Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
456
Pedagogika -bu yosh avlodning tarbiyasini zamon ruhiga mos amalga oshirish.
Yangicha modeldagi
shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo’lib
yetishishi, barkamollikni kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik
texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlarini tadbiq etishda pedagogikaning o’z
uslub va qoidalari yetarli bo’lmaydi.
Shuning uchun psixologiya bilan hamkorlikda, yosh avlod ongining ta’lim olish
davridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o’qitish
texnologiyalarini
bola tomonidan o’zlashtirilishi va undagi aqliy va intelektual qobilyatlar nechog’lik
ta’sir ko’rsatganini o’rganish va shu asosida ishni tashkil etish psixologiyadagi
metodlarni didaktik metodlar bilan uyg’unlashtirishni taqozo etadi. Yangilanish
jarayonida milliy pedagogika fanining joriy etilishi jahon andozalariga moslashishni
taqozo etadi. Milliy pedagogika amalyoti va markaziga tarbiyalanuvchi shaxs-inson
chiqariladi. Masalaning bunday tus olishi pedagogik amalyotda
tarbiyaning ustuvor
mavqega ega bo’lishini taqozo etadi .
Negaki, yangilangan pedagogik fikrlar uchun ta’lim va tarbiya jarayoniga tortilgan
shaxs egallagan bilimlar hajmi emas, balki unda qanday fazilatlar shakllanganligi
muhim bo’lib qoldi.
Pedagogika fani asosiy masalari fan uchun ham amalyot uchun ham
tarbiyalanuvchi shaxsi bosh qadriyatga, uni imkoni boricha
barkamol inson qilib
shakllantirish bosh maqsadga aylangach, maktab, akademik litsey, oliy o’quv yurti
o’qituvchi va pedagoglari barcha vositalar va o’quv tarbiya anjomlari tarbiyalanuvchilar
o’quvchi-talabalar uchun ekanligini anglab yetilgach,
pedagogika ilmi beradigan
xulosalarning xarakteri ham tubdan o’zgarishi avvalgilardan tamomila boshqacha tabiiy
hisoblanadi .
Ayniqsa ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim
muassasalarida joriy etish hamda shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o’qitishning
eng ilg’or va zamonaviy shakllarini amalyotga tadbiq etishni tashkil etadi .
Shaxsni ta’lim va tarbiya berishning alohida emas, birgalikda qaralishida
pedagogika va psixologiya fanlarining o’zaro uzviyligi muhimdir. Hozirgi kunda
ta’lim sifati va samadorligini oshirish uchun ta’lim oluvchining psixologik
xususiyatlarini bilgan holda, unga pedagogik ta’sir ko’rsatish va uni
yangi bilimlarga
yo’naltirish texnologiyasi joriy etilganligi ham bu ikki fan bir-biriga chambarchas
bog’liq ekanligini ko’rsatadi . Pedagogika mustaqil fan sifatida uzoq taraqqiyot yo’lini
bosib o’tib, hozirgi vaqtda ilmiy bilimlar yaxshi rivojlangan , katta nazariy va amaliy
materiallarni o’z ichiga olgan tarmoqqa aylandi .
Bularning barchasi pedagogikaning alohida tarmoqlariga aylanishiga sabab bo’ldi.
Milliy pedagogika- Xalqning milliy-ma’naviy merosi va ta’lim-tarbiya sohasida
erishilgan yutuqlar asosida shakllangan hamda millatning muayyan tarixiy rivojlanish
talablarga javob beruvchi ta’lim-tarbiya nazaryasi , usul va usullarini ifodalovchi ilm-
fan majmuidir.
Psixologiya – inson faolyati va hayvonlar xatti-harakati
jarayonida voqelikning
psixik aks ettishi, ruhiy jarayonlar, hodisalar , hislatlar to’g’risidagi fan. Psixologiya
asosiy
masalalariga sezgilar va idrok, tafakkur va hissiyot, faolyat va muomala kabi
psixologik jarayonlar kategoriyalar kiradi. Psixologiyaning vazifasi -psixologik