Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

Ulug‘bek rasadhonasi.


X bob. XIV asm ing ikkinchi yarmi -  XV asrda M ovarounnahr va

X urosonda m adaniy hayot

443

adiblar,  muarrihlar,  xattotlar,  m usaw irlar,  geograflar  bor  edi. 



Xususan,  falakiyot  va  matematika  sohalari  olimlari  sharafliroq  va 

obro‘liroq  hisoblanganlar.  Ayniqsa,  bu  borada  Ulug‘bek  Qozizoda 

Rumiy,  G ‘iyosiddin  Jamshid  Koshiy,  U lug‘bekning  sodiq  shogirdi 

Ali  Qushchi,  Mavlono  Muhammad  Havofiylar  eng  salobatli  va 

nufuzli bo‘lganlar.

U lug‘bek  madrasasi  darsxonalarida  o ‘quv  m ashg‘ulotlarining 

boshlanishi  1420-yilga  to ‘g ‘ri  keladi.  Vosifiyning  bergan  m a’lu- 

motlariga  qaraganda  madrasaning  birinchi  mudarrisligiga  Mav­

lono  Muhammad  Havofiy  tayinlangan.  Madrasa  bitishga  yaqin 

qolganda  qurilishda  mehnat  qilayotganlar  bu  yerga  tashrif buyurgan. 

U lug‘bekdan  kim  madrasaga  mudarris  etib  tayinlanadi,  deb 

so‘rashgan.  Savolga javoban  U lug‘bek  mudarrislikka  barcha  ilmlar- 

dan xabardor kishini  topajakligini  aytadi.  Shunda  oddiy xizmatkorlar 

qatorida  gishtlar  orasida  eski  kiyimda  o ‘tirgan  Mavlono  Muhammad 

bu  lavozimga  men  munosibman,  deb  o ‘zini  tanishtiradi.  Ulug‘bek 

Mavlono  Muhammadni  imtihon  qiladi.  Mavlono  Muhammadning 

javoblaridan to ‘la qoniqish hosil qilgan Ulug‘bek uni hammomga olib 

borib  yuvintirib,  kiyintirishga  farmon  beradi.  Madrasa  ochilishidagi 

birinchi  m a’ruzani  Mavlono  Muhammad  o ‘qiydi.  M a’ruzaning 

mohiyati  shu  qadar  ilmiy  va  murakkab  b o ‘lganki,  uni  hozir  bo‘lgan 

90  olimdan  faqat  Mirzo  Ulug‘bek  bilan  Qozizoda  Rumiy  tushungan, 

xolos.


Madrasada  ilohiyot  ilmlaridan  (Q ur’on,  hadis,  tafsir.)  tashqari, 

riyoziyot  (matematika),  xandasa  (geometriya),  ilmi  xay’at  (fala- 

kiyotshunoslik),  tibbiyot  (meditsina),  tarix,  geografiya,  ilmi  aruz 

(poeziya)  singari dunyoviy ilmlar ham o ‘qitilgan.

Mirzo  Ulug‘bekning  avlodlariga  qoldirgan  ilmiy  merosi  — 

asarlariga kelsak ular  son jihatidan  ko‘p  emas.  Ulaming  eng  asosiysi 

«Zij»i  bo‘lib,  bu  asar  «Ziji  Ulug‘bek»,  «Ziji  K o‘ragoniy»  nomlari 

bilan  mashhur.  Undan  tashqari  U lug‘bek  matematikaga  oid  «Bir 

daraja  sinusni  aniqlash  haqida  risola»,  falakiyotshunoslikka  oid 

«Risolai Ulug'bek» (yagona nusxasi Hindistonda, Aligarx universiteti 

kutubxonasida  saqdanadi),  tarix  ilmiga  bag‘ishlangan  «Tarixi  arba’ 

ulus»  («To‘rt  ulus  tarixi»)  va  musiqiy  ilmlami  o ‘z  ichiga  olgan 

«Risolai’  dar  ilmi  musiqa»  («Musiqa  ilmi  haqida  risola»)  kabi 

risolalarini yozgan.

U lug‘bek  «Ziji»  o ‘zining  tarkibiga  ko‘ra,  V III-X I  asrlarda 

boshlangan  falakiyot  ilmiga  oid  an’anani  davom  ettirgan  bo‘Isa-




444

V ATAN  T A R IX I

da,  uning  ilmiy  saviyasi  va  pog‘onasi  ilgarigi  «Zij»lardan  ancha 

yuqori  b o ‘lgan.  Bu  asar  kirish  qism,  muqaddima  va  to ‘rt  maqoladan 

iborat.  Ulug‘bek  asaming  kirish  qismida  Q ur’ondan  oyatlar 

keltirib,  falakiyotga  oid  kuzatishlaming  zarurligini  nazariy  jihatdan 

asoslamoqchi bo‘ladi.

«Zij»ning  birinchi  kitobi  yetti  bobdan  iborat  bo‘lib,  u  eralar  va 

kalendarlar masalalariga bag‘ishlangan.

Ikkinchi  kitob  22  bobdan  iborat.  Unda  matematika  va  sferik 

falakiyotshunoslik  muammolari  ustida  so‘z  boradi.  Undan  tashqari 

ana  shu  ikkinchi  kitobda  va  uchinchi  kitobda  sinuslar  va  tangenslar 

jadvallari  keltiriladi.  Kitobning  to ‘rtinchi  bobida  Ulug‘bek  eklep- 

tikaning  (falakul  buruj  osmon  ekvatoriga  og‘ish  burchagining) 

miqdorini keltiradi.

«Zij»ning  uchinchi  kitobi  13  bobdan  iborat  b o ‘lib,  faqat 

falakiyotshunoslik  masalalariga  bag‘ishlangan.  Bunda  Quyosh,  Oy 

va besh  sayyoraning harakatlari haqida so‘z boradi.

U lug‘bek  asarining  oxirgi  —   to ‘rtinchi  kitobi  ikki  bobdan 

iborat  b o ‘lib,  u  asosan  ilmi  nujumga  bag‘ishlangan.  Tarixchi  olim 

Abdulahad  Muhammadjonov  Ulug‘bek jadvallari  to ‘g ‘risida  bunday 

deb  yozadi:  «Ulug‘bekning  astronomik  jadvali  o ‘sha  zamondagi 

shunga  o ‘xshash  jadvallar  orasida  yuksak  darajada  aniqligi  bilan 

ajralib  turadi.  Masalan,  falak  alburj  tekisligining  xatti  istivoga 

og‘maligi  Ulug‘bek jadvalida  23  daraja,  30  daqiqa,  17  soniyaga  teng 

bo‘lib,  hozirgi  hisob  b o ‘yicha  u  23  daraja,  30  daqiqa,  va 49  soniyani 

tashkil  etadi.  Bu  ikki  raqam  o ‘rtasidagi  tafovut  hammasi  bo‘lib, 

minus  32  soniyaga teng,  xolos.  Shunindek,  Ulug‘bekning yil hisobini 

hozirgi  aniq  hisob-kitoblarga  solishtirgudek  b o ‘lsak  u  bor-yo‘g ‘i  1 

daqiqa-yu  2  soniyaga  farq  qiladi.  Bular  XV  asr uchun  g ‘oyat yuksak 

aniqlik b o ‘lib,  hozirgi  zamon o‘lchovlariga juda yaqindir»1.

U lug‘bekning  «Risolai  U lug‘bek»  asari  hali  o ‘rganilmagan. 

Bu  noyob  asaming  o ‘rganilishi  Ulug‘bek  ijodining  yangi  qirralarini 

ochishga yordam beradi.  Buyuk  olimning  «Tarixi  arba’  ulus»  («To‘rt 

ulus  tarixi»)  asarida  turklaming  avlod-ajdodlari,  m o‘g ‘ul  qabilalari 

hamda  Chingizxon vafotidan keyin  tashkil  topgan  Ulug‘  yurt,  Jo ‘chi, 

Chigatoy va Elxoniylar ulusining tarixi berilgan.

U lug‘bek  akademiyasining  ko‘zga  ko‘ringan  namoyandalaridan 

biri  G ‘iyosiddin  Jamshiddir.  «Ulug‘bek  bilan  hamnafas  ijod  qilgan

Му.^аммаджонов  А.  Улугбек  академияси.  «Узбекистан  адабиёти  ва  санъати»,  1993. 

29 январь.



X bob.  XIV asrning ikkinchi yarmi -  XV asrda M ovarounnahr va

X urosonda m adaniy hayot

445

Jamshid  «Ziji  xoqoniy»,  «Bog‘lar  sayri»  va  «Osmon  narvoni», 



matematikaga  bag‘ishlangan  «Xorda  va  sinuslar  haqida  risola», 

«Hisob kaliti» va «Doira haqida risola»  asarlarini yozgan.

Mirzo  Ulug‘bekning  yana  bir  safdoshi  Qozizoda  Rumiydir. 

U lug‘bek  uni  ustozim  deb  e’zozlaydi.  Zero,  Rumiy  1360-yilga 

yaqin  tug‘ilgan  bo‘lib,  20-25  yoshlar  atrofida,  y a’ni  Ulug‘bek 

tug‘ilmasdan  ilgari  Samarqandga kelgan va Temur safiga o ‘tgan.  Shu 

bois Ulug‘bek Qozizoda Rumiy,  Mavlono Ahmad kabi zamonasining 

buyuk  falakiyotshunoslari  ta’sirida  shakllanadi  va  uning  bu  fanlarga 

qiziqishi  ortib boradi.

Ulug‘bek  akademiyasining  iste’dodli  vakillaridan  yana  biri 

U lug‘bekning  ishonchli  va  sodiq  shogirdi  Ali  Qushchidir  (1403­

1474).  Ulug‘bek Ali  Qushchi  Samarqandiyni  o ‘z o ‘g ‘illari  Abdullatif 

va  Abdulazizlardan  azizroq  va  qadrliroq  hisoblar  va  uni  «farzandi 

anjumand»  der  edi.  Ali  Qushchi  zamonasining  Ptolomeyi  deb  nom 

olgan.  Uning  falakiyot,  arifmetika  va  algebraga  oid  oltita  asari  bor. 

Ali  Qushchi  falsafa  ilmining  katta  bilimdoni  bo‘lib,  butun  dunyo 

moddiy zarrachalardan tashkil topgan deb hisoblaydi.

1449-yilda  Ulug‘bekning  fojeali  o ‘limidan  so‘ng  u  tuzgan 

akademiya  ham  tarqalib  ketadi.  Ali  Qushchi  yana  Samarqanddan 

Tabrizga  boradi,  u  yerdan  1473-yilni  Istanbulga  o ‘tadi.  Turkiya 

sultoni  Muhammad  Fotih  uni  katta  hurmat  bilan  qarshi  oladi.  Ali 

Qushchini  As-Sofiya  madrasasiga  bosh  mudarris  etib  tayinlaydi.  Ali 

Qushchi  bu  yerda  rasadxona  qurdiradi,  «Zij»ini  Turkiyada  tarqatadi. 

Turkiya  orqali  «Zij»  Yevropaga  tarqaladi.  Bugungi  kunda  «Zij»ning 

dunyoda  120 ga yaqin forsiy va  15  dan ortiq arabiy nusxalari mavjud.

Ulug‘  olim  Ali  Qushchi  1474-yil  17-dekabrda  olamdan  o ‘tadi. 

Uning qabri Ayyub  Sulton qabristonidadir.

Shunday  qilib  Mirzo  Ulug‘bek  jahon  fani  va  madaniyati 

taraqqiyotiga buyuk hissa qo‘shadi.  Tarixchi olim Bo‘riboy Ahmedov 

aytganidek,  Mirzo  Ulug‘bek  «...tirikligidayoq  o ‘ziga  haykal  o ‘matib 

ketdi»1.  Ulug‘bek  «Zij»i  buyuk  bir  falakiyotshunoslikka  oid  asar 

b o ‘lib,  u  o ‘rta  asrlarda  va  undan  ancha  key in  ham  Hindistondan  to 

Atlantika  okeanigacha  bo‘lgan  hududda  falakiyotshunoslikning 

rivojlanishiga  ulkan  ta’sir  ko‘rsatadi.  U lug‘bek  to ‘g ‘risida  uning 

zamondoshi Abdurazzoq Samarqandiy:

— Chun  Ulug ‘mirzo  har ilmi handasa,


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish