Chilonjiyda yoki unabi. Uning 50 ta turi mavjud. Chilon-jiyda kichik daraxt va buta bo‘lib o‘sadi. Uning bo‘yi 6–12 m ga-
52
cha, tanasining diametri 40–60 sm ga yetadigan, asosiy tanasi, ko‘pincha, qiyshayib o‘sadigan daraxt yoki buta o‘simligi hisob-lanadi.
Chilonjiydaning shoxlanishi juda xarakterlidir: o‘tgan yilgi novdalarning uchki kurtaklaridan uzun o‘suv monopodial nov-da va shoxlar, ulardan esa qisqaroq simpodial yon shoxlar pay-do bo‘ladi. Chilonjiyda shoxlari tirsakli bo‘lib, 10–15 yilgacha shoxlarining egilgan joylarida tikanlari bo‘lib, ular keyinchalik yo‘qolib ketadi. Har qaysi yon shoxida uning qaysi yilda paydo bo‘lganligiga qarab, uzunligi 15–20 sm keladigan barg novdalari chiqadi.
Chilonjiydaning ildizlari baquvvat bo‘lib, tuproqqa chuqur kiradi. Bir yillik ko‘chatning ildizi tuproqqa 2 m, yetuk daraxti ning ildizi esa 3–6 m chuqurlikka kiradi. Gullari mayda, yashil-sariq rangli, xushbo‘y, ikki jinslidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |