Bog‘dorchilik o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»



Download 13,62 Mb.
bet18/87
Sana10.07.2022
Hajmi13,62 Mb.
#768763
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
Bog'liq
Bog`dorchilik

Anor. Anor, anjir sovuqqa chidamsizligi bilan boshqa mevalardan ajralib turadi. Ular O‘zbekistonda va boshqa respublikalarda qishda tuproqqa ko‘miladi.
X urmo. Xurmoning 800 dan ziyod navi bor. O‘zbekiston sharoitida yetishtiriladigan xurmo daraxtining bo‘yi 5–10 m ga yetadi. Xurmoning mevasi yirik bo‘ladi. Bir dona mevasining vazni 100–400 gr gacha bo‘ladi, silindrsimon shakldan yassi yumaloq shaklgacha, uchi kalta gumbazsimon yoki botiq, zalg‘ildoq yoki qizil rangda bo‘ladi. Xurmo daraxti 100 yil va undan ortiq yashaydi. Ekilgandan keyin 4-yili hosilga kiradi. O‘zbekiston sharoitida bir gektardan 120–150 sentner hosil beradi. hiakumi, Zendji Maru va Vaxsh kabi navlar keng tarqalgan. Rezavor meva o‘simliklari.
15-rasm. Xurmo. «hiakumi»
navi. O‘zbekistonda o‘stiriladigan
rezavor meva o‘simliklari ichida qulupnay ko‘p tarqalgan o‘simlik hisoblanadi. Mamlakatimizning tuproq-iqlim sharoitida qulupnay may oyining birinchi o‘n kunligida pishadi. Mevasining mazasi, parhez uchun iste’mol qilinishi, texnolo giya sifati va rangining chiroyliligi jihatidan yuqori baholanadi. Qulupnay mevasining tarkibida 4–11 foizgacha qand, 0,3–1,6 foizgacha kislota, 0,1–0,4 foiz oshlovchi va bo‘yoq moddalar bo‘ladi. Qulupnayning 450 ga yaqin turi mavjud. O‘zbekistonda esa uning 42 turi hamda jaydari turlari ekiladi va keng tarqalgan navlarga quyidagilar kiradi: Zengazengana, Kulver, Madam Muto, festivalniy, Dilbar, Uzbekistanskaya, Pamyat Shredera va boshqa mahalliy navlar.

16-rasm. Qulupnay. «Kulver» navi.

17-rasm. Qulupnay. «Madam Muto» navi.
6. SITRUS O‘SIMLIKLAR (2 soat)
Sitrus avlodi rutedoshlar oilasiga kiradi va 33 avlod, 250 turni o‘z ichiga oladi. Bular yovvoyi holda asosan Osiyodagi, Zond arxipelagi va boshqa yerlardagi musson shamoli esadigan joylarda o‘sadi. Vakillari boshqa joylarda uchramaydigan o‘ziga xos, rezavorsimon meva tugadi. Mevasi po‘stli yoki qalin etli bo‘ladi. Ular meva barglarining ichki devorlarida sersuv o‘simliklar shaklida hosil bo‘ladi. Madaniy sitrus o‘simliklar mevasi uch qavatdan tu zilgan. Tashqi qavati qalin, tig‘iz, zarg‘aldoq rangda bo‘lib, unda efir moylari saqlanadigan ko‘p hujayrali bo‘shliqlar mavjud.
Ichki qavati (endokarniy) yoki mevaning eti pallaga bo‘lingan va har bir pallasi po‘stga o‘ralgan. Bu pallalar urchuqsimon ko‘pgina o‘siqlardan hosil bo‘ladi, bu o‘siqlar shira xaltachalari deyiladi, ular guj shira massasini hosil qiladi. hujayra shirasi tarkibida shakar, organik kislotalar va boshqa moddalar mavjud bo‘ladi.
Bularga limon, apelsin, mandarin, greypfrut kiradi.
Sitrus mevalarda urug‘lar miqdori har xil bo‘ladi. Ayrim navlari urug‘siz, boshqa navlari esa juda serurug‘ bo‘ladi. O‘zbekistonda sit rus o‘simliklar har xil shakldagi usti yopiq joylarda ekib o‘stiriladi. Ularni ikki asosiy tipga birlashtirish mumkin. Qish davrida isitil maydigan usti yopiq joy va sovuq vaqtda isitiladigan usti yopiq joylarda yetishtiriladi. Issiqxonalarda isitish tizimi bo‘lganligidan yil ning sovuq davrida sitrus o‘simliklarini parvarish qilishning termik sharoitini tartibga solish mumkin. Transheyalarda qish oylaridagi termik rejim yerning va transheyalarda usti yopilgan konstruksiyalarning issiqlik berishiga qarab aniqlanadi. Sitrus o‘simliklar transheyalarda issiqxonalarga qaraganda anchagina qattiq sharoitda o‘sadi.
Sitrus o‘simliklarning guli barglar qo‘ltig‘ida yoki yosh novdalar uchida yakka yoki kichik shingil hosil qiladi.
Avval uchida gul shakllanadi, so‘ngra hosil novdasi o‘sa borgan sari barglar qo‘ltig‘idagi gullar shakllanadi. Ancha kuchli o‘sadigan novdalarda qo‘ltiq kurtaklar kam hosil bo‘ladi. hosildor novdalar bargining hammasi meva kurtaklari yozilishidan oldin shakllanadi, vegetativ kurtaklarda esa kuzatilmaydi, hosildor va vegetativ novdalarning o‘sishi, gul kurtaklarining oldinketin hosil bo‘lishi va shakllanishi bir vaqtga to‘g‘ri keladi.
Sitrus o‘simliklarning bargi bir yildan uch yilgacha yashnab turadi. Qarigan barglar o‘rnini asta-sekin yosh barglar egallaydi, shuning uchun ular doim yashil ko‘rinishda bo‘ladi. Bir yoshdan katta barglari hosil tugishida ko‘proq ahamiyatga ega. Chunki ular zaxira moddalar to‘planadigan joy hisoblanadi. Shuning uchun bunday barglarning saqlanib turishi mo‘l hosil olishda juda muhim ahamiyatga ega.
Qishlash davrida sharoit noqulay bo‘lib, barglari to‘kilib ketsa, o‘simliklar yangi barg chiqaradi, lekin shu yili hosil bo‘lmaydi. Sit rus o‘simliklari usti yopiq joyda o‘stirilganda ularning shox-shabbasining ixcham turishiga nisbatan qattiq talablar qo‘yiladi.
O‘zbekistonda sitrus o‘simliklar tarqalgan yildan boshlaboq R. Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish instituti Markaziy eksperimental bazasida, janubiy O‘zbekistonda tajriba stansiyasida va uning Namangan tayanch punktida transheya va issiqxonalarda ilmiy amaliy ishlar olib boriladi.
Y angi sitrus mevazorlarini barpo etishda navlarni ishlab chiqarish uchun tavsiya etiladigan nisbatda tanlash, ya’ni 70 foiz limon, 15 foiz apelsin, 10 foiz mandarin hamda boshqa sitrus mevalardan 5 foiz miqdorida ekish kerak.

Download 13,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish