Bog‘dorchilik o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»



Download 13,62 Mb.
bet25/87
Sana10.07.2022
Hajmi13,62 Mb.
#768763
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87
Bog'liq
Bog`dorchilik

Ishni bajarish tartibi: Talabalar yangi uzilgan o‘simlik, belgilab olingan gul va mevalardan, gerbariy va ma’lumotnomalardan va adabiyotlardan foydalanib, yong‘oqdoshlar oilasiga mansub turlarning botanik, morfologik va xo‘jalik belgilarini o‘rganadilar. Mashg‘ulot jarayonida talabalar yong‘oqdoshlar oilasiga kiruvchi yong‘oq, pekan va pista o‘simliklaridan foydalanadi va 6-jadvalni to‘ldiradilar.
6- jadval

Tur

Daraxt











1 . Yong‘oq
















2 . Pekan
















3 . Pista
















10. MEVALI DARAXTLARNING RIVOJILANISH
DAVRLARI, O‘SUV VА TINIM FAZALARI. MEVALI
O‘SIMLIKLARGA TASHQI MUHITNING TA’SIRI
(2 SOAT)
Mevali daraxt yer ustki qismining bo‘yi baland yoki past bo‘lib birinchi navbatda o‘stirilayotgan meva turi va ularning navlariga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan payvandtaglarga va uchinchidan qo‘llaniladigan agrotexnikaga bog‘liq.
Daraxtning ildiz bo‘g‘zidan yuqori qismi o‘simlikning yer ustki qismi hisoblanadi. Mevali daraxt ko‘chatlari to‘g‘ri ekilganda uning ildiz bo‘g‘zi, ya’ni kurtak payvand qilingan qismi yer betiga tarqal gan holda tuproq ustida yerga zich tegib turadi. Payvandtag yoki payvand ustning ayrim biologik xususiyatlariga binoan daraxtning ildiz bo‘g‘zida shish paydo bo‘ladi.
Masalan, olchaga gilos payvand qilinganda daraxtning ildiz bo‘g‘zidan yuqorisi yo‘g‘onroq bo‘ladi. Chunki olma, olcha, gilos navlari uchun payvandtag hisoblanganligidan gilos kuchli, olcha esa kuchsiz bo‘ladi.
Yuqorida aytilganidek, ildiz bo‘g‘zidan to birinchi yon shoxi o‘sib chiqqan yerigacha qismi tana deyiladi. Tananing vazifasi juda kattadir. Daraxtning ildizi yerdan o‘zlashtirilgan oziq moddalarni nam bilan daraxtning shox-shabbalariga o‘tkazadi.
Barglarida paydo bo‘lgan plastik organik moddalarni ildiz tizimiga yetkazib beradi. Kuchsiz payvandtaglarda o‘stirilgan olma daraxtlari tanasining balandligi 30–40 sm, kuchli payvandtaglarda o‘stirilgan olma va boshqa mevali daraxtlar tanasining balandligi 50–70 sm bo‘ladi.
Tanani haddan tashqari baland va past bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Tana haddan tashqari baland bo‘lsa, daraxtning shox-shabbalari balandlashib ketadi, shamol ta’sirida bir tomonga egilishi yoki mevasi to‘kilib ketishi mumkin.
Baland bo‘yli daraxt shox-shabbalaridan hosilni terib olish, uni parvarishlash va hosilli shoxlar tagiga tirgovuchlar qo‘yish ham ancha qiyinlashadi. Tana haddan tashqari pasayib ketsa daraxtning shox-shabbasi atrofida tarvaqaylab o‘sganligidan ular bog‘ qator orasida mashinalarning erkin yurishiga xalaqit beradi.
Tuprog‘i sho‘rlangan yerlarda ham tananing balandligi 10– 20 sm dan kamroq bo‘lganida daraxtning shox-shabbasi quyuqlashib yerga yaqinroq o‘sadi.
Daraxt tanasining hamda po‘stining shikastlanmasligiga quyosh nuri ta’sirida qattiq sovuqdan saqlanishga alohida ahamiyat beri lishi lozim. Markaziy lider shoxda kelgusida navbatdagi yaruslar barpo qilinadi.
Markaziy tanadan o‘sib chiqqan yosh shoxlar birinchi tartib shoxlar, ikkinchi tartib shoxlardan uchinchi tartib shoxlar va shunga o‘xshash bir necha tartib shoxlar paydo bo‘ladi.
Tana tepasidagi har tomonga yoyilib o‘sgan shox, butoq va novdalar daraxtning shox-shabbasi deyiladi.
Shox-shabbaning o‘sayotgan qismida barglar, gullar va turli shaklda kurtaklar chiqargan yangidan-yangi novdachalar paydo bo‘ladi. Turli mevali daraxtlarda hosil novdachalari turlicha bo‘ladi. Chunonchi olma, nok kabi urug‘li meva daraxtlarida uzunligi 3–5 sm bo‘lgan halqali meva chiviqlari, meva nayzachalari bo‘ladi.
Danakli meva daraxtlarida esa nihlar buketli novdachalar, halqasimon novdachalar kabi hosil novdachalar mavjud. Tana po‘stloq bilan qoplangan: po‘stning sirtqi qavati hujayralardan iborat. Ostki, ikkinchi qavatining hujayralarida bargida hosil bo‘ladigan organik moddalar harakatlanadi. Barg bilan qoplangan bir yillik shoxcha novda deyiladi.
Mevali daraxtlarning shox-shabbalari piramidasimon, sharsimon va yoyiq bo‘ladi. Qlcha va gilos hosil shoxchalari qisqa bo‘ladi, ularning ichida o‘sish kurtagi va yonida yonma-yon joylashgan gul kurtaklari turadi. Bu xil meva shoxchalari dasta deyiladi.
Bundan tashqari danakli mevalarda ham o‘sish va gul kurtaklari aralash hosil shoxchalari bo‘ladi. Novdadagi har bir barg qo‘ltig‘ida kurtak bo‘ladi, bular yon kurtak deyiladi. Novdaning ichida ustki kurtak bo‘ladi. Yon kurtaklarning hammasi ham o‘savermaydi. Bunday kurtaklar uyquga ketuvchi kurtaklar deyiladi.
Mevali daraxtlarda kurtaklar yoz davomida shakllanadi, meva kurtaklari dumaloq, uchi to‘mtoq, o‘sish kurtaklari esa yumaloqroq va uchi nayza bo‘ladi. Urug‘li meva daraxtlarida ba’zan meva kurtaklaridan gul va novdalar o‘sib chiqadi, bu kurtaklar aralash kurtaklar deyiladi.


O‘zbekiston sharoitida olma, nok va olcha daraxtlarida hosilli va o‘suvchi kurtaklar iyun oyining oxiri iyulning boshlarida, gilosda iyul oyining ikkinchi yarmida, o‘rikda iyul oyining

Download 13,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish