X bob. X IV asrning ikkinchi yarmi - X V asrda M ovarounnahr va
Xurosonda m adaniy hayot
435
turkum maqolalarida «Dilkusho bog‘i» to ‘g ‘risida quyidagi satrlami
o ‘qiymiz: «Temur hijriy 788-yil (1397)ning kuzida xushmanzara
Konigil vohasida yangi bog‘ barpo etishga buyruq berdikim, u
o ‘zining go‘zalligi bilan mamlakatdagi barcha bog‘lardan ajralib
tursin... Samarqandda yashovchi 0 ‘rta Osiyoning eng mohir
m e’morlari tomonlari bir yarim ming gaz keladigan bog‘ning asosiy
gishtini qo‘ydilar. Kirish yo‘llarini ajratdilar. Saroyning gumbazlari
naqshlar bilan bezaldi, devorlar ustki koshinlar bilan qoplandi. Bog‘-
ning to‘rt burchagida katta san’at va yuksak did bilan ishlangan,
ajoyib bo‘yoqlar berilgan shiyponlar qurildi. Bog‘ chorqirra
xiyobonlarga va turli shakldagi bog‘chalarga bo‘lindi. Temur
xiyobonlaming yo‘llari chetiga mevali daraxtlar, ba’zilariga gul
o ‘tkazishni xohlardi. B og‘ uning (Temuming) mayliga javob bergani
uchun ham «Bog‘i dilkusho» deb ataldi. Bog‘ning o ‘rtasida baland
gumbazli uch oshyonli saroy qurildi. 1404-yilning sentabrida jahongir
Temuming qabulida ispaniyalik elchi Klavixo bu bog‘da faw oradan
suv otilib turganligini, boqqa kiriladigan darvoza juda keng, yuksak
oltin va boshqa qimmatbaho toshlar bilan bezatilganligini, ustiga
taxtiravon o ‘matilgan oltita fil borligini yozadi»1.
Amir Temuming muholiflari uni kamsitishga urinib, Temur
bosib olgan mamlakatlardan ustalar, m e’morlar va olimlami ko‘chirib
olib kelmaganda Samarqandda va boshqa shaharlarda bu darajada
hashamatli, go‘zal qurilish va binolar bo‘lmas edi, deb isbotlashga
behuda urinadilar. Biz ulug‘ bobomiz Amir Temuming o ‘z yurishlari
davrida minglab ustalar, m e’morlar, qurilish ashyolari va boyliklami
Samarqandga olib kelganligini inkor etmaymiz. Jumladan, Samar
qand, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi qurilish va m e’morchilik
ishlarida Sheroz, Tabriz, Isfaxon, Xorazmdan kelgan ko‘plab
m e’morlar, musavvirlar va hunarmandlar ishlaganlar. Lekin asosiy
ish boshqamvchilar, mahalliy ustalar va m e’morlar bo‘lganlar,
birinchi galda ulaming milliy an’ana san’at ijodlari yetakchi o ‘rinni
egallagan. Darvoqe, Samarqand, Buxoro va Xorazmda hali Temur
hukmronligigacha qurilgan va mavjud b o ‘lgan va shu kunlargacha
ham saqlanib kelayotgan tarixiy obidalar, o ‘lkamizda olib borilgan
arxeologik qazilma yodgorliklarining guvohlik berishicha, xalqimiz
qadim-qadimdan qurilish va m e’morchilik san’atida xayratomuz va
noyob qobiliyat egalari o ‘lkasi b o ‘lganligini ko‘ramiz.
1 «Туркистон», 1992 йил 21 ноябрь.
436
VATAN TA R IX I
Buyuk Amir Temuming moddiy madaniyat bobidagi bunyod-
korlik faoliyatini uning avlod-ajdodlari, birinchi navbatda U lug‘bek
(1394-1449) davom ettiradi. Taniqli olim Ashraf Ahmedovning
«Ulug‘bek» risolasida bunday deyiladi: «(Jlug‘bekning eng xayrli
ishlaridan biri bir vaqtning o ‘zida uchta shaharda Buxoro (1417),
Samarqand (1417-1420) va G ‘ijduvonda (1433) madrasa, y a’ni o ‘sha
davming oliy o ‘quv yurtini barpo etganligidir. Samarqandda buning
uchun u bozor maydonini tanlaydi va 1417-yili bu yerda madrasa
qurilishini boshlab, uni 1420-yili tugatadi. Samarqanddagi madrasa
qurilgan yemi u Registon deb ataydi». Otaxon tarixchimiz B o‘riboy
Ahmedovning m a’lumotlariga qaraganda G ‘ijduvondagi madrasa
1433-yilda ishga tushirilgan. Bulardan eng kattasi Samarqanddagi
madrasa
hisoblangan:
«Madrasaning
tog‘
shukuhli
hay’ati
ustuxonband mustahkamligidan falak binosidin tinchlikni olg‘on,
yuksaklik jihati b o im ish azamatnishon peshtoqi og‘irligidan yer-u
zaminga zilzila solg‘on, aning oliy darajalik ko‘ngralarini qudrat
ustasi falak ayvonining muqamaskorligi birlan bir xilda yasag‘on,
lojuvard koshinlarini qazo naqqosh falakning charog‘on yulduzlari
birlan bir tartibda naqd qilub, alarga dahldor qilg‘on; quyosh kabi
jilvasi, zaringor naqshlari go‘zal falak gumbazi birla hamvazi erdi»1.
Madrasa ikki qavatdan iborat b o iib , ellikta hujrasi bor edi. U lug‘bek
madrasasida yuzdan ortiq talaba istiqomat qilgan va ta’lim olgan.
Mirzo U lug‘bek dovrug‘ini jahonga tanitgan ulkan qurilish-
lardan yana bittasi 1420-1429-yillarda qurib bitkazilgan ulkan va
hashamatli bino — Ulug‘bek rasadxonasidir. Ulug‘bek bu rasad-
xonaning dunyoda shu paytgacha bor b o ‘lgan barcha rasadxona-
lardan ulug‘ va har tomonlama ustun bo iishini o ‘z oldiga maqsad
qilib qo'ygan. B o‘riboy Ahmedov bu haqda shunday hikoya
qiladi: «Biz quraturg‘on rasadxona barcha jihatlari bilan ash-
Shammosiyadagidan ham, Kasiyundog‘idin ham, M arog‘adagidan
ham kam boim asligi lozim». U lug‘bek bu o ‘rinda xalifa M a’mun
(813-833) zamonida, B ag‘dod yonida qurilgan, Yahyo ibn Mansur
bosh b o ig a n mashhur rasadxonani, Xolid ibn Abdumalik bosh
b o ig a n Damishq rasadxonasini, Xalokuxon davrida (1256-1265)
M arog‘ada yirik qomusiy olim Nosiriddin Tusiy (1201-1274)
rahbarligida qurilgan rasadxonalami nazarda tutadi, albatta»2.
1 Ахмедов Б. Улугбек (ecce). Тошкент, 1989, 109-бет.
2 O 'sha manba.
X bob. XIV asm ing ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda m adaniy hayot
437
Darhaqiqat, Ulug‘bek rasadxonasining o ‘z davrida qiyosi
y o ‘q edi. Rasadxona silindr shaklida, uch ashyonali qilib quriladi.
Aylanasi 47, balandligi esa 31 metr atrofida edi. Rasadxona
qurilishiga Ulug‘bekning shaxsan o ‘zi, u yo‘q paytlarda Qozizoda
Rumiy, G ‘iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar boshchilik qilishadi.
Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatiladi. Olimlar
va xizmatchilar uchun rasadxona atrofida katta-kichik hujralar
quriladi.
Rasadxonaning boy kutubxonasi bo‘lib, unda qariyb 15 ming
kitob saqlangan.
Rasadxona etagida Mirzo U lug‘bek bobosi Amir Temur
an’anasiga ko‘ra ikkita bog‘ qurdiradi. Ulaming biri Bog‘i may-
don, ikkinchisi Chinnixona nomi bilan ataladi. Bog‘i maydon
o‘rtasida qurilgan bino ikki qavatli bo‘lib, devor va ustunlariga
marmardan sayqal berilgan. Chinnixonadagi imoratlaming biri
toshdan, ikkinchisi chinnidan b o ‘lgan. Chinni 1422-yilda Xitoydan
keltiriladi.
Xullas, Mirzo Ulug‘bek ham Amir Temur singari yaratuvchilik,
bunyodkorlik bilan shug‘ullanadi. Xalq va davlat ehtiyoji uchun
juda ko‘plab binolar: hammomlar, karvonsaroylar, sardobalar
qurdiradi. Umuman Temur va temuriylar o ‘zlaridan keyin mod-
diy madaniyat bobida ulkan merosni qoldiradilar. Temuriylar
xalqimizning buyuk m e’morchilik san’ati durdonalarini dunyoning
juda ko‘plab qit’alariga tarqatadilar. Shohruh va Husayn Boyqaro
avlodlari, Alisher Navoiy hazratlari azmu qarori bilan Xurosonning
turli shaharlarida barpo etilgan ulkan va go‘zal tarixiy obidalar,
boburiylar sulolasining to
1850-yillarga qadar o ‘tgan davr
mobaynida A fg‘oniston, Hindiston va Pokiston hududlarida yaratgan
m e’morchilik san’ati namunalari o ‘zining go‘zalligi va hashami
bilan shu paytga qadar ham har qanday ko‘zni o ‘ziga maftun etib
kelmoqda. Bu narsa Temur va temuriylar naslining, siz va bizning
qalblarimizda o ‘z ota-bobolarimiz bilan haqli suratda g ‘ururlanish
va faxrlanish his-tuyg‘usini uyg‘otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |