Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
bet79/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

1 Эгамназаров Алиназар. Сиз билган Дукчи Эпгон. XyKKcaTni i^cca. «niapK» HampueT-MaT6aa KoHqepmnaiHr Bom TaxpupuHTU. TomKeHT, 1994.75-76-бeтлap.

2 Шамсутдинов Рустам. «Дукчи Эпкш вoкeacидaн суш». Т., «niapK юл-дузи», 1991, 6-coH.200-6eT.

Sud hukmi bilan 362 kishi otib o'ldirilgan, 341 kishi turli muddat bilan qamalgan. 16 kishi oilasi bilan uzoq va dahshat-li Sibirga surgun qilingan. Qo'zg'olon markazi Mingtepa, Tojik, Qashqar qishloqlari uch kun davomida tinimsiz to'pga tutilib kultepaga aylantirilgan. Sudsiz, so'roqsiz o'zboshimchalik bilan yondirilgan qishloqlar, qirib yuborilgan gunohsiz fuqarolar bu hisobga kirmaydi.

«Hozir Marhamatda yashayotgan keksalarning hikoya qilishlaricha, deb yozadi Alinazar Egamnazarov o'zining yuqorida tilga olingan maqolasida, - ertasi Andijonga qo'shimcha har-biy kuchlar kelgach, ishga kirishib, O'qchi qishlog'igacha borib, yo'lda uchragan erkakni otishgan. O'qchida bir ayolning voyaga yetgan to'rt o'g'li bo'larkan. Chor askarlari shu to'rt aka-ukaning hammasini otib tashlashgan. Ona sho'rlik bu fojiani ko'tara olmay jinni bo'lib qolgan»1.

Chor ma'murlari qo'zg'olonni bostirishda va isyonchilarni ushlashda xizmat qilgan harbiylar, millat va yurtni malaylarga sotgan mahalliy millat vakillarini taqdirlashni ham unutmadilar. Qo'zg'olon bo'lishi haqida O'sh uyezdi boshlig'ini o'z vaqtida ogohlantirgan Qorabek Hasanov Oltin medal va yiliga 300 so'm-dan bir umrlik nafaqa bilan taqdirlanadi. Muhammadali Xalfani ushlashda jonbozlik ko'rsatgan Izboskan noibi, shtab-kapitan Og'abekov 4-daraja Muqaddas Vladimir ordeni bilan, uning yigitlari Yoqub Ibrohim o'g'li, Musa Masodiq o'g'li «Jasurligi uchun» yozuvi bo'lgan, ko'krakda Georgiy lentasi qadab taqib yuriladigan kumush medal va yuz so'mdan pul bilan podporuchik Karcheladze 4-daraja Muqaddas Vladimir ordeni va qilich bilan mukofotlandilar. Andijon harbiy garnizoni boshlig'i Mixaylov podpolkovnik edi, polkovnik bo'ldi. Oddiy askarlaridan ham o'n kishi taqdirlanadi.

Ayniqsa, Dukchi Eshonni ushlab berganlarga katta muruvvat ko'rsatiladi. Muhammadali xalfa hozirgi Jalolobod viloyati Bozorqo'rg'on tumani hududida joylashgan Arslonbob yo'lida Chorbog' qishlog'ida Qodirqo'l mingboshi va qo'rboshi Matyoqub tomonidan hiyla nayrang bilan ushlab beriladi.

O'shanda Dukchi Eshon bu millat xoinlariga qarata «Ik-koving o'lar vaqtda jinni bo'lib o'lgin. Bizni rusga tutib bergan qo'llaring bilan o'zingni tishlab o'lgin» debgan edi. Matyoqub besh oy o'tmasdanoq vafot etgan.


1 Эгамназаров Алиназар. Сиз билган Дукчи Эшон. XyxGKaTnrn irecca. «IHapK» нaшpиёт-мaтбaa кoнцepнининг Boni Taxprepierra. Тoшкeнт, 1994. 11-бeт.

1889-yil 12-iyunda Harbiy gubernator, general-mayor Sik-lovskiyning raportida shunday deyilgan: «Andijon uyezdining Qo'qon qishlog'ida yashovchi, o'tgan yili ming tepalik Eshonni qo'lga tushirganligi uchun mazkur uyezdning Mayg'ir bo'limi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlangan Matyoqub Madrahimov besh oy xizmat qilgandan keyin, 1898-yil 14-noyabrda qazo qi-ladi. Uning xotini va ikki bolasining yashash uchun hech narsasi qolmadi. Shuning uchun uning xizmatlarini, oilasining o'ta qashshoqlanib qolganligini inobatga olib, siz janobi oliylariga iltimos qilamanki, o'z tasarrufingizdagi mablag' hisobidan bu bevaga pul nafaqasi tayinlash mumkin, deb hisoblay olasizmi? Yana shuni qo'shimcha qilib aytamanki, men Madrahimovaga favqulodda hollar uchun mablag'idan 25 so'm berdim».

Andijon uyezdi boshlig'i ma'lumotiga qaraganda, Matyoqub Madrahimovning bevasi moddiy jihatdan to'la ta'minlangan bo'lib, unga eridan 10 desyatina yer, uy jihozlari, 500 pudga yaqin guruch meros qoldirgani, marhumning ikki bolasi bo'lib, ulardan biri Qo'qon qishloq bo'limi boshqarmasida xizmat qilayotgani, Madrahimovaning moddiy muhtojligidan emas, balki marhum erining xizmatlari uchun unga 10 so'm miqdorida nafaqa to'lash zarurligi aytilgan. Andijon uyezdi, Farg'ona viloyati, Turkiston o'lkasi mustamlakachi ma'murlari, amaldorlari, hatto Rossiya saltanati harbiy vaziri shaxsan imperatorning o'zi Matyoqub Madrahimov oilasiga 5 yil muddat bilan har yilda 50 so'mdan nafaqa tayinladi. Bu bilan mustamlakachilar «Farg'ona aholisining ko'z oldida rus ma'muriyati o'ziga sodiq odamlarning xizmatini munosib taqdirlab borishlarini» isbotlamoqchi bo'ladi1.

Qo'zg'olon shafqatsizlarcha bostirilgach, o'lkaga Rusiyadan ko'plab rus oilalarini ko'chirish siyosati yanada kuchayadi. Tur-kiston general-gubernatori Duxovskiy podsho Nikolay II ga yo'llagan xatida: «Qo'zg'olonchilar bizning uyquda yotgan 22 sol datimizni o'ldirganliklari uchun buning xuniga isyonchilardan 22000 kishiga o'lim jazosi berilib, 300 kishi qatorgaga hukm eti-ladi. Qo'zg'olonchilar rahbari yashagan joy tep-tekis qilinib, u yerga 200 oilali rus qishlog'i qurildi», degan edi. Xuddi shuning-dek Andijon shahri atrofidagi Xakand, Xartum qishloqlaridan ham yerli aholi ko'chirilib, ularning yerlari rus oilalariga beriladi. Bu yerlar faqat 1925-26-yillardagina o'z egalariga qaytarib beri-


1 Шамсутдинов Рустам. «Дукчи Эшон BoRea^^a!! сунг». - «IHapK юлду-зи», 1991, 1-тон.

ladi.

Xullas, ota-bobo avlod-ajdodlarimiz chor Rusiyasi mus-tamlakachilik zulmi sharoitida ham erksevar xalqimizning tari-xiy an'analarini muqaddas saqlab davom ettirdilar va kelgindi bosqinchiga qarshi qonuniy va adolatli kurash olib borganlar.



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish