvoh!
Hang-mang bo‘lib qolgan Omon: „Iye, iye!“ — deganicha
dadasiga to‘qli olib borishni ham esidan
chiqarib orqasiga qarab
qochdi. Men bezrayib turaverdim.
— Seni qancha aqchang bor edi? — deb so‘radi mirshab
sho‘rlik yigitdan.
— Meniki ham olacha tik hamyon. Men ham qo‘y olgani kelgan
edim. Pulim sakkiz so‘m-u miri kam ikki tanga (miri kam ikki
tanga — o‘ttiz besh tiyin).
— Guvoh-puvohning hojati yo‘q. Qani ikkoving oqsoqolning
oldiga yur-chi, o‘sha yerda yechamiz. Olomon tarqalsin, — dedi
o‘zbek mirshab.
1
Uri — o‘g‘ri.
www.ziyouz.com kutubxonasi
7 2
Ikkisini yetaklab bir tomonga olib ketdilar.
Biz orqalaridan
bormadik.
Sulton o‘g‘ri guvohlikka tortgandan keyin qo‘rqib qochgan
Omonni kechgacha qidirib, bozor tarqalganda tuya saroyidan topib
oldim. Hali ham qo‘rqqanidan o‘ziga kelmagan edi.
— Oxiri nima bo‘ldi? — deb so‘radi Omon mendan.
— Kisavurga sen sherik ekansan,
mirshablar qidirib yuribdi,
— dedim men.
— Rostingmi? Endi nima qilamiz?
— Nima qilar edik. Seni jat
1
ingga qovun bilan tarvuz
pattachining qo‘lida qolib ketdi.
— Endi qayerda yotamiz?
Bir-ikkita samovarga borib ko‘rdik. Hammasini savdogarlar,
lattafurush chayqovchilar egallab olibdi, yotar joy yo‘q.
— Endi qayoqqa boramiz? — dedi Omon.
— Qo‘rqma, bultur tog‘am bilan shu yaqin orada bir bo‘zagar
kampirning uyida yotib qolganmiz.
Yaxshiqiz degan kampir meni
taniydi. O‘shaning o‘tovida tunab qolamiz.
It quvgan tulkiday olazarak Omon menga ergashdi Òugunni
ko‘tartirdim. Yaxshiqiz degan bo‘zagar kampirning o‘toviga qarab
ketdik.
Kampirning o‘tovi Zolariqning chap qirg‘og‘ida edi. Atrofi
ozodagina qilib supurilgan. Òuproqdan kattagina supacha ko‘tarilib,
ustiga bir kir sholcha tashlab qo‘yilgan. O‘tovning yonboshida loy
o‘choqqa o‘rtacha kattalikdagi bir qozon o‘rnatilgan. O‘choqdan
nariroqda ikkita ayriga ip arqon tortib, unga chambaraklarda
uch-to‘rtta sopol tovoq osib qo‘yilgan. Sut-qaymoq bo‘lsa kerak.
Ikkita qovoq idish osig‘liq turibdi. Ularda qatiq bo‘lsa kerak. Qozon
tuvoqsiz, uning yonida bir o‘g‘ir, bitta kuv turibdi.
Bitta yechiq
buzoq shataloq otib o‘ynoqlab yuribdi. Chala qurigan bir tolga
bog‘lab qo‘yilgan qari ola ko‘ppak juda hafsalasizlik bilan ko‘k-
sovlarning yo‘taliga o‘xshagan ovoz bilan hurib bizlarni kutib oldi.
Itning ovoziga o‘tov ichidan kampir — Yaxshiqiz chiqib keldi.
Oltmishlardan oshgan bir xotin, oq oralagan sochlari taralmagan
boshida dakana
2
, belida shol belbog‘.
Ayolning orqa sochiga besh-
oltita bir so‘mlik, yarim so‘mlik so‘lkovoylardan saqina
3
osilgan.
1
Do'stlaringiz bilan baham: