Yerni ko‘chat ekish uchun bo‘lish va ko‘chat o‘tqazish. Bu ishni bajarish uchun kanop, temir sim, maketlardan foydalani-ladi. Katta maydonlarda esa geodeziya asboblari qo‘llaniladi. Keng ishlatiladigan usul – bu temir simlardan foydalanish.
Ildiz tizimi yaxshi rivojlangan, bir yoki ikki yillik standart ko‘chatlar tanlab olinadi. Ular ekishdan oldin bir necha soat, agar namligi kamroq bo‘lsa, 2–3 kun suvga solib qo‘yiladi. So‘ngra asosiy ildizlari 8–10 sm ga qisqartirilib, qolganlari olib tashlana-di. Rivojlangan novdalardan 2–3 ta qoldirilib, har biri 2–3 kurtak qoldirilib kesiladi. Ko‘chatlar o‘tqazishdan oldin teng nisbatda chirigan go‘ng va tuproq aralashmasidan tayyorlangan «atalaga» botirib olinadi (yaxshi tugib ketishi uchun), ko‘chat ekishning qulay vaqti kuz va bahor hisoblanadi. Janubiy rayonlarda kuz-da, kunlar iliq bo‘lib yer yaxlamaganda, hatto qishda ham ekish mumkin. Har ehtimolga qarshi ustiga tuproq tortib qo‘yiladi.
Kuchli sovuq bo‘ladigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xo-razm viloyatida ko‘chatlar 60–70 sm chuqurlikka ekilishi lozim. Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda yerning ekish chuqurligi 40– 45 sm, mexanik tarkibi og‘ir tuproqlarda 30–35 sm, bahorikor yerlarda 50–60 sm bo‘lgani ma’qul. Tok ko‘chatlari mexanizatsi-ya, shuningdek qo‘l yoki burg‘u (gidrobur) yordamida ekiladi, 5–15 sm qalinlikda atrofi tuproq bilan uyiladi.
Parvarish ishlari ko‘chatlarning to‘liq tutib ketishi va jadal rivoj- lanishiga qaratilmog‘i lozim. Tok ekib bo‘lingach, o‘suv davrida bo‘z tuproqli yerlarda 8–10 marta (aprel, may, iyunda 2–3, iyulda 2–3, avgustda 2, lozim bo‘lsa sentabrda 1 marta), yer osti suvlari yaqin yerlarda 2–3 marta, tog‘-shag‘alli yerlarda 15– 16 marta sug‘oriladi. Sug‘orish me’yori 300–400 m3/ga.
Birinchi yili yuza ildizlar olib tashlanadi. Novdalar 10–15 va 20–30 sm bo‘lganida zamburug‘ kasalliklariga qarshi 1–2 marta dorilanadi. Birinchi va ikkinchi yillarda gektar hisobiga sof hol-da 60 kg azot, 40–45 kg fosfor, 15–20 kg kaliy hisobida oziqlan-tiriladi.
Kuzda ko‘chatlarni tutganlik darajasi hisoblanib, qurib qol-ganlari o‘rniga shu nav ko‘chatlar ekiladi. Barglar to‘kilgach, tok
tuplari tuproq bilan ko‘miladi. Ikkinchi yili bahorda tokzorlarga temir-beton ustunlar o‘rnatilib, tuplarga shakl beriladi.
Tok tuplari bir joyda 40–50 va undan ortiq yil o‘sib hosil bera-di. Uning ko‘p yashashi, mahsuldorligi asosan, to‘g‘ri joylashti-rishga bog‘liq. Yangi tokzorlarni barpo qilish, ayniqsa hozirda, bozor islohotlari davrida katta kapital xarajatlar bilan bog‘liq. Bu borada yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatish juda qiyin. Shu sabab-li tokzor barpo qilishda joy tanlash va uni ekishga tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
Tokzor uchun joy tanlashda tuproqning xossalari, sizot suv larining joylashish chuqurligi, joyning relyefi, yonbag‘irlar ekspozitsiyasi, suv havzalarining uzoq-yaqinligi, shamoldan hi-moya qiladigan polosalarning mavjudligi va boshqa sharoitlar hisobga olinadi. Tekis relyefli maydonlar foydalanish uchun juda qulay, chunki ko‘chatlarni mexanizatsiya yo‘li bilan parvarish qilish oson bo‘ladi.
Tokzor uchun joy ajratilgandan so‘ng rejada bog‘imlar chega rasi qo‘rg‘on uchun va xo‘jalik qurilishlari (navlarga ajratish va joylash bostirmalari, quritish maydonchalari, omborlar va boshqalar) uchun joy belgilanadi, kvartal va kartalarning kat-taligi, shakli aniqlanadi, sug‘orish va zovur tarmoqlari, tokzor-larni himoya qiluvchi daraxtzorlar loyihasi tuziladi. Reja tu zishda navlarning tarkibi va ularni joylashtirish, olinadigan mahsulotdan foydalanish, zanglarni parvarish qilish tizimida ко‘chat ekish qalinligi, agrotexnika va shunga o‘xshashlar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |