Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
bet84/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Furqat (1858-1909). O'zining xalqchil va demokratik ruhda yozilgan asarlari bilan xalq ommasi o'rtasida katta obro' va e'tibor topgan shoirlardan biri Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat. U shoirlar maskani Qo'qonda tug'ilgan. Ammo umrining talay-gina qismini o'z ona diyoriga sig'magan Furqat mustamla kachi to'ralar, mahalliy betamiz va farosatsiz zolim boyvachchalardan qochib xorijiy mamlakatlarda xor-u zorlikda o'tkazadi.

Furqat ham dastlabki davrlarda Turkistonni bosib olgan chor ma'murlariga umid nigohini tikadi, hatto rus ilm fani, texnikasi va madaniyatini madh etuvschi asarlar yozib, o'z xalqini unga da'vat etadi. Uning «Gimnaziya», «Ilm xosiyati», «Vistavka xususida», «Suvorov», «Nag'ma bazmi xususida» kabi yozgan asarlari bu fikrimizning isbotidir. Ammo hayot jumboqlari va ha-qiqati borgan sayin Furqatning ko'zini ocha boradi, uning ongi, dunyoqarashi tadrijiy bir tarzda o'sib boradi. Bu o'rinda shoir-ning «Furqatnoma» asari fikrimizga yorqin dalildir.

«Turkiston viloyatining gazeti»da «Ho'qandlik shoir Zokir-jon Furqatning ahvoloti, o'zi yozg'oni» sarlavhasi ostida chop etilgan bu asar gazetaning 1891-yilgi o'n ikkita sonida alohida maqolalar tarzida berilgan. «Furqatnoma»ning bosh mavzusi — ma'rifatparvarlikdir. Unda Furqatning Yangi Marg'ilonga (hozirgi Farg'ona shahri), Xo'jandga, Toshkentga, Samarqand-ga qilgan safarlari xotiralar tarzida hikoya qilinsa-da, har bir voqea, jarayon tasviri, har bir tafsilot bosh mavzu bilan chambarchas bog'liqdir. Xarakteri asarda yorqin namoyon bo'lgan ma'rifatparvar ijodkor zamonasining ilg'or, yuksak ongli kishisidir. Uning o'z xalqiga mehr-muhabbati g'oyat kuch-li, shu boisdan mustamlakachilarga-chorizm vakillariga qattiq nafrat bilan qaraydi. Asta-sekin asar qahramoni o'z qarashlarini, munosabatlarini o'zgartira boshlaydi. Mavjud shart-sharoitlar, voqelik unga saboq beradi.

Ma'rifatparvarlik g'oyalarining yetakchiligi «Furqatnoma» -dagi madaniy-ma'rifiy muhit tasvirida g'oyat kuchli seziladi. Furqat, avvalo o'zbek madaniyatining ildizlari, sarchashmalari haqida batafsil so'z yuritgan. Buning tagida g'oyat ulkan va keng ma'no yotibdi. Shoir o'zining qanday ta'lim-tarbiya olganligini, qanday kitoblar mutolaa qilganligini bayon etar ekan, iste'dodli, bilimdon kishilarni yetishtirishga qodir shart-sharoitlar chorizm istilosidan oldin ham mavjudligini mahorat bilan ko'rsatib o'tadi. O'z xalqi mustamlakachilar o'ylaganidek «johil, qoloq» emasligi, yuksak madaniyat-ma'rifatga egaligini muallif o'ziga xos yo'sinda ifoda etgan. Bu vatanparvar, xalqparvar ijodkor»ning o'z milliy g'ururini,eliga mehr-muhabbatini namoyon qilishi edi, istilochi-larning kamsitishlariga, zo'ravonliklariga qarshi pinhoniy noro-ziligi, yashirin isyoni edi.

Furqat asrlardan beri shakllangan milliy ta'lim tizimi bu sohada darslik qo'llanma sifatida foydalaniladigan asarlar haqi-da ma'lumotlar beradi. U o'qigan kitoblar ro'yxatiga nazar tash-lasak ajdodlarimizning «atigi ikki foizi savodli» bo'lgani haqida-gi gaplar naqadar puchligini anglaymiz. Dastlabki boshlang'ich ta'limdan keyin «Qur'oni Karimni xatm qilib, «Chor kitob» ibti-do qildim» (Furqat. T A 2-tom, 1958, 134-bet) deb yozadi shoir. Shundan so'ng u quyidagi asarlarni mutolaa qilish, o'rganish orqali o'z bilimlarini boyitib boradi. 1. Fariduddin Attor. «Mantiqut tayr», 2. Hofiz Sheroziy devoni. 3. Mirzo Abdulqodir Bedil devoni, 4. Mir Alisher Navoiy «Chor devon», 5. Fuzuliy g'azaliyoti, 6. «Maslaqul muttaqin», 7. «Avvali ilm» risolasi, 8. «Mu'zi Vazanjoniy» risolasi, 9. «Avomil», «Harakot» risolalari, 10. «Qofiya» kitobi, 11. «Sharhi mulloyi Jomiy», 12. «Risolai Shamsiya».

Ushbu ro'yxat ta'lim jarayonida b adiiy adabiyotning mumtoz namunalari keng o'rin olganligini, dunyoni anglash tafakkurini shakllantirish borasida badiiy asarlarga alohida ahamiyat beril-ganini ko'rsatadi. Sharq adabiyotining Navoiy, Attor, Hofiz, Be­dil, Fuzuliy kabi ulkan namoyandalari ijodi, ularning go'zal va serma'no asarlari yosh avlodning ulg'ayishi yo'lida dasturulamal vazifasini munosib bajargan.

Furqat ijodining mavzusi keng qamrovli va serqirradir. Uning shu kungacha yetib kelgan she'riy asarlari sakkiz ming misradan ortiqdir. Bundan tashqari Furqatning proza va publitsistikaga oid asarlari ham bor. Shoir faol ilmiy ishlar ham olib borgan, ta-rix, etnografiya va she'riyat nazariyasiga oid asarlar yozgan.

Furqat insoniy oliyjanob fazilatlarni ulug'lar ekan, birinchi o'ringa ozodlik g'oyasini qo'yadi. Bu hol tushunarlidir, albatta. Chunki buni Furqat yashagan davr va zamon talab qilardi. Shoir-ning lirik qahramoni har qanday qullikning murosasiz dushmani, ozodlik, erkinli, hurlikning otashin jarchisidir:


Do'stlar, ayshu tarab, fasli bahor istar ko'ngul, Har kunisahroda sayri lolazor istar ko'ngil. Aylamak har sori ohular shikor istar ko'ngul, Kabi raftarin ko'rarga qo'hsor istar ko'ngul, Dog'i xursandetgusi har ne ki bor istar ko'ngul.
Ozodlik, erkinlik va hurlik g'oyalari turlicha r ang-bo'yoqlarda «Fasli navbahor o'ldi», «Fasli guldur», «Bahor ayyomida», «Ul qaro ko'z» singari she'rlarida yanada sayqal topadi.

Furqatning «Sayding qo'yaber sayyod» she'rida gunoh-siz mahbuslarni changaliga olgan shafqatsiz zolimlarga qarshi oshkora nafrat sadolari har qanday qalbi tosh o'quvchining ham yurak bag'rini tilka-pora qiladi:


Sayding qo'yaber, sayyod, sayyora ekan mendek, Ol domini bo'ynidan, bechora ekan mendek, O'z yorini topmasdan, ovora ekan mendek, Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek, Hijron o'qidin jismi ko'p yora ekan mendek, Kuygan jigari-bag'ri sadpora ekan mendek. Bechorani zulm aylab, qo'l-bo'ynini bog'labsan. Har sori chekib-sudrat, o'ldirgalik chog'labsan. Ko'ksini jafo birla lola kabi dog'labsan, Sot menga agar qasding olg'usiso'rog'labsan! Hijron o'qidin jismi ko'p yora ekan mendek, Kuygan jigari-bag'ri sad pora ekan mendek.

Furqat o'zining «Muhammasi Muhammad Xudoyorxon tilidan» asarida Xudoyorxonni el-yurt g'amini o'ylamagan, faqat shaxsiy manfaat va dabdabani ko'zlagan hukmdor sifatida o'quvchi ko'z o'ngida gavdalantiradi. Bu asari N.Ostroumov «Oxborot» jurnalining 1893-yilgi 8-sonida birinchi marta chop ettirgan.

Shunday qilib Furqat chorizm mustamlakachiligi zul-mi sharoitida yurt, Vatan va el baxti bilan kuyub yongan ma'rifatparvar demokratik shoir sifatida o'zbek adabiyotida o'zining munosib o'rniga ega.


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish