424
V ATAN T A R IX I
X B O B
XIV
ASRNING IKKINCHI YARMI — XV ASRDA
MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA MADANIY HAYOT
1. AM IR TEM UR VA TEM URIYLAR DAVRIDA
MADANIY HAYOT
Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda
madaniyat o ‘z rivojining yuksak cho‘qqisiga chiqadi. Temuriylar
sulolasining yalovbardori ulug‘ Amir Temumi shu paytga qadar
o ‘tgan jahongirlaming birontasi bilan ham qiyoslab bo'lm aydi. Bu
fikmi ulug‘ bobomiz va uning avlodlari qoldirgan ulkan moddiy
madaniyat yodgorliklarigina emas, balki jahon fani va madaniyatiga
buyuk va salmoqli hissa qo‘shgan Ulug‘bek, Bobur va boshqalaming
temuriylar sulolasidan b o ‘lganligi ham isbotlaydi.
Amir Temur shaxsining ulug‘ligi uning dunyoda buyuk
saltanatga asos solganligida emas, yoki o ‘zining sohibqironlik
faoliyati davomida 30 marta yurishlar qilib, biror marta b o ‘lsa-da,
yengilmaganligida ham emas, uning mardligi va qahramonligi kabi
g ‘oyatda muhim fazilatlarida, albatta. Bu fazilat va omillar ham
so‘zsiz Amir Temur shaxsini ulug'lashda va uni jahonga mashhur
qilishda katta o ‘rin tutgan. Amir Temuming dunyoda eng ulug‘ va
buyuk shaxs, davlat arbobi, mashhur sarkarda, fan va madaniyat
homiysi sifatida nom qozonishiga sabab b o ‘lgan fazilatlar «Temur
tuzuklari»da o ‘z ifodasini topgan. Bu fazilatlar:
Birinchisi va eng asosiysi islom dini, Q ur’oni Karim va uning
g ‘oyasiga cheksiz sadoqatda. «...har yerda va har vaqt islom dinini
quw atladim », deydi u. «Yana tajribamda ko‘rib bildimki, davlat
agar dinu oyin1 asosida qurulmas ekan, to‘ra-tuzukka bog'lanm as
ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo‘qoladi.
Bunday saltanat yalang‘och odamga o ‘hsharkim, uni k o ‘rgan har
kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kas-u nokas tap tortmay kirib
chiqadigan tomsiz, eshigi-to‘sig‘i yo‘q uyga o ‘xshaydi.
1 Oyin — qoida, rasm, tartib, usul, odat. ravish, tarz.
X bob. XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda madaniy hayot
425
Shuning uchun ham men o ‘z saltanatim binosini dini islom, to ‘ra
va tuzuk asosida mustahkamladim.
Amir Temur yana davom ettiradi: «Qaysi mamlakatda dindan
qaytishlik (ilxod) va zindiqlik1 kuchaysa va u diyoming aholisi,
sipohu raiyat turli maslakka kirib ittifoqlari buzilsa, u mamlakatning
halokati yaqindir»2.
Ikkinchisi, hayotda, davlat ishlarini boshqarishda odillik, adolat
va haqiqatning ustuvorligini ta ’minlash uchun kurash. Oddiy xalq
manfaatlarini himoya qilish, jabrdiydalarga madadkorlik, ig‘vogar va
tuhmatchilarga ishonmaslikda: «...Adolat va insof bilan Tangrining
yaratgan bandalarini o ‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham,
begunohga ham rahm qilib haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim...
Fuqaro va qo‘l ostimdagilarga rahmdillik qildim, sipohiylarga
in’omlar ulashdim. Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim... Buzuqi
va og‘zi shaloq g ‘iybatchi odamlami majlisimga yo‘latmadim,
so'zlariga amal qilmadim. Biror kimsaga tuhmat-u g ‘iybat qilsalar,
quloq solmadim»3.
Uchinchidan, davlatni boshqarish, idora qilish ishlarini halol,
nasl-nasabli, asil, vijdonli, aql-farosatli, sabr-toqatli kishilarga
topshirish. Temur davlat arboblari bag‘ri keng, og‘ir, vazmin,
odamlarga nisbatan kek saqlamaydigan, kechirimli va g'oyatda
hush axloqlik fazilatlariga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblar va bu
fazilatlami juda-juda qadrlar edi.
Amir Temuming fikricha, har bir tojdor hukmdor o ‘z davlatining
tayanchi bo‘lgan ijtimoiy qatlamlarga tayanishi lozim.
T o‘rtinchidan, yuksak insoniy ahloqiy fazilatlami ulug'lash,
noinsoniy, noaxloqiy va tubanlik ko‘rinishlariga qarshi shafqatsiz
kurash. Amir Temur yozadiki:
«...hozirgi damgacha o ‘tgan
sultonlaming qonunlari va turish-turmushlarini donolardan so‘rab-
surishtirdim. Flar qaysilarining y o ‘l-yo‘riqlari, turish-turmushlari
qilish-qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda saqladim va yaxshi
axloqlari, m a’qul sifatlaridan namuna olib, unga amal qildim»4.
Madaniylikning bu olijanob fazilatlarini Amir Temur hazratlari
ulug‘labgina qolmagan, balki bu fazilatlaming bajarilishini davlat
1 Zindiqlik - xudosizlik, dinga ishonmaslik.
2 Темур тузуклари. 53, 57, 92-бетлар.
3 O 'sha manba. 54-55-бет.
4 O'sha manba. 54-55-бет.
426
V ATAN T A R IX I
hududida yashab kelayotgan fuqarolardan, eng aw alo , o ‘z oila
a ’zolari tomonidan ham so‘zsiz bajarilishini talab qilgan. Hatto Amir
Temumi butun qalbi-vujudi bilan yomon ko'rgan Ibn Arabshohdek
muarrih ham buyuk Sohibqironning adolatpesha ulug‘ fazilatlarini
tan olib yozishga majbur b o ‘lgan: «Temur tamg‘asining naqshi «rosti
rasti» bo‘lib, «bu haqgo‘y bo‘lsang, najot topasan», demakdir...
K o‘pincha uning majlisida uyatsiz so‘zlar, qon to ‘kish, asir olish,
nahbu g ‘orat qilish va haram haqqiga haqorat gaplar b o ‘lmasdi.
Temur qo‘rqmas, shijoatli, botir kishilami itoat qildiruvchan
bo‘lib, jasoratli (kishi)lami, dovyurak va mardlami yoqtirar edi... U
(birovdan) bir gap eshitganda dalil talab qiladigan, zimdan qarash
va k o ‘z ishoratlarini sezadigan idrokli kishi edi. U sinchkov bo‘lib,
har bir ishoratdan ogoh kishi b o ‘lib, yuz beradigan barcha ishni
ko‘rib-bilib turar edi. Uning nazaridan aldovchining aldovi yashirinib
qolmas va firibgaming firibi o ‘tmas, o ‘z farosati bilan haqgo‘y va
yolg‘onchini ajratar edi. 0 ‘z ziyrakligi, tajribasi bilan chin (haq)
nasihatgo‘ydan soxta (nasihatgo‘y)ni idrok etar, o ‘z afkori bilan
sal bo‘lmasa «uchar yulduzni to ‘g ‘ri yo‘lga boshqarar, o ‘z farosati,
mulohazalari bilan har bir bexato sayyora o ‘qini o ‘z orqasidan
ergashtirar edi»1.
Amir Temur o ‘ta taqvodor musulmon bo‘lgan, islom qonunlari
va shariatlari doirasidan chetga chiqmagan. U o ‘z farzandlari va
nabiralaridan axloqiy pok insof-diyonatli va adolatli b o ‘lishni talab
qilgan. Amir Temur o ‘z o ‘m iga valiahdlikka katta o ‘g ‘li Jahongir
Mirzoni loyiq deb topadi. Lekin Jahongir Mirzo bevaqt bu dunyoni
tark etadi. Shundan so‘ng ulug‘ Amir o ‘z nabirasi Xalil Sultonni
valiahdlikka birdan-bir da’vogar deb hisoblaydi, chunki u jasur,
qurqmas va mard bahodir edi. Ammo kutilmagan voqea sodir
bo‘ladi.
Xalil Sultonni ilgari Temuming jiyani, amirzoda Alining qizi
Jahona Sulton begimga uylantirib qo‘ygan edilar. Xalil Sulton
o ‘zining qonuniy xotini bo‘laturib, amir Xoji Sayfuddinning cho‘risi,
sohibjamol Shodimulkni yoqtirib qoladi va uni hojasidan tortib olib,
yashirincha o ‘z nikohiga o ‘tkazadi. Buni eshitgan Temur g ‘oyatda
gazablanadi. Yasovulboshini chaqirtirib «shahzodani qayda b o is a
ham tutib keltirilsun va Mahdi ul Bayon og‘a turg‘on qasrga qamab
1
Ибн Арабшоз;.
Амир Темур тарихи. 2-китоб, - Т., «Мекнат», 1992, 65-66-бет.
X bob. XIV asm ing ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda m adaniy hayot
427
qo‘yilsin, behayo Shodimulk ersa g ‘ulomlardan biriga xotin qilib be-
rib yuborilsin», deb buyruq beradi. Xalil Sulton bobosining gazabi-
dan qo‘rqib, mahbubasi bilan do‘stlaridan birining uyiga yashirinadi.
Oradan uch-to‘rt kun o ‘tgach, Saroymulkxonim, T o‘kal Xonim, Amir
Shohmalik va Shayx Nuriddinlar o ‘rtaga tushib, shahzodani jazodan
qutqazib qolishadi: Temur o ‘zboshimcha nabirasining gunohidan
o ‘tgan bo ‘lsa-da, lekin uni valiahd qilish niyatidan qaytgan.
Bu keltirilgan oddiygina dalil-xulosa buyuk davlat arbobi Amir
Temuming axloqiy ichki m a’naviy dunyosining nechog‘lik pok
va go‘zal bo‘lganligidan dalolat beradi. Amir Temur to ‘g ‘risida
xalq og‘zaki ijodida ko‘plab turli mavzularda rivoyat va afsonalar
tarqalgan. Ana shu rivoyatlardan birida aytilishicha, Amir Temur
besh narsaga e ’tiqod qo‘ygan ekan. Bular: Alloh, tafakkur, qilich,
imon va kitob (bitik)dir. Demak, Amir Temuming madaniyat ho-
miysi sifatida ulug‘ligini belgilovchi omil uning mhining sofligi,
tozaligi va islom g ‘oyasi bilan sug‘orilganligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |