Meva daraxtining ko‘chatlarini boshqa yerlarga yu-borish. Ko‘chatlar kuzda qazilgach, yaqin yerlarga olib borib ko‘miladigan bo‘lsa, odatda arava yoki mashinalarda tashiladi.
Qiya qilib bir to- monga taxlaganda, albatta, ко‘chat tanasin-ing mashina yoki arava chetiga teg‘ib shilinmasligi uchun o‘sha tomonga poxol ko‘proq tashlanadi. Ko‘chatlar mashina va ara-vaga ortilganda uning ildizini yo‘lda shamollatmaslik uchun ustiga bir tekisda nam poxol tashlanadi. Ko‘chatlar mashinaga belgilangan balandlikda taxlab chiqilgandan keyin ustidan cho-dir yoki brezent tortib boylanishi lozim. Ko‘chat qancha tez va urintirilmasdan olib borib ekilsa u shuncha yaxshi ko‘karadi. Mashina yoki aravaning tagiga ho‘l poxol tashlash maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |