Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Xirpa — toshga ishqab silliqlangan.  2  G‘o‘lak



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

Xirpa — toshga ishqab silliqlangan. 

G‘o‘lak — kichkina soqqa. 

Qo‘-
noq — mehmon. 

Chora — tog‘ora.
www.ziyouz.com kutubxonasi


7 5
boylashgan edik. Qo‘y bozorga kirdim. Ko‘zimga o‘sha ko‘rganing
bayov yigit uchrab qoldi. „Shilt“ etib hamyonini oldim, pulni
sanab ko‘rsam, sakkiz  so‘m-u ikki tanga ekan. Yonimdan unga
ikki tanga qo‘shdim. Uzugimni ham hamyonga solib, hamyonni
qaytadan yigitning cho‘ntagiga joylab qo‘ydim. Keyin o‘sha
ko‘rganing maynabozlik, yolg‘ondakam ayyuhannosni soldim.
Mirshablar oqsoqolga olib borishdi. Oqsoqol mening da’vomni,
uning raddini eshitib, pulni tekshirishga tushishdi. Kosibning
cho‘ntagidan hamyonni olib, ichidagilarni xontaxta ustiga qo‘ydi.
Mening da’vom to‘g‘riligi uchun yigit „kissavur“ bo‘lib chiqdi.
Hamyonni, pulni, uzukni menga olib berdilar. Lekin bir yarim
tanga cho‘tal olib qoldilar. Shunday qilib, o‘rtoqlarim bilan qilingan
garovni yutdim.
— Iye, sho‘rlik begunoh kosib yigit qulog‘ini ushlab keta-
veradimi? — dedim.
— Yo‘q, birpas qamalib yotdi, keyin bechoraga rahmim kelib,
mirshabga bir so‘m pora berib, yigitni qutqazib yubordim. „Da’vom
yo‘q“, — dedim. Yigit bechora xursand bo‘lganidan quchoqlab
o‘pib:
— Rahmat, aka, bu yaxshiligingizni o‘lgunimcha unut-
mayman, qiyomatli aka-uka tutindik, uyim Òo‘qli Jallob mahal-
lasida, otim Abdurayim, — deb minnatdor bo‘lib ketdi.
—  Balli, yigitlik shunday bo‘pti-da, aka! — dedim. Sulton
kissavur miyig‘ida kulib, „shunday“ deganday qilib qo‘ydi.
Hammamiz qah-qah urib kulishdik. Sulton kissavur yon-
boshlab, tirsagiga tayangan, novcha kishi supaning yonida tikka
turibdi. Mullanamo kishi tiz cho‘kib, ikki qo‘lini qovushtirib Sul-
tonning gaplariga miyig‘ida odob bilan tabassum qilib o‘tirar edi.
Qolgan ikki yigit bir-biriga ro‘para chordona qurib, gugurt otishib,
„ermak qimor“ o‘ynab o‘tirishgandi.
Kampir et osib yubordi. O‘choqdan chiqqan zangori tutun
osmonga o‘rlab, tevarak-atrofga ko‘rpadek yoyilar edi.
Shom cho‘kib, quyosh botib borar edi... O‘choqda o‘t tutashib
ketgandan keyin, kampir o‘tovga kirib ikkita qovoq manak (bo‘za
quyiladigan idish)da bo‘za keltirib qo‘ydi. Bir necha zarang
1
 kosa
olib keldi. Novcha yigit darrov belbog‘ini yechdi, uni qoqqan bo‘lib,

Zarang — qattiq yog‘och.
www.ziyouz.com kutubxonasi


7 6
choraning ustiga tarang qilib yoydi, bo‘zani suza boshladi. (Bo‘za,
odatda, ilitib ichiladi. Kampir olib chiqqan bo‘za kuni bo‘yi oftobda
turgani uchun ilitishga hojat yo‘q edi.) Bo‘za  suzishning o‘z
qoidasi bor. U siqib suzilmaydi, balki ro‘molni sidirib suziladi.
Novcha yigit suzgan bo‘zadan ozgina tatib ko‘rib, birinchi
oyoq
1
ni Sultonga uzatdi.
— Hammaga quy! — dedi Sulton.
Novcha yigit ikkinchi-uchinchi oyoqni haligi ikkita yigitga
uzatib, so‘raganday Sultonning o‘ziga qaradi.
— Bolalarni qo‘yatur, domlaga uzat, — dedi Sulton¾
Domla juda qimtinib, o‘ng‘aysizlanib, zarang kosani qo‘liga
oldi.
— Durvazang qizigandan keyin alyor ham aytib berasan hali.
Ich-ey..!
Ortiqcha gap o‘tmasligini sezgan domla ko‘zini chirt yumib,
bo‘zani shimirib yubordi...
O‘tirish sekin-sekin be’mani tomonga qarab qizib borar edi.
Sekin o‘rnimdan turib, Omonni imladim. Yalinib-yolvorib
Yaxshiqiz kampirdan bitta kichik sholcha bilan bitta xushvaqtdan
tikilgan kir lo‘la bolish so‘rab oldik. O‘tovning orqasiga o‘tib, joy
qilib yotdik. Mastlar payqagani ham yo‘q. Òun yarim kechadan
og‘gan bo‘lishiga qaramasdan, mastbozlik, shovqin-suron,
to‘palon tobora avjiga chiqar edi. Yana kimlardir kelib qo‘shildi,
tanish bo‘lmagan ovoz ko‘payib ketdi. Kimdir kular edi. Kimnidir
tutib olib urdilar shekilli, dodlab xudoni o‘rtaga solib yig‘lar edi.
— Azbaroyi xudo, borim shu, boshqa pulim bo‘lsa, imom
A’zam ursin.
— Lippasini axtar, dayusni!
Domlani tunamoqda edilar. Bunday to‘polonlarni ko‘raverib
ko‘nikib ketgan Yaxshiqiz kampir bemalol o‘choq boshi bilan
o‘tov o‘rtasida xizmat qilib yurar edi.
Keyin uxlab qolibmiz. Qancha uxlaganimizni bilmayman. G‘ira-
shirada kimdir biqinimga turtganidan uyg‘onib ko‘zimni ochdim.
Òepamda kechagi domla turar edi. Boshida shoshib-pishib o‘ralgan
kir salla, bir chakkasi ko‘kargan, qovog‘i shishgan, bir ko‘zi
qontalashgan.

Oyoq  — idish.
www.ziyouz.com kutubxonasi


7 7
— Òur, uka, turinglar, hammasi dang uchib yotibdi. Qoch-
masak bo‘lmaydi. Mening bo‘ladiganim bo‘ldi, rasvo qilishdi. Non
puli ham qoldirmay, bor-yo‘g‘imni shilib olishdi. Yana bir baloga
yo‘liqmaylik, boshim yorilguday charsillab turibdi.
Omonni uyg‘otdim. Dik etib turib, Zolariqning muzdek suviga
apir-shapir yuz-qo‘limizni yuvgan bo‘ldik. O‘z etagimizga artindik.
— Xo‘sh, qayoqqa qochamiz, taqsir?
Xudoy taoloning dargohi keng, to‘rt tomonimiz qibla.
Yuqoriga, Qing‘iroqtepa tomonga qochamiz.
Uchovlon „shilt“ etib chiqib ketayotganimizda Yaxshiqiz
kampir yo‘limizni to‘sdi:
— Qayoqqa qochyapsanlar, aqchamni berib ketlaring!
Omon cho‘ntak kovlab o‘n besh tiyinlik Buxor tanga berdi.
— Mana, sheshe, yarim tanga haqingizga, bir miri non bilan
tuxum qovurgan yog‘ning puli.
— Xo‘sh, — dedi kampir, — kelib-kelib turinglar.
Shunday qilib, kallayi saharlab yo‘lga ravona bo‘ldik...
www.ziyouz.com kutubxonasi


7 8

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish