Qisqacha tushuntirish:
Madaniy nav meva o‘simligidan kesib olingan ayrim kurtak yoki bir bo‘lak novdasini ikkinchi bir o‘simlikka ulab o‘stirish payvandlash deyiladi. Dunyo mevachiligida 100 ga yaqin pay-vandlash usullari bor. Ammo ko‘chatzorlarda ko‘pincha 3 xil uxlovchi kurtaklarni ulash yo‘li bilan yozgi kurtak payvand, o‘suvchi kurtaklarni ulash yo‘li bilan hamda qishki payvand usullari qo‘llanilib keladi.
Kurtak payvand meva daraxtlarini payvandlashda ayniq-sa ko‘p tarqalgan usuldir. Kurtak 3 usulda: yog‘ochliligi bilan, yog‘ochsizlik va naychasi bilan payvand qilinadi. Yog‘ochliligi bilan yashirin va nish urgan kurtak payvand qilinadi.
Payvandtag o‘zi yashaydigan, ildizlari baquvvat, yaxshi taral-gan bo‘lib, so‘rish kuchi yuqori hamda har xil zararkunanda va kasalliklarga imkoni boricha chidamli bo‘lishi kerak.
Quyidagilar olma uchun eng yaxshi payvandtag hisoblanadi: Mahalliy sivers yovvoyi olmasi. U ko‘pgina turlarga bo‘linadi, lekin bular orasida Olma-ota va Chimyon yovvoyi
olma turlari eng yaxshi payvandtag hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |