Asosiy tushunchalar:
Yong‘oq. Shimoliy yarim sharda to‘qqizga yaqin, janubiy yarim sharda esa bir qancha turlari bor.
Yong‘oq daraxtining yog‘ochi, ayniqsa, tanasidagi g‘uddasi qimmatli hisoblanadi. Undan chiroyli mebel ya sanoatda ish-latish uchun detallar tayyorlashda foydalaniladi.
23-rasm. Yong‘oq. «Bostonliq», «Tezpishar» va «Yupqa po‘choq» navlari.
Yong‘oq ajoyib dekorativ daraxt hisoblanadi. Undan ixota daraxtzorlar barpo qilishda foydalaniladi. Bundan tashqari ko‘l va daryolar bo‘ylariga o‘tqaziladi, chunki uning ildizi baquvvat bo‘lib, yerga chuqur kiradi va tuproqni yuvilishdan saqlaydi.
Yong‘oq daraxtining bo‘yi 2,5–3 m gacha, diametri 1,5–2 m ga yetadi, shox-shabbasi shar yoki qubbasimon shaklda. Ildizlari baquvvat bo‘ladi. Tana va asosiy shoxlarining asosida yashirin kurtaklar ko‘p bo‘ladi. Yong‘oq bir uyli, lekin gullari ayrim jinsli o‘simlikdir. Erkak kuchalalari o‘tgan yilgi novdalarining uchi-da, urg‘ochi gullari esa shu yili ko‘kargan novdalarining uchida joylashadi. Erkak gullari o‘tgan yilgi barg qo‘ltiqlarida paydo bo‘ladi, urg‘ochi gulining murtagi esa o‘tgan yilgi yozda novda-lar uchidagi sharsimon kurtaklarda hosil bo‘lib, faqat kelgusi yili ko‘klamda rivojlanadi. Barglar yozilishidan oldin, martning ik-kinchi yarmi, aprelning boshlarida, tog‘li rayonlarda uch–to‘rt hafta kechroq gullaydi. Ko‘pchilik navlarning erkak va urg‘ochi gullari bir vaqtda gullamaydi. Shuning uchun yong‘oqzorlarga changlovchi navlar o‘tqazish talab qilinadi.
Yong‘oq daraxti 8–10-yildan boshlab hosilga kiradi. O‘tqazilgandan keyin ikkinchi yiliyoq hosil beradigan xillari ham bor. Yong‘oq 25–35 yillik bo‘lganda mo‘l hosil beradi va har tupi 100–150 kg, ba’zilari esa 300–500 kg hosil beradi. U har yili hosil beradi. Yong‘oq sentabrning ikkinchi, yarmi – oktabrning bosh-larida pishadi. Mevasida 40–50 foiz, kamdan-kam hollarda 60 foiz mag‘iz bo‘ladi. Yong‘oq daraxtining ayrim tuplari 300 yilgacha yashaydi.
Pekan. Pekan daraxtining yog‘ochi qattiq, egiluvchan bo‘lib, dub va shumtol daraxtlarining yog‘ochiga o‘xshaydi.
Pekan – chiroyli, yirik va ko‘p yashaydigan (500 yilgacha), bo‘yi 30–60 m gacha yetadigan daraxt bo‘lib, shox-shabbasining kengligi 35 m, tanasining diametri ayrim hollarda 2 m gacha yetadi.
Erkak kuchalasi bitta gulbandda uchtadan bo‘lib, novdalari ning asosida joylashadi. Urg‘ochi gullari bitta gulbandda uch-to‘rttadan (dasta) bo‘lib, shu yilgi novdaning uchida joylashadi.
Mevasi – soxta danak, ko‘pincha cho‘zinchoq, ingichka uchli, meva yoni ingichka va mo‘rt bo‘ladi.
Pista. Pista bargining bujgini (gullari)dan gilamlarni bo‘yash uchun qizil rang, shuningdek, tannin olinadi. Yog‘ochidan oli-nadigan smola bo‘yoqchilik ishlarida qimmatli mahsulot hisob lanadi. Qattiqi va chiroyli yog‘ochidan turli-tuman buyumlar ishlashda foydalaniladi. Pista Markaziy Osiyoda yovvoyi holda o‘sadi. Pista bo‘yi 5–6 m keladigan daraxt va buta o‘simlik bo‘lib, chuqur joylashadigan baquvvat ildizlari bo‘ladi.
Vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilganda beshinchi yili, urug‘idan o‘stirilganda esa 8–10-yili hosilga kiradi. Pista ikki uyli o‘simlik bo‘lib mart–aprelda gullaydi va shamol yordamida changlanadi. Mevasi sentabrda pishadi. Yovvoyi holda o‘sayotgan pistaning bir tupi 3–5 kg, ekib o‘stirilganda esa 40–80 kg gacha hosil be-radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |