Asosiy tushunchalar: Tokzorlarning hosildorligi ko‘pincha o‘tqaziladigan tokning sifatiga bog‘liq.
Tok urug‘idan va vegetativ qismlari (poyasi, qalamchalari), shuningdek parxish va payvand yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Vegeta-tiv ko‘paytirishda tok o‘tqazilgandan 2–3 yildan keyin, urug‘idan ekilganda esa tok anchagina kech hosilga kiradi. Xo‘jalik sha-roitida tok qalamchalarini parvarish qilish yo‘li bilan o‘stirilgan ko‘chatlardan ko‘paytiriladi.
Tok ekini ishlab chiqarishda asosan vegetativ yo‘l bilan, qa-lamchasidan ko‘paytiriladi. Qalamchalar kuzda bir yillik novda-lar pishgandan so‘ng, tokni kesish paytida tayyorlanadi.
Tok qalamchalari maxsus ona tokzorlardan tayyorlab olina-di. Qalamchalar kasallanmagan me’yoriy talablarga javob be-radigan bir yillik novdalardan tayyorlanadi. Xo‘jalik uchun ke rakli bo‘lgan va aholi talabiga javob beradigan uzum navlaridan ko‘paytiriladi.
Novdalarning yuqorigi, juda ingichka, yomon pishgan qismi-dan qalamcha tayyorlanmaydi. Hosil bermaydigan novdalardan
ham bu maqsad uchun foydalanib bo‘lmaydi. Qalamchalar ning uzunligi 50–60 sm, vinobop navlar uchun esa 40–45 sm bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |