Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
bet78/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

«Harbiy vazirlik Bosh shtabi Osiyo qismi

1898-yil 21-may, 25724-son

Turkiston Bosh gubernatori va Turkiston harbiy okru-gi qo'shinlari qo'mondoniga general-leytenant Korolkov 18-mayda yuborgan, «Siz janobi oliylariga ma'lum bo'lgan oshig'ich telegramma asosida podsho hazratlariga berilgan axborotdan so'ng oliy hazratlari 21-mayda general-leytenant Korolkov ko'rsatmalarini ma'qullab, Siz janobi oliylariga quyidagilarni bu-yurishimni amr qiladilar:



  1. Siz janobi oliylari hoziroq xizmat joyiga jo'nab keting.

  2. General-leytenant Korolkov Farg'onaga jo'nab ketsin va rus qo'shinlariga hujum qilishga yo'l qo'ygan shaxslarni tergov qilsin, mahalliy aholi va amaldorlar qay darajada aybdorligini, qo'shinlar o'zlarini qanday tutganliklarini aniqlasin.

  3. Farg'ona harbiy gubernatori general-leytenant Povalo Shvi-kovskiy va Andijon uyezdi boshlig'i egallab turgan vazifalaridan chetlatilsinlar.

  4. 1-Turkiston muntazam brigadasi boshlig'i, general-mayor Ionov Farg'onaga yuborilsin va uning zimmasiga viloyatda joy-lashgan qo'shinlarga vaqtinchalik qo'mondonlik qilish vazifasi yuklatilsin; shuningdek bizning lagerimizga hujum qilishga aybdor bo'lganlarni ushlashga va mabodo yangi guruhlar paydo bo'lgudek bo'lsa, ularga qarshi kurashga jalb etiladigan harbiy qismlarni ham boshqarsin.

5) General Ionov ixtiyoriga Samarqanddan Farg'onaga
2-Ural kazak polkining ikki sotnyasi shu polk komandiri polkov-
nik Jigalik rahbarligida jo'natilsin.

6) Pomir posti tarkibi mustahkamlansin.



  1. Tog'larda va viloyatlarda g'alayonlar bo'lgudek bo'lsa, tadbirlar belgilansin.

  2. Tegishli rahbar shaxslarga ko'rsatib o'tilsinki, qo'sinlari-mizga hujum qilishda aybdor bo'lganlar namunali tarzda saf-qatsizlik bilan jazolansinlar, bunda Turkiston okrugi qo'sinlari -ning vaqtinchalik qo'mondonligiga dala sudi hukmlarini tasdiqlash huquqi berilsin.




  1. Farg'ona harbiy gubernatori lavozimini vaqtinchalik bajarish uchun 2-Kaspiyorti o'qchi brigadasi boshlig'i general-mayor Chaykovskiy yangi Marg'ilonga yuborilsin. Samarqand shahri uyezdi boshlig'i polkovnik Chernyayevskiy va Toshkent shahar uyezdi boshlig'i podpolkovnik Krilov unga yordamchi etib tayinlansinlar.

  2. Generallar Ionov va Chaykovskiyga 600 so'mdan, pol-kovnik Chernyayevskiy va podpolkovnik Krilovga 300 so'mdan, Farg'onaga jo'natilayotgan ikki sotnya ofitserlari va polk komandirlariga yarim yillik maoshi hajmida yo'l puli berilsin.

Oliy hazratlarining yuqorida bayon qilingan amrlarini Siz janobi oliylariga ijro uchun ma'lum qilarkanman, Sizga yana shuni yetkazish sharafiga muyassarmanki, yuqorida tayinlangan shaxslarga va Ural polkining ikki sotnyasiga darhol jo'nab ketish haqida ko'rsatma berildi Harbiy vazirlik boshqaruvchisi general-leytenant Kuropatkin».

Podsho Nikolay II qo'zg'olonchilarni «namuna» bo'ladigan darajada qattiq jazolash uchun ko'rsatma berdi. Ana shu ko'rsatma asosida qo'zg'olonchilar ustidan olib borilgan sud jarayoni 3 oy davom etadi. Dastlab 447 kishi sud qilinadi va 800 ga yaqin kishi guvohlikka chaqiriladi. General-mayor Te-rentev raisligida o'tgan harbiy sud materiallari «Andijanskoe delo» 20 jildni tashkil qilgan. Ushbu sud ishi bo'yicha 380 kishi­ning ustidan sud hukmi chiqirilgan. Sud hukmida quyidagilarni o'qiymiz: «.. kuchli muhofaza to'g'risidagi qonunning 17, 18 va 31-moddalari asosida harbiy vaqt qonunlarini joriy etgan holda, jinoyatchilarni jazolash va axloqini tuzatish to'g'risidagi qonunlar to'plamining 249-moddasiga binoan harbiy sudga be-rilgan mingtepalik Eshon Muhammadali xalfa Muhammad Sobir o'g'li, 45 yoshda, Kulla bo'lisining sobiq boshlig'i G'oyibnazar Ortiqxo'ja o'g'li (Ortiq so'fi o'g'li deyish ham mumkin), 45 yoshda, turklar: Subxonqul Arabboyev 52 yoshda va Bo'taboy G'aynoboyev 36 yoshda, sartlar: Rustambek Sotiboldibek o'g'li 33 yoshda va Mirzahamdam Usmonboyev 44 yoshda, ishini ko'rdi. Sud ishni qarab chiqib, sudlanganlarni quyidagi ishlarda aybdor deb topdi: 1) Muhammadali Eshon shunda ayblandiki, u o'lkada rus hokimiyatini ag'darib tashlashni o'ylab o'lkadagi ko'pgina shaharlar va bo'lislar aholisini qurolli qo'zgolon ko'tarishga ko'ndirgan g'azovot (muqaddas urush) e'lon qilgan va o'zining bir guruh jinoyatchi sheriklari bilan ularga boshchilik qilib shu yil 18-mayga o'tar kechasi qo'lda qurol bilan Andijon shahridagi lagerda turgan 20-Turkiston asosiy-muntazam batalonning 4 va 5-rotalariga hujum qilgan; 2) G'oyibnazar shunda ayblanadiki, u Muhammadali Eshon bilan o'lkadagi rus hokimiyatiga qarshi qo'zg'olon ko'tarish va g'azovot e'lon qilish haqida til biriktirib, Kulla bo'limi boshlig'i lavozimida ishlayotganligidan foydalanib, do'q-po'pisa bilan boshqa ma­hal liy kishilarni bu ishda ishtirok etishga ko'ndirib, rejaning muvaffaqiyat qozonishiga ko'maklashgan, Andijon garnizoni lageriga hujum chog'ida jinoyatchilar guruhining bir qismiga boshchilik qilgan, guruh Kulla qishlog'idan jo'nashidan avval o'z uyida tunagan meshchan Safron Bishkovni o'ldirib, kallasini kesgan; 3) Subxonqul Arabboyev shunda ayblandiki, u o'lkada rus hokimiyatiga qarshi qo'zg'olon ko'tarish va g'azovot e'lon qi-lish to'g'risida Muhammadali Eshon bilan til biriktirib, Andijon garnizoni lageriga hujumda ishtirok etgan, bunda guruhning bir qismiga boshchilik qilgan; 4) Rustambek Sotiboldibek o'g'li shunda ayblandiki, u Muhammadali Eshonning fitnasida ishtirok etib, ko'mak berishni oldindan va'da qilgan va o'z do'konining Andijon garnizoni lageri yaqinida ekanidan foydalanib, lagerda to'satdan hujum qilingan paytda muvaffaqiyatni ta'minlaydigan ma'lumotlarni yetkazib bergan, bu hujumda shaxsan ishtirok etgan va boshqalarga boshchilik qilgan; 5) Mirzahamdam Us-monboyev shunda ayblanadiki, u Muhammadali Eshon bilan til biriktirib, Andijon lageriga hujumda shaxsan ishtirok etgan; 6) Bo'taboy G'aynaboyev shunda ayblanadiki, u o'sha Eshon bilan til biriktirib, Andijon garnizoni lageriga hujum qilishda shaxsan ishtirok etgan.

Sud aybdor deb tan olingan sudlanuvchilar jinoiy xatti-harakatining xususiyatini aniqlashga va qonun bo'yicha jazo belgilashga kirishib, sudlangan olti jinoyatchining barchasi ji-noiy xatti-harakati jinoyatchilarni jazolash va axloqini tuzatish Qonunlar to'plamining 244-moddasida ko'zda tutilgan Oliy hokimiyatga qarshi til biriktirib, qo'zg'olon qilishdan iboratdir va shu bois, barcha mol-mulkidan mahrum etilib, o'lim jazosi beriladi. Sudlanganlar kuchli muhofaza to'g'risidagi Qonunning 17-moddasi asosida, harbiy vaqt qonunlarini joriy etgan holda (ji-noyatning oldini olish va tugatish to'g'risidagi Ustavning I modda, I kodeksiga ilova) sudga berilganliklari uchun Harbiy qonunlar to'plamining 1869-yildagi 2-nashrining XXII kitob 10-moddasiga binoan sud jami sudlanganlarga o'lim jazosi berib, ularning barchasiga bu jazoning osib o'ldiriladigan turini belgilaydi. Bar-cha bayon qilinganlar asosida sud qaror qiladi: sudlangan Eshon Muhammadali, G'oyibnazar Ortiq xo'ja o'g'li (Ortiq so'fi o'g'li deyish ham mumkin), Subxonqul Arabboyev, Rustambek Sotib-oldibek o'g'li, Bo'taboy G'aynaboyev va Mirzahamdam Usmon-boyev Oliy hokimiyatga qarshi qo'zg'olon ko'targanliklari uchun barcha mol-mulklaridan mahrum etilib, oltovi ham osib o'ldirilsinlar.

Ish bo'yicha ashyoviy dalillar: 1) g'azavotning qon sachragan yashil bayrog'i; 2) tayoqdagi qizil nishon; 3) sudlangan va ularning barcha sheriklaridan tortib olingan qurollar musodara qilinsin; qolgan ashyoviy dalillar quyidagilar: muqaddas urush haqidagi shartnoma, qurollar va boshqalar tergov tugagunga qadar ishda qoldirilsin.

Harbiy sud Ustavining 1128-1155-moddalariga binoan, sud xarajatlari barcha sudlanganlardan teng miqdorda undiril-sin, mabodo ularning bunga qurbi kelmagan sharoitda xazina

hisobidan to'lansin. 20-Turkiston asosiy-muntazam batalonining 22 nafar o'ldirilgan harbiylari oilalari zarari, boquvchisidan ayrilgan har bir oilaga yiliga 200 so'm hajmida, yillik daromaddan 4 foizini kapitalga aylantirib, bir paytda har bir oilaga 5000 so'mdan Harbiy qonunlar to'plamining 1868-yildagi 2-nashrining

8 - Vatan tarixi, 2.

XXII kitob, 62-modda, I-bandiga asosan sud qilinganlar va ularning merosxo'ridan undirilsin1.

Turkiston Bosh harbiy gubernatori Duxovskiy qo'zg'olonning asosiy aybdorlari osib o'ldirilgach, shahar qal'asi ichiga ko'milsin va ustiga hojatxona qurilsin, deb buyruq bergan. Oxirgi paytda bu qaror o'zgargan. Dorlar qurilgan maydon ancha notekis edi. Qo'zg'olonchilar shu yerga ko'milib, ustidan so'ndirilmagan ohak, keyin tuproq tortilgan. So'ng qatl etilganlar qayerga ko'milganligi bilinmasligi uchun butun maydon tekislab yuborilgan.

General Duxovskiy Andijonga kelganida uni vokzal maydonida 10 ming kishiga yaqin aholi yer uzra bosh egib kutib olishga majbur bo'lgan. Shunda general uyezd boshlig'idan, nega bu odamlar yuzini yerga qaratib, egilib turibdi, deganida uyezd boshlig'i unga: «Oliy hazratlari, bu avom xalq Rossiya hukumati oldida yuzi qora, gunohlariga iqror bo'lib, qo'l qovushtirib, bosh egib turibdi», deb javob qilgan. Non-tuz bilan turgan bir gu-ruh yahudiy va armanilar bilan salomlashib, general Duxovskiy izvoshga o'tirib qarorgohga qarab yo'l oladi. Bunday xo'rlanish aholining qalbi va ongida kuchli jarohat bo'lib saqlanib qolgan edi. Hatto, 1925-yil O'zbekiston SSR Sovetlarining 1-qurultoyida 1898-yilgi o'sha mudhish xo'rlanishni esga olgan edi:

«...Farg'ona yaqin kunlarda ham nihoyatda og'ir kunlarni boshidan kechirdi. 1898-yilda jafokash Farg'ona xalqi uch kun mobaynida boshini yer qadar egib tiz cho'kib turishga mahkum etildi, sababi, bu yerga oq podshoning amaldorlaridan biri gene­ral kelgan edi»2.



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish