Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

А т ш ер Навоий.

  Тошкент. «Камалак»,  1991,  17-бет.

15 — Vatan tarixi  1



4 5 0

VATAN  T A R IX I

bo ‘lgan.  Bundan  tashqari  Xondamir  Badiuzzamonning  topshirig‘iga 

binoan  Shayboniyxonga  qarshi  ittifoqni  tashkil  etish  maqsadida 

Qandahor  hokimi  huzuriga  ham  jo ‘natilgan.  Ammo  Badiuzzamon 

qizining  to ‘satdan  vafot  etishi  bu  safar  rejasiga  to ‘sqinlik  qiladi  va 

Xondamir  Hirotga  qaytadi.  U  1506-yilda  Shayboniyxon  tomonidan 

Hirotning  egallanishining  shaxsan  ishtirokchisi  bo‘lgan  va  Hirotni 

topshirishda shartlar ishlab chiqishda bevosita qatnashgan.

Temuriylar sulolasining  qizg‘in  himoyachisi  va tarafdori b o ‘lgan 

Xondamir  Shayboniyxon  hukmronligi  o ‘matilgan  Hirotda  qola 

olmas  edi.  1507—1510-yillarda  u  Shimoliy  A fg‘onistonda joylashgan 

Basht  qishlogida  badiiy  ijod  bilan  shug‘ullanadi.  Hirotni  safaviylar 

sulolasidan  b o ‘lgan  Shoh  Ismoil  egallagach  (1510),  Xondamir 

Hirotga qaytib  keladi.  Shoh  Ismoil  vafotidan  so‘ng (1527)  u butunlay 

Hirotdan  ketadi  va  Qandahorga,  u  yerdan  Hindistonga —   Zahiriddin 

Muhammad Bobur huzuriga (1528) boradi.

Xondamir  Agrada  Bobuming  eng  yaqin  odamlari  qatoridan 

joy  oladi  va  uning  1529-yilda  Bengaliya  va  Gang  daryosi  sohillari 

bo‘ylab  uyushtirgan  harbiy  yurishlarida  qatnashadi.  Bobur  vafo- 

ti  (1530)dan  so‘ng  uning  o ‘g ‘li  Humoyun  xizmatida  bo‘ladi 

(1530-1556).  Xondamir  Humoyun  saroyida  b o ‘lgan  chog‘ida 

«Humoyunnoma»  asarini  yozadi  va  bu  xizmatlari  evaziga  u  «Amir 

al-muarrixin»  («Tarixchilar  amiri»)  unvonini  oladi.  1534-yilda 

Xondamir Humoyun bilan  Manduga  qaytib  kelayotganda vafot  etadi. 

Xondamiming  o ‘z  vasiyatiga binoan  Dehlidagi  mashhur qabristonga, 

Nizomiddin Avliyo va Xusrav  Dehlaviylar yoniga dafn etiladi.

Sharqshunos  olima  D.Y.Yusupovaning  m a’lumotlariga  qaragan- 

da  tarixchi  olim  Xondamir  o ‘zining  63  yillik  umri  davomida 

taxminan  o‘n  uchta  asar  yozgan  b o ‘lib,  ulardan  bizgacha  sakkiztasi 

yetib  kelgan.  Bular  quyidagilardir:  «M a’osir  ul-muluk»  («Hamasr 

podshohlarining  tarixi».  U  Alisher  Navoiyning  iltimosiga  ko‘ra  va 

unga  minnatdorchilik  izhor  etish  tariqasida  904-(1498-1499)  yilda 

yozilgan.  Bu  asar  podshoh  hamda  qadimgi  donishmandlaming 

xayrli  ishlari  haqida  aytilgan  hikmatnoma  gaplami  o ‘z  ichiga 

oladi.  Jumladan,  Qayumarsdan  Anushiravongacha,  Odam  Atodan 

Buzurgmehrgacha bo‘lgan hamda Muhammad Payg‘ambar va  imom- 

lar  haqida  bitilgan  naqllardan  iborat.  So‘ngra  m uallif  ummaviylar, 

abbosiylar,  somoniylar,  g ‘aznaviylar  va  boshqa  sulolalarga  tegishli 

hukmdorlar  tarixi  va  shular  qatorida  Qurd  podshohlari  va  turk 

xoqonlari  tarixini  yoritgan.  Asaming  oxirgi  qismida Husayn Boyqaro



X  bob. XIV asm ing ikkinchi yarmi -  XV asrda M ovarounnahr va

X urosonda madaniy hayot

451

va  Alisher  Navoiyga  zamondosh  bo‘lgan  hukmdorlar,  olimlar  va 



donishmandlar haqida m a’lumotlar yoritilgan.

«Xulosat  ul-axbor  fi  bayon  ul-ahvol  ul-ahyor»  («Xayrli  kishilar 

ahvolini  bayon  etish  borasida  xabarlar  xulosasi»)  904-(1498  1499) 

va  905-(1499-1500)  yillar  orasida  yozilgan  va  Alisher  Navoiyga 

bag‘ishlangan  asar.  Unda  Husayn  Boyqaro  va  Alisher  Navoiy 

zamonida  Hirot  va  uning  atroflarida  olib  borilgan  ulkan  qurilishlar 

(madrasalar,  hammomlar,  rabotlar,  bog‘lar,  ko‘priklar  va  boshqalar), 

shuningdek,  o ‘sha  zamonda  o ‘tgan  shoirlar,  olimlar,  donishmandlar, 

san’atkorlar haqida qimmatli m a’lumotlar bor.

«Makorim  ul-ahloq»  («Oliyjanob  xulqlar»)  asari  Alisher  Na­

voiyga  minnatdorchilik  ramzida  yozilgan,  lekin  Navoiy  vafot  etib, 

Xondamir  unga  kitobni  taqdim  etishga  ulgurmaydi.  Unda  olim 

Navoiyning  yuksak  insoniy  fazilatlari,  oliyjanob  axloqyi  asarlari, 

uning  tashabbusi  bilan  qurilgan  binolar,  shoiming  zamondoshlari 

b o ‘lgan  shoir,  olim va  fozil  kishilar,  shuningdek,  Xurosonning  o ‘sha 

davrdagi  ijtimoiy-siyosiy  ahvoli,  Navoiy  bilan  Husayn  Boyqaro 

orasidagi munosabatlar xususida hikoya qiladi.

«Dastur  al-vuzaro»  («Vazirlar  uchun  qo‘llanma»)  Alisher 

Navoiy  iltimosiga  muvofiq  9 0 6 -(l500-1501)  yilda  yozilgan.  Husayn 

Boyqaro va uning vaziri  Amir Kamoliddin Mahmudga bag‘ishlangan 

asar.  Oradan  to ‘qqiz  yil  o ‘tgach,  916-( 1509)  yili  qayta  ishlangan  va 

kengaytirilgan.  Unda  Sharq  mamlakatlarining  V II-X V I  asrlardagi 

tarixi,  jumladan,  Movarounnahr  va  Xurosonda  temuriylar  sulolasi 

inqiroziga  qadar  o ‘tgan  vazirlar,  Chingizxonning  vaziri,  keyinroq 

m o‘g ‘ullaming  Xitoydagi  noibi,  xorazmlik  Mahmud  Yalavach 

hamda  uning  o ‘g ‘li  Chig‘atoy  xonlarining  Movarounnahrdagi  vaziri 

M as’udbek to‘g ‘risida m a’lumotlar bor.

«Noman nomi»  («Atoqli nomalar»)da 928-(l 521—1522)  yilgacha 

kechgan  voqealar  bayon  qilinadi.  Bunday  asar  929-(1523)  yilgacha 

yozilgan  deyish  mumkin.  Boshqa  nomlari  «Insho-i  G ‘iyosiddin» 

yoki  «Insho-i  G ‘iyosiy».  Kitob  insho  ilmiga  oid,  («statistika:  turli 

maktub  va  farmonlami  yozish  qoidalarini  o ‘rgatuvchi  fan»)  Sharq 

mamlakatlarida  o ‘tgan  turli  tabaqadagi  tarixiy  shaxslarga  (shohlar, 

amirlar,  sadrlar,  qozilar,  shayxlar,  shoirlar)  mansub  maktublar 

namunalarini  o ‘z  ichiga  oladi.  Unda  yana  podsho  va  xonlaming 

yorliq  hamda  farmonlaridan  namunalar  va  farmonlami  bitish 

tartiblari  ham  bayon  etilgan.  Asaming  qimmatligi  yana  shundaki, 

u  b a’zi  bir  muhim  mansablaming  (muhtasib,  parvonachi,  munshiy,




452

VATAN  T A R IX I

mustafiy,  ihtisob  (muhtasib),  qalantar,  mubashshir,  hofizlar)  kelib 

chiqishi  hamda  bunday  mansab  egalarining  haq-huquqlari,  vazifalari 

xususida m a’lumotlar beradi.

Manbadagi  m a’lumotlarga  ko‘ra,  Mirxondning  «Ravzat  us- 

safo  fi  siyrat  ul-anbiyo  val-muluk  val-xulafo»  («Xalifalar,  podsho- 

lar,  avliyolar  hayotiga  oid  musaffolik  bog‘i»)  nomli  asarining 

tugallanmay  qolgan  yettinchi  jildini  Xondamir  929-(1522-1523) 

yilda  yozib  tamomlagan.  Xondamiming  eng  yirik  asari  «Habib  us- 

siyar  fi  axbor  afrod  ul-bashar»  («Inson  zoti  xabarlari  va  do'stning 

tarjimai  holi»)dir.  Bu  asar  927-( 1520—1521)— 930-( 1523—1524) 

yillar  davomida  yozilgan  va  vazir  Karimuddin  Xoja  Habibulloh 

Sovajiyga  bag‘ishlangan.  Ushbu  asarda  qadim  zamonlardan  to 

1524-yilga  qadar  Sharq  mamlakatlari,  jumladan,  Eron,  A fg‘oniston, 

Iroq  va  0 ‘rta  Osiyo  mamlakatlarida  b o ‘lib  o ‘tgan  voqealar  hikoya 

qilingan.

Xondamiming  yana  bir  asari  —   «Humoyunnoma»dir  Bu  asar 

«Qonuni  Humoyun»  nomi  bilan  ham  mashhur  bo‘lib,  Hindis- 

ton  podshohi,  Bobuming  o ‘g ‘li  Humoyunga  bag‘ishlangan.  «Hu- 

moyunnoma»  941-(1534-1535)  yilda  yozib  tamomlangan.  Asarda 

Humoyun  podsholik  qilgan  davrda  Hindistonda  joriy  etilgan 

yangiliklar,  aholining  uch  tabaqaga,  hokimiyatning  esa  to ‘rt  idora 

usuliga  bo‘linishi  va  Humoyun  tomonidan  amalga  oshirilgan 

m e’morchilik  qurilishiga  oid  m a’lumotlar  o ‘rin  olgan.  Xondamir- 

ning  boshqa  beshta  asarining  faqat  nomlarigina  m a’lum.  xolos. 

Bular:  «Osor  ul-muluk  val-anbiyo»  («Podshoh  va  payg‘ambarlar 

haqida  hikoyalar»),  «Axbor  ul-ахуог»  («Yaxshi  insonlar  haqida 

xabarlar»),  «Muntahibi  tarixi  vassof»  («Vassof tarixidan  saylanma»), 

«Javohir  ul-axbor»  («Xabarlar  gavharlari»)  va  «G‘aroyib  ul- 

asror»  («Qiziqarli  sirlar»)dir.  Xondamir  o ‘z  zamonasining  yetuk 

vakillaridan  biri  bo‘lgan.  U  nafaqat  mashhur  tarixshunos  olim, 

ayni  zamonda  «Noqiy»  taxallusi  bilan  yaxshigina  she’rlar  ham 

ijod  etganligini  Alisher  Navoiy  alohida  ta’kidlab  o ‘tgan.

Xullas,  temuriylar  sulolasi  homiyligida  fan  va  madaniyatning 

barcha  sohalari  qatorida  o ‘lkamizda  tarixshunoslik  fani  sohasida 

ham  kattagina  muvaffaqiyatlarga  erishiladi.  Ana  shu  davrda 

yaratilgan  ulkan  tarixiy  merosni  chuqur  va  atroflicha  o ‘rganib,  uni 

hozirgi  va  kelgusi  avlodlarga  yetkazish  0 ‘zbekiston  tarixshunos  va 

sharqshunoslarining  oliyjanob burchidir.




X bob.  XIV asrning ikkinchi yarmi -  XV asrda M ovarounnahr va

X urosonda m adaniy hayot

453


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish