Apelsin navlari. Gamlin – apelsinning eng serhosil, ertapi shar navi bo‘lib, o‘rta dengiz guruhiga kiradi. Bu transheya-da o‘stirish mumkin bo‘lgan eng yaxshi nav. Mevasi o‘rtacha yiriklikda, ba’zan mayda, vazni 100–130 gr keladi, shakli yassi yumaloq yoki sharsimon. Mevasining umumiy vazniga nisba tan 45–50 foiz sharbat chiqadi. Sharbatida 6,5–7 foiz shakar, 1–1,1 foiz kislota va 50–55 mg C vitamini bor.
Vashington navi Amerikadan keltirilgan. Tupi o‘rta bo‘yli, bo‘yi 3–4 mm ga yetadi, shox-shabbasi yumaloq shaklda, ba’zan keng yoyilgan, tikansiz bo‘ladi. Mevasi yirik, vazni 130–150 g, ba’zilari 250–300 g va undan og‘ir bo‘ladi.
Mevalarining ayrimlaridagina urug‘ bo‘ladi. Ko‘pincha mevasining eti quruqroq, bu navning kamchiligi hisoblanadi.
Sochinskiy navi Vashington Navel apelsinning kloni hisobla-nadi. Mevalari yirik, vazni 150–200 gr yumaloq shaklda, bun-da 45– 50 foiz sharbat ajraladi, uning kislotaliligi 0,9–1,1 foiz. Tarkibida 6,5–7 foiz shakar, S vitamini bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |