6. XALQ O G ‘ZAKI IJODI. BADIIY ADABIYOT RAVNAQI
Qadimdan xalqimiz o ‘zining boy og‘zaki ijod durdonalari bilan
mashhur. Temur va temuriylar sulolasi davri bundan mustasno
emas. Bu davrda xalq yangidan yangi dostonlar, qissalar, ertaklar,
afsona va rivoyatlar, latifalar, qo‘shiqlar, maqollar yaratadi. Bu ijod
sarchashmalarida tun bilan kun, issiq bilan sovuq, o ‘t bilan suv,
adolat bilan adolatsizlik, yaxshilik bilan yomonlik, mardlik bilan
nomardlik, sezgirlik bilan loqaydlik kabi bir-biriga mutlaqo zid va
qarama-qarshi kuch va g ‘oyalar to ‘qnashadi va oqibatda ijobiy kuch
va g ‘oyalar tantana qiladi. Albatta, bu yerda xalq ommasining istak-
xohishi, orzu-armoni o ‘z ifodasini topadi. Yaqin-yaqin kunlarga
qadar kommunistik mafkura ta’siri va siquvi ostida xalq og‘zaki ijodi
namunalari zamon zayliga mos bir tarzda buzib xalqqa yetkazildi,
haqiqiy xalq og‘zaki ijodi mevalarini qanday b o ‘lsa, shundayligicha
avlodlarga yetkazishda ziyolilarimizda ju r’at va jasorat yetishmadi.
Bunday noto‘g ‘ri, bir tomonlama yondashuvni ulug‘ bobomiz
Amir Temur faoliyatiga berilgan bahoda ham ko‘ramiz. Buyuk
Sohibqiron obrazi shu paytga qadar faqat qora b o ‘yoqlarda talqin
etildi. Ulug‘ va yengilmas sarkarda, buyuk va donishmand davlat
arbobi, m a’rifatparvar va elsevar amir, madaniyat va islom dinining
himoyachisi Amir Temuming beqiyos, oliyjanob insoniy fazilatlari
va xislatlari, uning dono aql-farosati va uddaburonligini tarannum
etuvchi xalq og‘zaki ijodi namunalari ommadan sir saqlandi.
Adolat va haqiqatga, insof va diyonatga tashna ona xalqimizga
avlodlar tomonidan yaratilgan m a’naviy meros boyliklarini qanday
yaratilgan b o ‘lsa, xuddi shunday yetkazib berish bizning vijdoniy
burchimizdir.
Quyida Sohibqiron Amir Temuming shaxsiy fazilatlaridan
hikoya qiluvchi xalq og‘zaki ijodidan b a’zi namunalar keltiramiz.
«Amir Temur yoshlik chog‘lari oz sonli qo‘shini bilan
Shahrisabzni olmoqchi bo‘libdi, ammo uni ololmay qo‘shini
yengilibdi. Ortga qaytishga majbur b o ‘lgan Temur Qizil daryodan
kechib o4ib, bir qishloqqa kelib qo‘nibdi. Qishloqda bir kampir
yashar va uning bir echkisi bo‘lib, faqat o ‘sha echkining suti bilan
tirikchilik qilar ekan. Amir Temur shu momoning uyiga kelib, hol-
ahvol so‘rashgach, momodan ovqat qilib berishni so‘rabdi. Kampir
echki sutidan atala qilib, yog‘och tovoqda suzib beribdi. Temur och
454
V ATAN T A R IX I
emasmi, shoshilib yog‘och qoshiqda ataladan ichgan ekan, og‘zi
kuyib qolibdi. Shunda momo: «Sen ham Amir Temurga o ‘xshab
shoshqaloq ekansan bolam», debdi.
— Temuming shoshqaloqligini qayerdan bildingiz, momo, —
deb so‘rabdi b o ‘lajak Sohibqiron.
— Eshitishimcha, Temur oldin kichik-kichik qishloqlami egallab
kuch to ‘plagach, Shahrisabz bekligiga hujum qilsa g ‘olib kelardi. U
esa bir yo ‘la beklikni olmoqchi bo‘ldi-yu yengildi. Shunga o ‘xshab
sen ham shoshding va og‘zingni kuydirding, Atalani avval tovoqning
girdidan olib sekin-sekin yalab k o ‘radi va so‘ngra soviganini bilgach,
qoshiqni to ‘ldirib ichadi-da, — debdi kampir.
Shundan so‘ng Amir Temur: — Darxon momo, siz bilan ona-
bola b o ‘layin, tilagingizni tilang, men o ‘sha Amir Temurman,—
debdi.
Momo odamlar uchun ariq qazib, suv chiqarib berishni so‘rabdi.
Amir Temur momoning aytganini bajo keltirib, Tanxoz daryosidan
ariq qazdirib, suv chiqarib beribdi. Shundan buyon bu qishloqning
nomi Darxon bo‘lib, odamlari dehqonchilik qilib yashar ekan».
Yana bir misol:
«Yosh Amir Temur oqsoq b o ‘Isa ham boshqalardan baquvvat,
epchil, yurakli ekan. U oqsoqligini tan olmay chopish poygalarida
ham qatnasharkan. Bir kuni o ‘n-o‘n besh bola poyga qo‘yibdi va
ular safidagi Amir Temur orqaroqda qolibdi, ammo belgilangan
marraga yaqinlashganida boshidan do‘ppisini olib ilgariga irg‘itibdi.
D o‘ppi marraga birinchi tushibdi. Bolalar kim birinchi kelgani haqida
bahslashib ketibdilar-u hal etisha olmay bir donishmand huzuriga
borishibdi.
Shunda Amir Temur donishmandga savol beribdi:
— Donishmand otaxon, aytingchi, bosh ulug‘mi yoxud oyoq?
— Albatta, bosh ulug‘ bolam, — debdi donishmand.
Donishmandning javobidan so‘ng bosh kiyimi oldin marraga
yetgani uchun Temur g ‘olib deb topilibdi».
Shuningdek, ajoyib og‘zaki ijod durdonalarining Alisher Navoiy
va boshqa ulug‘ zotlar to‘g ‘risida ham to ‘qilgan namunalari ko ‘p.
Xalq og‘zaki ijodining bu xilda tildan tilga o ‘tib bizgacha
yetib kelgan turlaridan tashqari yozma manbalar: «Ravzat us-
safo», «Badoe’ ul-vaqoe» kabi tarixiy asarlar va xotiralar hamda
«M uhokamatul-lug‘atayn» va «Mezonul-avzon» kabi ilmiy asarlarda
X bob. XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda m adaniy hayot
455
ham o ‘z aksini topgan xalq og‘zaki ijodi namunalaridan kerakli va
g ‘oyatda zarur m a’lumotlami olamiz.
Xullas, xalq og‘zaki ijodi har bir o ‘rganilayotgan davming
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyatini atroflicha o ‘rganishda
g ‘oyatda qimmatli xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi.
Temur va temuriylar davrida fan va madaniyatning barcha
tarmoqlari qatorida badiiy adabiyot ham rivojlanadi. Bu davrda
dunyoviy adabiyotning g ‘oyaviy doirasi kengayib, o ‘z ijod
mahsullari bilan xalqimiz nomini ulug‘lagan so‘z san’atining mohir
ustalari yetishib chiqadi. Ular tomonidan yaratilgan badiiy asarlarda
xalq hayoti tarannum etiladi, hayot illatlari satira o ‘ti ostiga olinadi,
inson va adolat g ‘oyasi ilgari suriladi, vafo, sadoqat, oliyhimmatlilik,
sahovatpeshalik, marhamat va m uruw at kabi oliyjanob insoniy
fazilatlar ulug‘lanadi. Zolimlik, zo‘rlik o ‘zaro feodal urushlar, axloqiy
va maishiy buzuqlik illatlari qoralanadi va markazlashgan davlat
barpo qilish g ‘oyalari ilgari suriladi. 0 ‘zbek dunyoviy adabiyotining
namoyandalari bu davrda o ‘zbek adabiy tilining shakllanishi uchun
jonbozlik ko‘rsatadilar. Adabiy badiiy ijodning gazal, ruboiy, qit’a,
tuyuq, qasida, noma, munozara, doston kabi janrlari rivoj topadi.
Temur va temuriylar davri m a’naviy madaniyatining ulkan
muvaffaqiyatlaridan biri — bu badiiy ijodning katta odimlar bilan
rivojlanib borganligidir. Bu davrga kelib eski o ‘zbek adabiy tilining
shakllanish jarayoni asosan tugallanadi, dunyoviy adabiyot adabiy
hayotning yetakchi yo‘nalishi bo‘lib qoladi.
0 ‘zlarining barakali va serqirra ijod durdonalari bilan Qutb
Xorazmiy, X o‘jandiy, Sayfi Saroyi, Durbek, Haydar Xorazmiy,
Amiriy,
Yaqiniy,
Ahmadiy,
Atoyi,
Sakkokiy,
T o‘g ‘ilxo‘ja,
Mavlono Imod Mavlaviy, Mavlono Qozi Muhsin, Mavlono Is’hoq
Lutfiy, Husayn Boyqaro va boshqalar bu davrda jahon madaniyati
taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadilar. Va nihoyat, biz bu davrda
eski o ‘zbek adabiy tilining asoschilaridan biri, o ‘zbek mumtoz
adabiyotining cho‘qqisi, she’riyat mulkining sultoni, buyuk davlat
arbobi Alisher Navoiyning ijod gulshani maydonida parvoz etganligi
bilan haqli suratda faxrlanamiz. Shunisi diqqatga loyiqki, bu davrda
yozma badiiy adabiyot bilan bir qatorda xalq og‘zaki ijodi ham
ravnaq topadi. Xalq yozma va og‘zaki badiiy ijodiyoti reaksion saroy
adabiyoti va ijodiga qarama-qarshi o ‘laroq rivojlanadi va kamolotga
yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |