Ko‘chatzor daftari va rejasi. Yangi barpo qilinadigan meva bog‘larni serhosil, xo‘jalikka katta daromad keltiruvchi bog‘larni yaratish, ko‘chatzorlarda mevali daraxt ko‘chatlarini aralashtirib yubormasdan ularni rejali ravishda ko‘paytirishga bog‘liq. Ko‘chatzorda kurtak payvand qilishda quyidagi qoi-dalarga qattiq rioya qilish lozim. Masalan: olmaning bir necha ertangi, o‘rtagi va kechki navlari bor. Payvand qilishni uyush-qoqlik bilan o‘tkazish uchun ko‘chatzorning bir gektaridagi bir meva navi kurtak payvand qilib bo‘lganidan keyin ikkinchi bir navni payvand qilish lozim. Agronom yoki brigadir har bir payvand va bog‘lovni qaysi kunda bajarilgan hamda bir qa-tor kurtak payvand qilinmagani va qilinganini yozib qo‘yadi. Xuddi shunday ma’lumotlar ko‘chatzor daftariga ham yozib qo‘yiladi.
Ko‘chatlarni ko‘chatzordan qazib olishda meva tur va navlari birin-ketin qaziladi, saralanadi. Ko‘chatlar 25–30 tadan bog‘-bog‘ qilib tol novdasi bilan yaxshilab bog‘lanadi. Har bir ko‘chat bog‘i navining nomi va soni yozilib kerakli yerlarga yuboriladi. Ayrim meva ko‘chatini qishda ko‘mish lozim bo‘lsa, maxsus mashinalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |