Limon navlari. Meyer navi eng serhosil, ertapishar navlardan biri hi-soblanadi.
Limonanj navi limon bilan apel-sinning tabiiy duragayi hisoblanadi. Mevasi o‘rtacha yiriklikda, yumaloq
oval shaklda, tub tomoni biroz ingichka, biroz bo‘rtib turadigan so‘rg‘ichi bor, so‘rg‘ichi ba’zan noksimon bo‘yni uzun bo‘ladi. Mevasi erta oktabr oxiri noyabr boshlarida yetiladi. Bu nav juda serhosil bo‘lib, transheyada o‘stirilganda 9–10 yoshli daraxtlari 200–300, ba’zan esa 500–600 dona meva tugadi. Sovuqqa juda chidamliligi bilan boshqa navlardan farq qiladi.
Villa Frank. Bu limonning tupi o‘rta bo‘yli, shox-shabba-si yoyiq, serbarg va pishiq bo‘ladi. Mevasining vazni o‘rtacha 70–80 gramm keladi. Meyer limoniga ulangan Villa Frank ekil-gandan keyin uchinchi yili hosilga kiradi. Hosildorligi o‘rtacha bo‘lib to‘la yoshdagi tuplaridan 150–200 donadan limon olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |