40-rasm. Saqlash uchun tayyorlangan
tok tuplarining qalamchalari bog‘i.
Qalamchalar 100 yoki 200 tadan qilinib ikki tomonidan bog‘lanadi. Har bir bog‘lamga oddiy qora qalam bilan navning nomi va qalamchalarning soni yozilgan yorliq bog‘lab qo‘yiladi. Qalamchalar bahorda ekilgungacha maxsus xandaqlarda saqla-nadi. Xandaqlarga joylashtirishdan oldin ular zamburug‘ kasal-liklariga chalinmasligi uchun 5 soat davomida 0,5 foizli xinozol eritmasida saqlanadi. Xandaqlar chuqurligi 65–70 sm, eni 120– 150 sm, bo‘yi qalamchalar soniga qarab belgilanadi.
Qalamchalar uzoq saqlangan sari tarkibidagi oziq moddalar ning kamayib borishi hisobiga ular bahorda sust rivojlanishi, il-diz chiqarish qobiliyati pasayib ketishi mumkin. Buning oldini olish uchun xandaqlardagi namlik mo‘tadil, harorat esa 4–6°C dan oshmasligi lozim. Bundan tashqari 35–40 sm qalinlikda tu-proq tortiladi.
Qalamchalarni ekishga tayyorlashdan maqsad ularda il-diz otish jarayonini tezlashtirish hisoblanadi. Ildizlar o‘sishini tezlashtirishning bir qator usullari mavjud: kilchevkalash, o‘stiruvchi moddalardan foydalanish, qalamchalar bo‘g‘im ora-sidagi po‘stloqni tilish, pastki kurtaklarni olib tashlash va h.k. Bahorda (mart oyining oxirlarida) ekishdan oldin (20–25 kun) ko‘miIgan qalamchalar kovlab olinadi, yaxshilari pastki kurtak ostida kesib yangilanadi va ular kilchevkalash uchun chuqurligi 70 sm bo‘lgan xandaqlarga joylashtiriladi. Ustiga 100 sm qalin-likda tuproq solinadi. Tuproq ustiga mayda chirigan go‘ng yoki poxol solinib parnik ramalarini yopish ham mumkin, 12–15 kun-dan so‘ng tuproq qatlamining 16–20°C gacha isishi natijasida qalamchalarning kesilgan joyida mayda sarg‘ish-oq g‘uddalar paydo bo‘ladi.
O‘zbekistonning issiq iqlimini hisobga olib ekilgan qalam-chalarni sug‘orish muhim agrotexnika usullaridan biri hisobla-nadi. Dastlabki sug‘orish aprelda, may-iyunda 2 martadan, iyul-da 2–3 marta, avgustda 2 marta, jami o‘suv davrida 10–12 marta sug‘oriladi. Har bir sug‘orish me’yori 300–400 m3/ga, qator oralari 12–14 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi, o‘suv davrida 4–5 marta chopiq qilinib, begona o‘tlar yo‘qotiladi. Sug‘orishni organik va mineral o‘g‘itlar bilan qo‘shib olib borish ko‘chatlar soni va sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘suv davrida ko‘chatzorni 2–3 marta oziqlantirish lozim. Novdalarning dastlabki o‘sish davrida sof holda 20–25 kg azot, 35–40 kg fosfor, 15–20 kg kaliy, jadal o‘sish davrida o‘g‘itlar miqdori birinchi oziqlantirishga nisbatan ikki marta ko‘p, uchinchi oziqlanti rishda esa (novdalarning pishish davri boshlarida) faqat fosfor va kaliy solinadi (azot o‘suv davrining
cho‘zilishi, novdalarning yaxshi pishib yetilmasligiga sabab bo‘ladi).
Kuzda oktabr oyining o‘rtalarida ko‘chatlar PRVN-2,5A plu gi yordamida kovlab olinadi. Standart talablariga javob beradi-gan ko‘chatlar alohida saralanib ajratiladi. Odatda bir gektar tok ko‘chatlaridan o‘rtacha 60 ming, ayrim hollarda 70–75 ming-gacha ko‘chat olish mumkin. Ko‘chatlar 25–50 tadan bog‘lanib ekishgacha saqlanadi.
Qalamcha tayyorlashdan oldin novdaning barglari va uchki qismi olib tashlanadi. Qalamchalar novdaning o‘rta qismidan 2–3 kurtakli qilib tayyorlanadi, barglari yarmiga qisqartiriladi. Qalamchalarni bir ko‘zli qilib tayyorlash ham mumkin.
Issiqxonalardagi havo harorati qalamchalar ildiz olgunga qa-dar o‘rtacha 20–25°C, namligi 85–90°C bo‘lishi kerak. Substrat harorati 25–28°C atrofida ushlanadi. Qalamchalarda 6–8 kundan so‘ng kallyus, 10–14 kunda ildiz, 20–25 kunda novdalar rivoj lana boshlaydi. Qalamchalar o‘sishini jadallashtirish maqsadida ekilgandan bir oy o‘tgach, mineral o‘g‘itlar (substratning har bir kvadrat metriga ammiakli selitradan 8 g, donador superfosfatdan 15 g, kaliyli o‘g‘itdan 5–7 g) bilan oziqlantiriladi. 15–20 kundan keyin ikkinchi marta oziqlantirilib bunda ammiakli selitradan 20–25 g/m2, kaliyli o‘g‘itdan 10–15 g/m2 solinadi.
O‘sish davrida ikkitagacha novda qoldiriladi. Avgust oyida issiqxona ustidagi plyonkalar olib tashlanib, substrat namligi 60–70 foizgacha kamaytiriladi. Bu ko‘chatlarning chiqishiga yordam beradi. Ko‘chatlar oktabr oyining ikkinchi yarmida qa-zib olinadi, saralanadi. Bu usulda yer maydoniga talab keskin qisqaradi, lm2 maydonga 1000 tagacha qalamcha ekish mumkin, suvga bo‘lgan talab 10 marta qisqaradi. O‘zbekiston sharoitida bu usul hozirgacha qo‘llaniladi.
Tok qalamchalardan ko‘paytirilganda bo‘lg‘usi organlar qutb lilik asosida, ya’ni qalamcha yuqori tomonidan novdalar, pastki tomonidan ildiz hosil qiladi. Regeneratsiya yaxshi pishgan bir yillik novdaning o‘rta qismidan olingan qalamchalardan yaxshi o‘tadi.
Kuzda yer chuqur haydaydigan plug bilan 40–60 sm qilib haydalishi kerak. Bunday plug bo‘lmaganda oddiy traktor plug bilan kamida 30 sm chuqur qilib haydaydi. Agar maydonga beda ekilmagan bo‘lsa, haydashdan oldin gektariga 20–40 t hisobi-dan chirigan go‘ng solinadi. Chirimagan go‘ng tavsiya etilmaydi. Chunki yerda buzoqboshi qo‘ng‘izi ko‘payib ketadi. Bedadan bo‘shagan yerlarga ko‘chat o‘tqazayotganda kaliyli va fosforli o‘g‘itlar solinadi. Bahorda qalamchalar o‘tqazilguncha yer chizel yoki og‘ir borona bilan yumshatiladi va keyin bostiriladi. Qa-lamchalar avj olishi va ko‘chatlar sifatini yaxshilash uchun o‘tqazishdan oldin ularga ishlov beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |