Ishni bajarish tartibi: Talabalar mevali o‘simliklar ko‘chatlaridan, gerbariy, jadval va ma’lumotnomalardan foy-dalanib turli meva ekinlarining yer ustki va ostki qismlarini o‘rganadilar.
Mashg‘ulot davomida mazkur mintaqada ko‘p tarqalgan mevali daraxtlar ko‘chatlaridan foydalaniladi. Talabalar mevali daraxtlarning morfologik tuzilishi va belgilarini to‘liq o‘rganish uchun 4-jadvalni to‘ldiradilar.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4-jadval
|
|
|
Hosil beruvchi daraxt joylashgan manzil va tasnifi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
,
|
|
|
|
|
,
|
|
|
|
|
viloyat
|
|
tuman
|
|
|
xo‘jalik
|
,
|
|
|
|
|
,
|
|
|
|
|
araxt turi, avlodi
|
|
ekish tartibi
|
|
|
ekilgan yili
|
|
|
|
|
,
|
|
|
|
|
|
|
|
daraxtlar soni
|
|
|
|
|
yozish muddati
|
|
|
|
|
|
Talabaning F.I.SH.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bosh
Daraxt tana, sm
Balandligi, sm
|
Shox-shabbasiningdiametri,sm
|
Shox-shabbasining shakli
|
Balandligi
|
Yo‘g‘onligi
|
|
|
|
|
|
Markaziy tananing uzunligi, sm
|
Skelet
shoxlari, dona
1-tartib
|
2-tartib
|
3-tartib
|
|
|
|
uchraydigan hosil shoxi,
|
dona
|
Eng ko‘p
|
|
Bir yillik novdaning uzunligi , sm
|
42
5. SUBTROPIK MEVALAR
Subtropik mevalarga anor, anjir, bodom, xurmo kabi o‘sim liklar kiradi. Anor bir tekis pishib yetilmaganidan bir necha marta bo‘lib-bo‘lib teriladi.
Dumbulligida terilgan anor saqlash vaqtida pishib yetiladi va о‘ziga xos maza hosil qiladi. U qisqagina meva bandi bilan birga bog‘ qaychida kesib terilib, savat, chelak, qoplarga solinadi. 2– 3 kun davomida soyada quritiladi, so‘ngra saralanib 2 navga ajra-tiladi. Qutiga yog‘och chirindi solib joylanadi.
13-rasm. Anor. «Qizil anor» navi. 14-rasm. Anjir. «Kadota» navi.
Anjir. Anjirning yangi terib olingan mevalarini uzoq joyga tashish ham mumkin emas, chunki tez achib qoladi. Shuning uchun anjir ho‘lligicha iste’mol qilinadi. Bir qismi qoqi qilish, qiyom pishirish va konserva tayyorlash uchun sarflanadi. Ho-sil bir vaqtda yetilmaganligidan har 2–3 kunda terib turiladi. Mevaning yashilligi yo‘qolib, po‘stining qahrabo rangga kirishi yetilganligini ko‘rsatadi. Hosil tamom yetilmagan holda, ya’ni qattiqligida teriladi. Anjirning yetilganligini to‘g‘ri aniqlash g‘oyat muhim, chunki meva daraxtda 1–2 kun ortiq turib qolsa, yumshab qayta ishlashga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Hosil meva bandini pichoq bilan kesib teriladi. Mevalar savatcha yoki 16 kg li qutilarga 3–4 qavat qilib joylanadi. Qavatlar orasiga an-
jirning qalin barglari solinadi. Ba’zan shirasi oqib chiqqanda ham bu barglar achishiga imkon bermaydi va qo‘shni qavatdagi mevalarni buzilishdan saqlaydi. Anjirning ko‘p qismi qoqi qili-nadi.
Bodom. Bodom tamom yetilgandan keyin iyulning oxiri va avgust boshlarida teriladi. Uning yetilganligi meva qatining yorilganligiga qarab aniqlanadi. Bodom daraxti yerga qoqib teriladi. Shoxlarida qolganlari qo‘lda teriladi. Tayoq bilan qo qish mumkin emas, chunki daraxt shoxlari qattiq shikastlanadi. Terilgan bodom savat, quti yoki qoplarda solinib, meva joylash bostirmasiga keltiriladi va bu yerda 50 sm qalinlikda yerga to‘kiladi. 2–3 kun o‘tib meva po‘sti yong‘og‘idan osonlik bilan ajrala boshlagandan keyin po‘stidan tozalashga kirishiladi. To-zalangan bodom bostirma tagiga yoki soya joyga yupqa yoyilib yaxshilab quritiladi.
Anor. Anor, anjir sovuqqa chidamsizligi bilan boshqa meva-lardan ajralib turadi. Ular O‘zbekistonda va boshqa respublika-larda qishda tuproqqa ko‘miladi.
Xurmo. Xurmoning 800 dan ziyod navi bor. O‘zbekiston sha-roitida yetishtiriladigan xurmo daraxtining bo‘yi 5–10 m ga yet-adi. Xurmoning mevasi yirik bo‘ladi. Bir dona mevasining vazni 100–400 gr gacha bo‘ladi, silin-drsimon shakldan yassi yumaloq shaklgacha, uchi kalta gumbazsi-mon yoki botiq, zalg‘ildoq yoki qizil rangda bo‘ladi. Xurmo da-raxti 100 yil va undan ortiq ya-shaydi. Ekilgandan keyin 4-yili hosilga kiradi. O‘zbekiston sha-roitida bir gektardan 120–150 sentner hosil beradi. Hiakumi, Zendji Maru va Vaxsh kabi navlar
15-rasm. Xurmo. «Hiakumi» navi.
keng tarqalgan.
Rezavor meva o‘simliklari.
O‘zbekistonda o‘stiriladigan
44
rezavor meva o‘simliklari ichida qulupnay ko‘p tarqalgan o‘simlik hisoblanadi. Mamlakatimizning tuproq -iqlim sharoiti-da qulupnay may oyining birinchi o‘n kunligida pishadi. Meva sining mazasi, parhez uchun iste’mol qilinishi, texnologiya sifati va rangining chiroyliligi jihatidan yuqori baholanadi. Qulupnay mevasining tarkibida 4–11 foizgacha qand, 0,3–1,6 foizgacha kislota, 0,1–0,4 foiz oshlovchi va bo‘yoq moddalar bo‘ladi. Qu-lupnayning 450 ga yaqin turi mavjud. O‘zbekistonda esa uning 42 turi hamda jaydari turlari ekiladi va keng tarqalgan navlarga quyidagilar kiradi: Zengazengana, Kulver, Madam Muto, Fes-tivalniy, Dilbar, Uzbekistanskaya, Pamyat Shredera va boshqa mahalliy navlar.
16-rasm. Qulupnay. «Kulver» navi.
17-rasm. Qulupnay. «Madam Muto» navi.
45
6. Sitrus O‘simliklar (2 soat)
Sitrus avlodi rutedoshlar oilasiga kiradi va 33 avlod, 250 turni o‘z ichiga oladi. Bular yovvoyi holda asosan Osiyodagi, Zond arxipelagi va boshqa yerlardagi musson shamoli esadi-gan joylarda o‘sadi. Vakillari boshqa joylarda uchramaydigan o‘ziga xos, rezavorsimon meva tugadi. Mevasi po‘stli yoki qalin etli bo‘ladi. Ular meva barglarining ichki devorlarida sersuv o‘simliklar shaklida hosil bo‘ladi. Madaniy sitrus o‘simliklar mevasi uch qavatdan tuzilgan. Tashqi qavati qalin, tig‘iz, zarg‘aldoq rangda bo‘lib, unda efir moylari saqlanadigan ko‘p hujayrali bo‘shliqlar mavjud.
Ichki qavati (endokarniy) yoki mevaning eti pallaga bo‘lingan va har bir pallasi po‘stga o‘ralgan. Bu pallalar urchuqsimon ko‘pgina o‘siqlardan hosil bo‘ladi, bu o‘siqlar shira xaltachalari deyiladi, ular guj shira massasini hosil qiladi. Hujayra shirasi tarkibida shakar, organik kislotalar va boshqa moddalar mavjud bo‘ladi.
Bularga limon, apelsin, mandarin, greypfrut kiradi.
Sitrus mevalarda urug‘lar miqdori har xil bo‘ladi. Ayrim navlari urug‘siz, boshqa navlari esa juda serurug‘ bo‘ladi. O‘zbekistonda sitrus o‘simliklar har xil shakldagi usti yopiq joylarda ekib o‘stiriladi. Ularni ikki asosiy tipga birlashtirish mumkin. Qish davrida isitilmaydigan usti yopiq joy va sovuq vaqtda isitiladigan usti yopiq joylarda yetishtiriladi. Issiq xonalarda isitish tizimi bo‘lganligidan yilning sovuq davrida sitrus o‘simliklarini parvarish qilishning termik sharoitini tartibga solish mumkin. Transheyalarda qish oylaridagi ter-mik rejim yerning va transheyalarda usti yopilgan konstruksi-yalarning issiqlik berishiga qarab aniqlanadi. Sitrus o‘simliklar transheyalarda issiqxonalarga qaraganda anchagina qattiq sha-roitda o‘sadi.
Sitrus o‘simliklarning guli barglar qo‘ltig‘ida yoki yosh novdalar uchida yakka yoki kichik shingil hosil qiladi.
Avval uchida gul shakllanadi, so‘ngra hosil novdasi o‘sa bor-gan sari barglar qo‘ltig‘idagi gullar shakllanadi. Ancha kuchli
Do'stlaringiz bilan baham: |