Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
bet92/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Dilshod Otin, (Barno, Dilshodi Barno taxalluslari: asl ism-sharifi Dilshod Rahimqul so'fi qizi), (1800-1905/06). U 17 yoshida asirga tushib O'ratepadan Qo'qonga olib kelinadi.Bu yerda o'zbek yigitiga turmushga chiqib, umrining oxirigacha shu yerda yangidan o'zbek tilida ko'plab g'azallar yozadi.

Dilshod o'z ijodi orqali jamoatchilik fikrini bayon etadi, ha-yotning turli tomonini ochib beradi. Uning tojik va o'zbek tillarida yozilgan asarlari bir-birini to'ldiradi va boyitadi. Ularni bir-biridan ustun qo'yish qiyin, chunki shoira bu tillarni mukammal bilganligi tufayli ikkala tilda ham chuqur, mazmunli asar yozadi va yurakdagi, qalbdagi so'zlarini mohirona bayon etadi.

Dilshod o'zining she'r va g'azallarida hukmron sinfning yu-qori tabaqalarini, hukmdor va ekspluatatorlarning kirdikorlarini tanqid qiladi. Ma'naviy tushkunlikni, tekinxo'r va bezorilarni qoralaydi.

Dilshod Umarxon bilan uchrashganini quyidagicha bayon etadi: «Meni yasantirganday yalang'ochligimcha qandaydir xonaga olib kirishdi.U yerda amir chopon va sallalik o'tirar edi. Oldida qora stol, uning ustida suv, pichoq va bir dona anor bor edi.

Xon baland bo'yliq qora ko'zliq qora soqolli va ochiq yuzli bo'lib salobatli ko'rinardi. Mening salomimdan keyin men bilan xushmuomalalik bilan suhbatlashdi. Uning xushmuomalali-giga qaramay, menga u johil va qonxo'r podshoh bo'lib tuyuldi. U menga: «Qani, g'azal tuzadigan tojik qizi, yonimga kel...» -dedi.

Men bilan savol-javob qilib, ismimni, kelib chiqishimni so'rab bo'lib, anor haqida g'azal to'qishimni talab qiladi:



Bu dunyoda osmon gumbazini ko'rdim men,

Ichi to'la g'amlarni ko'rdim men.

Yupqaparda bilan qoplangan yuzlarniko'rdim men,

Bag'rilari qonga, ko'zlari yoshga to'lganlarni ko'rdim men

Umarxon farmoni ila shafqatsiz qilich bilan,

Har bir go'zal yuraklari kesilganini ko'rdim men.
Men bu she'rni o'qib bo'lishim bilan amir ikki marta qarsak chaldi. Mahram kirdi. Amir: «Bu sochi kesilganni zindonga olib boringlar» deydi va ko'zi bilan qandaydir ishora qiladi3.

Dilshodning hayoti haqidagi ma'lumotlar uning o'z asarlarida va qo'qonlik shoir Sulaymon Rojiyning «Muxtasar ul-ash'ori Dilshod» kitobida saqlangan. Uning otasi ham shoir bo'lib, u qatl etilgan. Dilshod unda juda yosh edi, onasidan ham erta judo bo'lib (1814) buvisi qo'lida tarbiyalangan. Uni 17 yoshida (1818) Umarxon sarbozlari Qo'qonga asir qilib olib ketgan. Biroq Dil-shod tikso'zligi tufayli Umarxon saroyidan haydaladi (to'g'rirog'i qochishga muvaffaq bo'ladi - mualliflar) keyin Toshmaxdum de-gan imomga turmushga chiqadi. Shoiraning qaynonasi ma'rifatli, bilimdon ayol bo'lib, muallimalik qiladi. «Men, - deb yozadi. Dilshod - 88 yoshimgacha oynasiz xat ko'rib, maktabdorlik qildim. 51 yil maktab tutib, a'lo avsat hisobida 23 talaba tu-tib, 891 qizni basavod qildim. Alardin qariyb to'rtdan biri tab'i nazmlari bor erdi... boz avval oxir ikki yuzdan ortiq nazmxon shoiralar ta'lim olib chiqqan erdi. Kamina o'rda shoiralariga qo'shilmoq orzusidan mahrum erdi. Ammo ulug' otinlar: Jahon-bibi va Nodirabegim nazmlari salihimg'a quvvat baxsh etadilar. Nazmlarimni devon qilmoq borasida orzu bor edi».

Dilshod talabalari orasida Anbar otinga alohida e'tibor bergan. Dilshod adabiyotga erta kirib kelgan. Barno va Dilshod taxallluslari bilan o'zbek va tojik tillarida she'rlar yozgan. Shoira g'azal, muxammas, musaddas, badiiy xotiranomalar, bir necha doston yaratgan («Tarixi muxosara», «Xatmi muntaham ul-ash'or», «Zamonadin shikoyat», «Hayot madhi» va boshqalar). Uning asarlarida aksar tarixiy hodisalar, xalq hayoti va turmushi haqida fikr yuritilgan. Shoira haqgo'ylik, to'g'rilik, bilim kishi­ni illatlardan xoli tutadi, yuksaklikka ko'taradi, nohaqlik, egrilik esa halokatga duchor etadi, degan fikrni ilgari suradi.

Dilshod g'azallarida bosh mavzu sevgi, muhabbatdir. Shoira sof muhabbatni zo'r ehtiros bilan kuylaydi. Vafosiz, xudbin ma'shuqalarni makkor va xiylagar, deb ataydi. Shoira asarlarida zamon bilan hamnafaslik sezilib turadi. Shoiraning «Sabot ul-bashar maa tarixi muhojiran» («Inson matonati va muhojirlar tarixi»)da o'zining tavalludi, oilasi va ayanchli taqdiri bayon qilingan. Zotan, uning taqdiri ham muhojirlar taqdiridan farq qilmagan. Bu asarga shoiraning o'zbek tilidagi 37 ta va tojik tilidagi 5 ta g'azali ham kiritilgan.

Dilshodning ijodi tarixiy materialga boyligi, ijtimoiy maz mundorligi, haqqoniyligi, xalqparvarlik g'oyalari bilan sug'orilganligi uchun ham o'zbek va tojik mumtoz adabiyotining qim matli namunalaridan hisoblanadi.

Dilshod otinning «Tarixi muhojiron» asarida XIX asrda Qo'qon xonligidagi tarixiy, ijtimoiy-siyosiy voqealar aks etgan. Ayollarni ma'rifatli, erkin, jamiyatning teng huquqli a'zolari bo'lishga chorlagan4.

Qo'qonlik shoir va shoiralar haqida Dilshod bunday deydi:

«Men anchadan beri yashab kelayotgan Qo'qon shoirlar shahridir. O'n ikki darvozalik bu katta shaharda to'rt yuz qirq mahalla bor deydilar va har birida shoirlar bor...

Qo'qon maydonining Sarimozor dahasida birorta mahalla yo'qki, u yerda biror bir shoir va donishmand bo'lmasa, Xo'ja Kalon To'ra mahallasida mendan tashqari yana Mahzani, Turobi va Bahori taxallusli shoirlar va Fidoiy ismli shoira yashardilar.

Bizning qo'shni Buzrukxo'ja mahallasida qachonlardir juda iste'dodli, shirinso'z shoir janob Bog'dor Eshon Nizomi yashar edi. Hozir bu mahallada shoira Mohinabonu va Hafiza otin va shoir Sabuhi yashaydilar. Yana bulardan tashqari, mening iste'dodli o'quvchilarimdan Bahri otincha va Anbar otinchalar ijodiyoti-ning cho'qqisidadirlar. Yana qo'shni Qo'rxona mahallada yosh shoir va mohir san'atkor hattotlar yashaydi...

Agarda qibla tomonga qarasak panjarasoz mahallasini ko'ramiz. U yerda o'zlarining she'rlar devoniga ega bo'lgan Sadon va Qori Devona shoirlar bor. Qisqa qilib aytganda, Movaroun-nahrning poytaxti bo'lmish bu shaharda har bir avlodda minglab shoir va o'qimishli kishilar, ulamoi fozillar yashab, o'zlarining minglab rejalari bilan o'z asarlarini yaratdilar va o'zlarining she'rlarida falakning taqdiridan arz qilib va dodlab ketar edilar.

So'z va g'azal ustalaridan biri Anbar otin - Jahon otun Uvays ismli ham shu shaharda yashab vafot etgan. Juda ko'p shoir va donishmandlar o'z go'zal va jozibakor asarlarini yaratib ketdilar...»1.

Dilshodning so'ziga qaraganda, «ayniqsa shoir Mahjub hur-fikrli shoirlarning yuqori pog'onasida ekan va ularning joylari guloh yonida ekan. Lekin ular hammom gulohida yashashiga qaramay, ularning hurmatlari baland ekan. Bulardan tashqa-ri yana Muntazir, Mahmud va Gulxaniy ismli shoirlar bo'lgan. Hozir Mahmud va Muntazirlar hayotlar, lekin na ilojkim borki, ularni ko'rsak ular guloh yonida, men esa bir uyning burchagida katakka solingan qafasdadirman. Bundan xalos bo'lish faqat xalq irodasi bilan amalga oshishi mumkin.»2.

Xullas, yuqoridagi fikr-mulohazalar shundan dalolat beradiki, chor Rossiyasining og'ir mustamlakachilik zulmi siyosati davrida ham Turkistonda siyosiy-ijtimoiy va madaniy hayot to'xtab qolmadi, xalqimiz o'zining an'anaviy tarixiy taraqqiyotiga sodiq qoldi, jahon fani va madaniyati xazinasi rivojiga munosib hissa qo'shdi.



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish