Bog‘dorchilik o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»


Payvandtaglarni kurtak payvand qilishga tayyorlash



Download 2,33 Mb.
bet31/126
Sana27.01.2022
Hajmi2,33 Mb.
#414076
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126
Bog'liq
bogdorchilik

Payvandtaglarni kurtak payvand qilishga tayyorlash. Kurtak payvand qilishdan oldin payvandning tanasi yer beti-dan 15–20 sm balandlikdagi qismi yon shoxchalaridan o‘tkir bog‘ pichog‘ida yaxshilab tozalanadi va latta bilan artiladi, qa-tordagi kesaklar ariqqa tushirilib, payvand qilinadigan uchastka ketma-ket sug‘oriladi. Payvandtag tanasida suv yurishi hamda po‘stloqning ko‘chishi tezlashadi. Payvandtaglar kurtak payvand qilinguniga qadar me’yorida o‘sishi yerning puxta tayyorlani­ shiga bog‘liq. Ayrim xo‘jaliklarda payvandtag ekiladigan yerlar odatda 25–27 sm chuqurlikda haydaladi, urug‘li, danakli meva urug‘lari ekiladi.


25-rasm. Payvandtaglarni vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirish

(vertikal va gorizontal usulda).



71


Ko‘chat yetishtiruvchi xo‘jaliklarda asosan kurtak payvand qi­ lish yo‘li bilan ko‘chat yetishtiriladi. Qisman qishki payvand hamda yovvoyi daraxtlarning bir yillik shoxlariga iskana va kurtak pay-vand qilinadi. Bog‘dorchilikda payvandlashning bir necha usullari mavjud.

Kurtak payvand «okulirovka» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, grekcha «okulis» ko‘z demakdir. Shunday ekan bir yillik nov-daning barg qo‘ltig‘ida joylashgan ko‘z olib payvand qilinadi. O‘zbekiston sharoitida kurtak payvandni ikki davrda iyulning oxirgi o‘n kunligidan to 15–20 sentabrgacha davom ettirish mumkin. Respublikamizning janubiy rayonlarida biroz erta-roq, shimoliy zonalarida esa kurtak payvand yoppasiga 1 av-gustdan boshlanadi. Yong‘oq iyun-iyul oylarida payvand qilina boshlanadi, xurmo apreldan sentabrning boshlarigacha pay-vand qilinishi mumkin. Akademik R.R. Shreder nomidagi me-vachilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish institutida kurtak payvandning progressiv usullari ishlab chiqildi va qulay muddatlari aniqlandi. Kurtak payvand avgust oyidan oldin qi-linsa, kurtak tez uyg‘onishi mumkin. Ayrim paytlarda bundan ertaroq payvand qilinganda undan novda o‘sib chiqa boshlaydi. Bu novda kech kuzgacha yaxshi chiniqib yetilishi uning uchi chilpib qo‘yilishi zarurdir.


Olmani iyun oyidan sentabrgacha kurtak payvand qilish mumkin. Bahorda payvand qilinadigan novdalar kuzda ma’lum daraxtlardan qirqib maxsus yerto‘la yoki sovutgich xonalarida saqlanishi mumkin. Yozda kurtak payvand qilinganda qalam-chalar ma’lum daraxtlardan ketma-ket olib tavyorlanadi. Qalam-cha tavyorlanadigan bog‘lardagi daraxtlar nihoyatda saralan-gan, serhosil, kasallanmagan, navlari aralashib ketmagan, aniq bo‘lishi kerak. Olingan qalamchalar bog‘-bog‘ qilib bog‘lanadi. Kurtak payvand qilingan qismiga taqib payvandtagning ortiq-cha yer ustki qismini o‘tkir tok qaychi yordamida qirqiladi. Bir yarim ikki hafta ichida payvandlangan kurtak payvandtag bilan tutashadi va 10–12 kundan keyin payvand ko‘zdan novda o‘sib chiqadi. Mana shu davrda boshlang‘ich lenta qirqilib asta-sekin



72


bo‘shatib qo‘yiladi. May oyiga kelganda unmay qolgan ortiqcha payvandtaglarni olib tashlash kerak.

Yong‘oqni kurtak payvand qilish boshqa mevali daraxtlardan birmuncha farq qiladi. Payvandlash uchun Bekichev pichog‘ida 20–25 sm yo‘g‘onlikdagi yong‘oq novdasidan kurtak po‘sti bi-lan halqa shaklida kesib olinadi. Payvandtagning po‘stlog‘i ham doira shaklida kesilib, kurtakka qarama-qarshi tomoni uzuna-siga tilinadi. Halqasimon po‘stloq payvandtagdan ehtiyotlik bi-lan ajratiladi. Novda kurtagi bilan ajratilgan payvandust tezda po‘stlog‘i kesilgan payvandtagga ulanadi, ulangan joy bog‘ mo­ yiga botirib olingan doka bilan zichlab bog‘lanadi.


Payvand uchun kerakli ona daraxtlardan bir yillik novdalar qir­ qib keltiriladi va payvand qilish uchun 4–5 mm uzunlikda barg ban-di qoldirilib, qolgan qismi olib tashlanadi va namlangan lattalarga o‘raladi.





Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish