Urug‘ olish usullari. Urug‘larning sifati biror turning bio logik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmay, balki ularni tayyorlash texnikasi, saqlash sharoiti va ekishga tayyorlashga ham bog‘liq. Meva daraxtlarining ko‘pgina urug‘lari pishgan mevalardan, ular (urug‘) to‘la yetilganda va me’yorida rangga kirganda tay yorlanadi. Ba’zan olma va nok meva urug‘lari yetilmasdan ilgari terib olinadi. Bunday holda mevalar urug‘lar yetilgunga qadar saqlab qo‘yiladi.
|
|
7-jadval
|
Mevalarning pishish darajasiga qarab
|
olcha urug‘larining unish foizi
|
Mevalar terib olinadigan
|
Mevalar
|
Unuvchanlik,
|
vaqt
|
rasngi
|
foiz hisobida
|
|
|
|
7 YI
|
Pushti rang
|
0,0
|
|
|
|
18 YI
|
Qizil
|
14,3
|
|
|
|
23 YI
|
To‘q qizil
|
86,0
|
|
|
|
76
Urug‘lar qaysi usulda ajratib olinmasin, ma’lum qoidalarga amal qilish zarur. Urug‘larga yuqori harorat ta’sir etishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, chunki u urug‘larning unuvchanligini keskin pasaytiradi. 45– 50° harorat juda nam urug‘larga yomon ta’sir qiladi. Shuning uchun issiq usul bilan ajratib olingan urug‘lar ekish uchun yaramaydi.
Urug‘larning konditsiyasi va unishi. Meva daraxtlari urug‘larining unish darajasi eng kamida quyidagicha bo‘lishi kerak.
8-jadval
Наг xil sinf urug‘larining mumkin bo‘lgan
unish foizi
|
Urug‘lar
|
|
Uruglar sinfi
|
|
Daraxt turlari
|
|
sinfi
|
Daraxt turlari
|
|
|
|
|
|
|
I
|
|
I
|
|
I
|
I
|
|
O‘rmon olmasi
|
90
|
|
75
|
Yovvovi gilos
|
80
|
65
|
|
Madaniy olma
|
90
|
|
80
|
Xonaki olxo‘ri
|
85
|
70
|
|
O‘rmon noki va behi
|
90
|
|
70
|
Tog‘olcha
|
95
|
80
|
|
Nordon olcha
|
85
|
|
70
|
Tikanli olcha
|
85
|
70
|
|
Antipka
|
90
|
|
75
|
Oddiy o‘rik
|
90
|
70
|
|
|
|
|
|
Shaftoli, bodom,
|
90
|
75
|
|
|
|
|
|
yong‘oq
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Urug‘larni ifloslantiradigan aralashmalar o‘rmon olmasida 4 foiz, nok va behida 5 foiz, mayda olxo‘ri, tog‘olcha, antipka, gilos va olchada 2 foiz, shaftoli, o‘rik, yirik olxo‘ri, bodom, yong‘oqda 1,5 foizdan oshmasligi kerak.
Urug‘larning sifatini rangi, hidi va boshqa belgilariga qarab ham aniqlasa bo‘ladi. Urug‘li mevalarning yaxshi urug‘lari to‘q va tig‘iz, urug‘ palla va murtagi oq rangda bo‘ladi. Ularda shi-shasimon va yaltirab turgan dog‘lar bo‘lmaydi, urilganida may-dalanmay, puchayib qoladi; ular elastik, yoqimli taxir mazali bo‘ladi. Ozgina olovda sal qovurilsa, po‘sti yorilib ketadi va urug‘lar charsillab sakraydi. Sifatsiz urug‘lar qovurilganda ku yib ketadi.
Danakli daraxtlar urug‘ining po‘sti xira kulrangda bo‘lishi ularning sifatsizligini ko‘rsatadi. Urug‘ palla va murtaklari ham
urug‘li mevalarnikiga o‘xshash bo‘lishi kerak. Urug‘ning to‘q, danaklari yorilmagan, mog‘orlamagan va qo‘lansa hidsiz bo‘lishi ularning sifatlilik belgisidir.
Ishni bajarish tartibi: Talabalar turli mevali ekinlarning urug‘ namunalari, ma’lumotnomalar va adabiyotlardan foy-dalanib, urug‘ tayyorlashni o‘rganadilar va mevali daraxt-larning urug‘lik sifatini aniqlaydilar. O‘zlari yashaydigan mahallaning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib 9-jadvalni to‘ldiradilar.
|
|
|
|
|
9-jadval
|
|
|
|
Bir kg urug‘
|
Bir gektar
|
|
|
|
|
|
olish uchun
|
ko‘chatzorga
|
Urug‘larning
|
Urug‘larning
|
|
|
Tur
|
zarur bo‘lgan
|
ekiladigan
|
unuvchanligi
|
|
|
rangi
|
|
|
|
meva miqdori
|
urug‘ me’yori
|
(foiz)
|
|
|
|
|
|
|
|
(kg)
|
(kg)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1
|
Olma
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
Nok
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
Behi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4
|
O‘rik
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5
|
Shaftoli
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6
|
Gilos
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7
|
Xurmo
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
8
|
Olxo‘ri
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
13. PAYVANDLASH YA PAYVAND USULLARI (2 soat)
Bog‘dorchilikda payvandtagning ahamiyati nihoyatda katta. Meva daraxtlarining hosilga kirish muddati, uzoq yashashi, tabi-iy noqulay sharoitlarga chidamliligi, daraxtlar shox-shabbasining katta yoki kichik bo‘lib o‘sishi, hosildorligi va mevalarning sifati ko‘p jihatdan payvandtag xususiyatlariga bog‘liq.
Payvandtag yetishtirish uchun ekiladigan meva danak va urug‘lari mahalliy sharoitga yaxshi o‘rgangan hamda mos kela digan daraxtlardan olinishi tavsiya etiladi. Olinadigan danak va urug‘lar bir xil kattalikda, yaxshi pishgan va ko‘karib chiqishi 90–98 foizdan kam bo‘lmasligi zarur.
Payvand – poyaning (qalamchasi) yoki kurtagini (ko‘zini) boshqa o‘simlikka ulash jarayoni.
Payvandust – 1) payvandtagga payvand qilinadigan boshqa o‘simlik qalamchasi yoki kurtagi; 2) payvand qilingan qalamcha yoki kurtakdan hosil bo‘lgan o‘simlik.
Payvandtag – boshqa o‘simlik kurtagi yoki qalamchasi pay-vand qilinadigan o‘simlik.
Payvandtag kuzda yoki erta ko‘klamda o‘tqaziladi. Danakli mevalar va yong‘oq mevalar ko‘chati odatda kuzda chuqurligi 25–30 sm qilib, yaxshisi chuqur haydaladigan plug bilan 60–70 sm qilib haydalgan yerlarga ekilishi tavsiya etiladi.
Payvandtag bo‘ladigan niholchalarning har qaysi navi alohida qatorlarga ekiladi, shunday qilinganda tayyorlanadigan payvand ko‘chatlar bir tekisda yetiladi.
O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitida sug‘oriladigan yerlarda niholchalar iyul oxiri va avgust oyining boshidan to sentabrning o‘rtasigacha payvand qilish mumkin. Buning uchun payvandlashga kirishishdan 6–8 kun oldin ko‘chatzor yaxshilab sug‘oriladi. Shunday qilinganda payvandtag po‘stlog‘ining ko‘chishi osonlashadi, natijada payvand qiluv chilarning ishi tezlashib, solingan payvand tez tutib ketadi. Payvandlash ishi tugagandan keyin ham ko‘chatzorni sug‘orish tavsiya etiladi.
Payvand va payvandlash quyidagi jarayonda o‘tkaziladi: payvandlash uchun olingan nok, olma, behi novdasidagi kur-tak o‘tkir pichoqda 2–2,5 sm uzunlikda, danakli meva daraxt novdalari esa 3–3,5 sm uzunlikda etidan sal qo‘shib kesib oli-nadi.
Payvandtag tanasining ildiz bo‘g‘zidan 5–6 sm yuqorisi ning po‘stlog‘i «Т» shaklida tilinadi, so‘ngra ana shu tilingan po‘sloq orasiga kesib olingan kurtakni joylab, polietilen plyon-ka bog‘ichi bilan bog‘lab qo‘yiladi, 15–20 kun o‘tgach bog‘ich sal bo‘shatib, kuzda batamom olib tashlanadi.
Kurtaklari payvandlash uchun ishlatiladigan novda pay-vand qilinadigan kuni ertalab yoki bir kun ilgari kechqurun mevali daraxtdan kesib olinadi. Novdasi payvandlashga olina-digan mevali daraxt oldindan aprobatsiya qilingan va serhosil-ligi hamda kasalliklarga chidamliligi aniqlangan bo‘lishi zarur. Shu bilan birga novda daraxtning quyoshga qaragan tomonida-gi pishib yetilgan shoxlaridan olinishi zarur. Novda daraxtdan olinishi bilan barglari bandlaridan 1 sm uzunlikda qoldirilib kesib tashlanadi.
Shuningdek, shu jarayonda tayyorlangan novda salqin bino-da qop kabi narsalarga o‘ralib, quyi tomoni sernam qumga tiqib qo‘yiladi. Dalada payvandlash vaqtida novdalarni suvli chelak-larning ichida yoki yashik ichida ho‘l yo‘singa ko‘milgan holda olib yuriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |