12-rasm. Mevali daraxtlarning hosil shoxlari.
Kurtak. Rezavor meva o‘simliklarining yer ustki qismi – tanasi, shoxcha, gul, meva va boshqalarini kurtakdan rivojlantiradi. Kurtaklar o‘sish va meva kurtaklariga bolinadi. O‘sish kurtaklari amal davrida barglar bilan o‘ralgan halqali qisqa shoxchalar va uzun novdalar paydo qiladi. hosil (reproduktiv) kurtaklarda esa gullar, keyin meva yoki rezavor meva shakllanadi.
Olma daraxtlarning gul kurtaklari yozilganida birinchi galda 5–7 bargdan iborat to‘pbarg, so‘ngra esa g‘unchalar paydo bo‘ladi. Asosiy barg qo‘ltig‘ida o‘suv va ba’zan gul kurtaklar hosil bo‘ladi. To‘p kurtaklar ana shu tarzda shakllanadi.
Ishni bajarish tartibi: Talabalar mevali o‘simliklar ko‘chatlaridan, gerbariy, jadval va ma’lumotnomalardan foydalanib turli meva ekinlarining yer ustki va ostki qismlarini o‘rganadilar.
Mashg‘ulot davomida mazkur mintaqada ko‘p tarqalgan mevali daraxtlar ko‘chatlaridan foydalaniladi. Talabalar mevali daraxtlar ning morfologik tuzilishi va belgilarini to‘liq o‘rganish uchun 4-jadvalni to‘ldiradilar.
4- jadval Hosil beruvchi daraxt joylashgan manzil va tasnifi
, , viloyat tuman xo‘jalik
, ,
araxt turi, avlodi ekish tartibi ekilgan yili
, daraxtlar soni yozish muddati
5. SUBTROPIK MEVALAR
Subtropik mevalarga anor, anjir, bodom, xurmo kabi o‘simliklar kiradi. Anor bir tekis pishib yetilmaganidan bir necha marta bo‘lib-bo‘lib teriladi.
Dumbulligida terilgan anor saqlash vaqtida pishib yetiladi va о‘ziga xos maza hosil qiladi. U qisqagina meva bandi bilan birga bog‘ qaychida kesib terilib, savat, chelak, qoplarga solinadi. 2– 3 kun davomida soyada quritiladi, so‘ngra saralanib 2 navga ajra-
13-rasm. Anor. «Qizil anor» navi. 14-rasm. Anjir. «Kadota» navi.
Anjir. Anjirning yangi terib olingan mevalarini uzoq joyga tashish ham mumkin emas, chunki tez achib qoladi. Shuning uchun anjir ho‘lligicha iste’mol qilinadi. Bir qismi qoqi qilish, qiyom pishirish va konserva tayyorlash uchun sarflanadi. Hosil bir vaqtda yetilmaganligidan har 2–3 kunda terib turiladi. Mevaning yashilligi yo‘qolib, po‘stining qahrabo rangga kirishi yetilganligini ko‘rsatadi. hosil tamom yetilmagan holda, ya’ni qattiqligida teriladi. Anjirning yetilganligini to‘g‘ri aniqlash g‘oyat muhim, chunki meva daraxtda 1–2 kun ortiq turib qolsa, yumshab qayta ishlashga yaroqsiz bo‘lib qoladi. hosil meva bandini pichoq bilan kesib teriladi. Mevalar savatcha yoki 16 kg li qutilarga 3–4 qavat qilib joylanadi. Qavatlar orasiga anjirning qalin barglari solinadi. Ba’zan shirasi oqib chiqqanda ham bu barglar achishiga imkon bermaydi va qo‘shni qavatdagi mevalarni buzilishdan saqlaydi. Anjirning ko‘p qismi qoqi qilinadi.
Bodom. Bodom tamom yetilgandan keyin iyulning oxiri va avgust boshlarida teriladi. Uning yetilganligi meva qati ning yoril ganligiga qarab aniqlanadi. Bodom daraxti yerga qoqib teriladi. Shoxlarida qolganlari qo‘lda teriladi. Tayoq bilan qoqish mumkin emas, chunki daraxt shoxlari qattiq shikastlanadi. Terilgan bodom savat, quti yoki qoplarda solinib, meva joylash bostirmasiga keltiriladi va bu yerda 50 sm qalinlikda yerga to‘kiladi. 2–3 kun o‘tib meva po‘sti yong‘og‘idan osonlik bilan ajrala boshlagandan keyin po‘stidan tozalashga kirishiladi. Tozalangan bodom bostirma tagiga yoki soya joyga yupqa yoyilib yaxshilab quritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |