Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


ADABIY-MA'RIFIY JARAYON. TARIX VA BADDY IJOD



Download 1,88 Mb.
bet81/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

2. ADABIY-MA'RIFIY JARAYON. TARIX VA BADDY IJOD


1 Bu haqda qarang: Узбeкиcтoннинr янги TapKm. В^инчи китoб. TypK№croH 4op Рoccияcи мycтaмлaкaчилиrи дaвpидa. Ty3yB4iraap X,.C^mcoB, Р.Шaмcyтдинoв, n.PaBmaHoB, ^.Ycmohob, "IHapK". Т., 2000.253-277-бeтлap. Кapимoв Ш., Шaмcyтдинoв Р. Typкиcтoн Рycия бocкини дaвpидa. Ai^kkoh, 1995. 90—159^^^.




Chor Rossiyasi Turkiston o'lkasini o'z mustamlakasiga aylantirgan XIX asrning ikkinchi yarmida o'lkaning ijtimoiy-madaniy hayotida albatta ba'zi bir ijobiy o'zgarish va yan-giliklar ham bo'ldi. Bu o'zgarishlar va yangiliklar mustamlaka-chilar tomonidan yerli xalqlarning talab va ehtiyojlarini qondirish maqsadida ro'yobga chiqarilgani yo'q. Balki, birinchi navbat da va asosan bosqinchilarning talablari va manfaatlari nuqtayi naza-ridan amalga oshirildi. Ana shunday yangilik va o'zgarishlardan biri o'lkada aholiga xizmat qiluvchi madaniy-ma'rifiy muassasa-larining paydo bo'lishidir. 1870-yilda Toshkentda kutubxona tashkil qilinadi. Kutubxona uchun Peterburg va Moskvadan 1867-yilda yuborilgan dastlabki kitoblar zo'r qiyinchiliklar bilan 1868-yilda Toshkentga yetib kelgan edi. Bu kitoblar asosan O'rta Osiyoni va unga qo'shni bo'lgan mamlakatlarni o'rganishga va boshqa masalalarga aloqador adabiyotlar edi. Kutubxona fondi mutlaqo rus tilida bo'lib, uning o'quvchilari ham asosan rus ofitserlari, amaldorlari, va ularning oilalaridan iborat edi. Dastlabki kitobxonlar to'g'risidagi ma'lumot 1870-yil may oyidan 1871-yil sentabrgacha bo'lgan davrga aloqadordir. Hammasi bo'lib 75 kitobxon bo'lgan, shundan 45 nafari ofitser, 19 nafari amaldor, 4 nafari savdogar, 2 kishi ruhoniy, bir kishi mahalliy maktab talabasi edi1.

Shunday bo'lsada, kutubxona har holda ma'rifiy ish bilan shug'ullandi va o'lkada XIX asr rus adabiyotining demokra-tik g'oyalarini tarqatish vazifasini o'tadi. Biroq 70-80-yillarda Rossiyada madaniyat va xalq maorifi 60-yillarda qo'lga kiritgan demokratik huquqlarni yo'q qilishga intilgan reaktsiyaning hujumi boshlanib ketdi. Bu hujumdan kutubxona ham chet-da qolmadi. 1882-yil dekabrda Turkiston general-gubernatori M.G.Chernyayevning buyrug'i bilan alohida ishlar bo'yicha amaldor, «Peterburg xarobalari» asarining muallifi, reaksion yozuvchi V.V.Krestovskiy kutubxonani taftish qiladi. U o'zining Chernyayevga yozgan raportida: «Rus mualliflaridan Saltikov, Dobrolyubov, Pisarev, Nekrasov va Shiller (A.Mixaylov) asar-lariga talab eng ko'p ekanligi ma'lum bo'ldi», deb yozadi. Ushbu raportga asosan general Chernyayev 1883-yil 1-yanvardan e'tiboran kutubxona faoliyatini to'xtatish to'g'risida buyruq ber-di. Jamoatchilikning talabi bilan 1889-yilda kutubxona yana o'z ish faoliyatini boshlaydi.

O'rta Osiyoni o'rganish bilan shug'ullangan taniqli rus olim-lari — arxeolog V.L.Vyatkin, akademik V.V.Bartold va boshqalar kutubxonaga faol yordam berib turishgan, natijada kutubxona qimmatli asarlar va materiallar bilan to'lib borgan.



1 Дмитровский Н.А. Двaдцaтипятиneтиe Typ^c^'aHc^M i^nrniHoH библия^ки ^yp^^'aHc^e вeдoмocти», 1895, № 15,18,28,33,37.


«Umuman O'rta Osiyoga, ayniqsa, Turkiston o'lkasiga oid asarlar va maqolalarning Turkiston to'plami kutubxona fondlarida to'plangan manbalarning ajoyib majmuasi bo'ldi. Bu to'plam 594 tomdan iborat bo'lib, inqilobgacha bo'lgan Turkis-ton haqidagi kitoblardan, ro'znoma va oynomalardan olingan maqolalardan tashkil topgan. To'plamning 416 tomi mashhur rus bibliografi V.I.Mejov tomonidan tayyorlangan. Bu tomlarga 1867-1887-yillarga oid materiallar kiritilgan. So'ngra to'plam ustida olib borilayotgan ish to'xtab qolgan va 1907-yildan 1917-yilgacha bo'lgan davrda har xil bibliograflar to'plamning 175 to-mini tuzganlar»1.

XIX asrning 80-90-yillarida Toshkent va boshqa yirik shaharlarda turli ilmiy jamiyatlar (arxeologiya, jug'rofiya, etnografiya kabilar) tashkil etilgan. 1896-yilda Samarqandda «Ta-rixiy muzey» ish boshladi. Bir qator ilmiy ekspeditsiyalar uyush-tirildi. Bu borada rus olimlari I.V.Mushketov, N.A.Seversov, A.P.Fedchenko, P.P.Semenov-Tyan-Shanskiy, N.M.Prjevalskiy va boshqalar samarali ishlar olib bordilar. Turkiston xalqlari tari-xini o'rganish va yoritish xalqimizning o'tmish madaniyatini ilmiy tadqiqot qilishda sharqshunos olimlar V.V.Radlov, V.V.Bartold, Ye. E.Bertels va boshqalarning xizmatlari oz emas. Shu davr mobaynida bir qator ijodkor rus adiblari asarlarining mahalliy xalqlar tillariga o'girilishi ham ijobiy faoliyatlardan hisoblanadi.




1 Крсимова O. Узбeкистoндa кyтyбxoнaчилик TaproM.T., «Укитувчи»,

1868-yilda Toshkentda birinchi bosmaxonaning tashkil etilishi bilan Turkistonda kitob bosish, matbaachilik yo'lga qo'yildi. 1870-yilda bir qator kattaroq boshqa bosmaxona tashkil etilgandan keyin, «Turkestanskiye vedomosti» gazetasi chiqarila boshlandi. Shu yildan e'tiboran bu gazetaning o'zbek va qozoq tillarida (arab alfavitida) ilovalari chiqa boshladi. Ana shu tariqa Turkistonda vaqtli matbuot tarixi o'z ilk qadamini tashladi. Xud-di shu 1870-yilning oxirlarida Xorazmda ham toshbosma paydo bo'ldi. 1880-yilda Navoiyning «Xamsa»si («Hayratul abror»ning birinchi kitobi), «Devoni Munis» va «Devoni Raji» asarlari bosilib chiqdi. 1883-yilda «Toshkentda toshbosmada birinchi marta So'fi Olloyorning «Kitobi sabotul ojizin»i bosilib chiqdi. Shu davrdan boshlab o'zbek va tojik tillaridagi kitoblar asosan toshbosmada chiqadigan bo'ldi. Turkiston xalqlari hayotida toshbosma katta rol o'ynadi. «Turkestanskiye vedomosti» gazetasining o'zbekcha va qozoqcha ilovalari 1883-yilda «Turkiston viloyatining gazeti» nomi ostida mustaqil chiqarila boshladi. 1898-yilda Toshkentda «Russkiy Turkestan», 1904-yildan boshlab Samarqandda «Samarqand» gazetalarini chiqarish yo'lga qo'yildi.

1905-yildagi inqilobiy to'lqinlarning ta'sirida «Russkiy Turkestan» va «Samarqand» gazetalarining rahbarligi bol-sheviklar qo'liga o'tib ketdi. Podsho hukumati bu gazetalar faoliyatini taqiqlab qo'ygach ular o'z nomlarini o'zgartirib : «Tur-kiston», «Vperyod» «Russkiy Turkistan»), «Zaravshan», «Novoy Samarqand», «Russkiy Samarqand» («Samarqand») nomlari ostida chiqarila boshlaydi. 1906-yilga kelib bu gazetalarni chop etish umuman taqiqlab qo'yiladi.

XX asrning boshlariga kelib mahalliy milliy matbuotni yo'lga qo'yish borasidagi say-harakatlar ijobiy yakunlanadi. 1906-yilda Toshkentda birinchi marta o'zbek tilida «Taraqqiy» gazetasi chiqariladi. Bu o'zbek milliy matbuotining ilk debochasi sifatida tarixga kiradi. Shundan so'ng birin-ketin, yangi-yangi matbuot organlari vujudga kela boshlaydi. Toshkentda «Sadoi Turkiston» gazetasi jadidlar tomonidan chiqara boshlaydi.

Rus demokratlari va jadidlar 1916-yil 1-iyuldan Andijonda «Turkestanskiy golos» gazetasini chiqara boshlaydilar. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida mustamlaka Turkistonda har qanday og'ir muhit sharoitida bo'lsada ijtimo-iy fan sohasida va badiiy ijodda qalam tebratgan, o'z xalqining dard-u hasrati bilan kuyib yongan va uning kelajak istiqboliga so'zsiz ishongan dono mutafakkir va yozuvchi shoirlar bo'ladi. Bu davrda tarix, badiiy ijod bobida asarlar yozgan adiblarning aksariyati mahalliy boylar, amaldor to'ralarning o'tkazgan zulmkorlik siyosatlaridan to'yib ado bo'lgan va Turkistonni o'z mustamlakasiga aylantirgan chor ma'murlaridan umid va najot kutgan xalq ommasining intilishlari, ezgu niyatlarini tarannum etdi. Ammo ular intilgan narsa quruq, amalga oshmaydigan orzu sarob edi. Shunday bo'ldi ham, xalq orasidan yetishib chiqqan ijodkor farzandlar tez orada buni tushinib yeta boshlaydilar, ha-yot maktabi tobora ularning ko'zini ochib boradi.




Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish