Файзиев Т.
Дусайн Бойкаронинг сирли улими. 44-бет.
IX bob. A mir Tem ur va tem uriylar davri
415
U lug‘ shoir Muhammad M o‘min Mirzoning vafotini temuriylar
xonadonining inqirozi sifatida qaragan. Darvoqe, mazkur fojia
munosabati bilan boshlanib ketgan qatli om, o ‘ch olish, qirg‘inbarot
urushlar mamlakatni halokat va bo‘hron yoqasiga olib keladi, xalq
boshiga hisobsiz kulfat va alamlar yog‘iladi, ochlik, qashshoqlik
avjiga minadi. Bundan shimoldagi Dashti Qipchoqdan bostirib kelgan
Muhammad Shayboniyxon boshchiligidagi ko‘chmanchi chorvador
o ‘zbek qabilalari foydalanib qoladilar. Ular dastlab Movarounnahr
hududlarini egallab, so‘ngra shitob bilan Xurosonning shahar va
viloyatlarini qo‘lga kirita boshlaydilar.
Sulton Husayn Boyqaro mamlakat kuchlarini Shayboniyxonga
qarshi birlashtirib kurashga safarbar etish to‘g ‘risidagi Badiuzzamon
taklifiga e ’tibor bermaydi, vaqt-imkoniyat qo‘ldan boy berilgach,
foydasiz nadomatlar chekadi. Shayboniyxon 1503-1506-yillarda
navbatma-navbat Balx, Andxo‘y, Shibirg‘on, Maymana va Fa-
rob viloyatlarini egallaydi. 1502-yilning qishida Balxni qamal
qilgan chog‘ida Muhammad Shayboniyxon shahar hukmdori
Badiuzzamonga o ‘z elchisi orqali quyidagi mazmunda xat jo ‘natadi:
«Temuriylar saltanatining iqbol oftobi zavol chizig‘iga yetgandur.
Saltanat navbati temuriylar xonadonidan yana ulug‘ chingiziylar
xonadoniga o‘tgandur. Sizlarda zaxira tugagan, alhol, sizlarga
munosib uldirkim, xon iltifotiga va xoqon inoyatiga e’tiqod
b o giab , ojarlikni bas qilib, tobelik qo‘li bilan shahar darvozalarini
ochingiz»1.
Vaziyatning nihoyatda og‘irligini tushungan shahanshoh o'zining
yo‘l qo‘ygan xatolaridan pushaymon bo‘ladi, 1506-yil yanvarda u
o ‘g ‘li Badiuzzamonni M urg‘ob daryosi sohiliga ilg‘or qilib jo ‘natadi
va o ‘zi orqadan tezda yetib borishini aytadi. Sulton Husayn Boyqaro
saroyda barcha viloyatlardagi o ‘gillariga va beklarga tezda oliy
o ‘rdugohga yetib kelishlarini buyurib farmon beradi. Shayboniyxonga
qarshi birgalashib jang qilish taklifi bilan shahonshoh Zahiriddin
Bobur huzuriga Sayyid Afzalni elchi qilib jo ‘natadi.
Husayn Boyqaro salomatligi yomon bo‘lishiga qaramay Xuro
son qo‘shinlariga bosh bo‘lib Shayboniyxonga qarshi lashkar tortadi.
Ammo Bobo Ilohiy mavzeiga yetganda uning ahvoli og‘irlashadi.
Shu yerda harakatni to ‘xtatishga majbur bo‘ladi va tezlik bilan
Badiuzzamonga chopar jo ‘natadi. Badiuzzamon Saripulda otasi-
'
Файзиев Т.
Хусайн Бойкаронинг сирли улими. 65-бет.
416
VATAN TARIXI
ni kutardi. Chopardan xabar olgach, zudlik bilan shahanshoh
huzuriga oshiqadi. Otasining og‘ir ahvolini ko‘rgan Badiuzzamon
Mirzo m a’yus bir ahvolda o ‘z manziliga qaytadi. Arkoni davlat
Husayn Boyqaro Mirzoning tang va og‘ir ahvolini hisobga olib,
shahanshohdan so‘ng shahzodalar o ‘zaro taxt talashmasinlar degan
maqsadda Badiuzzamon bilan Muzaffar Mirzolami taxtga voris qilib
tayinlash to ‘g ‘risida azm-u qarorga keladi.
1506-yil 2-mayda Badiuzzamon bilan Muzaffar Husayn
qo‘llarini Q ur’onu Karimga qo‘yib, saltanatni bir-birlari bilan inoq
ahillik va hamjihatlikda boshqarish o ‘zaro zimdan adovat va xusumat
qilmaslikka arkonu davlat vakillari oldida ahd-u paymon qiladilar.
Dardi og‘irlashib borgan Sulton Husayn Boyqaro Mirzo 1506-
yil 5-mayda saktayi qalb (appopleksiya) kasali bilan 69 yoshida bu
dunyoni tark etadi. Uning jasadi o ‘zi hayotlik chog‘ida qurdirgan
Hirotdagi madrasada dafn etiladi va ta ’ziyaning yettinchi kuni odatga
ko‘ra yurtga osh beriladi.
Tarixchi olim Turg‘un Fayziyev Husayn Boyqaro Mirzoning
o iim i bilan bog‘liq g'ayritabiiy va munozarali fikrlami bayon
qiladi. Bu fikrlami bayon qilishda olim 1967-yilda Kobul shahrida
b o ‘lib o ‘tgan qo‘lyozma asarlar yodgorliklarini o ‘rganishga doir
xalqaro anjuman hujjatlariga asoslangan. Bu hujjatlarda hikoya
qilinishicha, Shayboniyxonga qarshi jang qilish niyati bilan y o ‘lga
chiqqan Sulton Husayn Boyqaro Mirzoning Bobo Ilohiyda vafot
etishi ramziy m a’noda Shayboniyxonning g ‘alabasidan bashorat edi.
Shahanshohning vafoti haqidagi xabar atrofga tarqalib, Muhammad
Shayboniyxonga yetib borgunga qadar Husayn Boyqaroni shoshilinch
suratda madrasada oddiy qabr qazdirib omonat dafn etadilar va
jang tayyorgarligini ko‘radilar. Bir necha muddat vaqt o ‘tgandan
so‘ng shahanshoh jasadini haqiqiy qabrga olib qo‘yish maqsadida
ilgarigi qabmi ochadilar va dahshatli hodisaning guvohi b o ‘ladilar:
qabr ichida shahanshoh jasadi to ‘ntarilib yotibdi, ustidagi kafanlari
tushib ketgan, lahad devorlari qo‘l bilan timalgan. Bundan shunday
xulosa kelib chiqadiki, shahanshohni o ‘lmasdan dafn etishgan. Gap
shundaki, u sakta kasaliga mubtalo bo‘lgan edi. Bemor tomirlarining
bir necha muddat behol urishi natijasida hayot uchquni sezilmay
qolgan. Kasallikning bunday pinhoniy sirlaridan voqif b o ia olmagan
tabiblar va Husayn Boyqaro Mirzoning yaqinlari uni olamdan o ‘tdi,
deb hisoblab dafn etganlar. Sovuq lahadda bir necha muddat yotgach,
IX bob. A mir Tem ur va tem uriylar davri
417
bemoming tomirlari yana bir m e’yorda ura boshlagan, deb taxmin
qiladilar. Bemor qorong‘i lahad ichida yorug‘likka chiqishga jon
talvasasida harakat qilgan. Ammo uning barcha harakatlari behuda
ketgan.
Xullas, Sulton Husayn Boyqaro Mirzo vafotidan so‘ng mamlakat
og‘ir ahvolga tushib qoladi. Shayboniyxon Xurosonni zabt etish
taraddudida Badiuzzamon va Muzaffar Husayn Mirzolarga elchisi
orqali quyidagi mazmunda xabar yuboradi: «Sizlaming ota-
bobolaringiz avvalgi vaqtlarda bizning shonli hukmdor xon ota-
bobolarimiz qo‘l ostida bo‘lganlar. Alhol, sizlar ham o ‘z bobolaringiz
sunnatiga iqtido qilib, ixtilofsiz taslim bo‘lm og‘ingiz lozim. Toki,
qal’a-shaharlar vayron, fuqarolar qirg‘inga duchor b o ‘lmagaylar».
Muhammad Shayboniyxon 1507-yilning may oyida Jayhun
daryosini kechib o ‘tadi va Andxo‘yga yaqinlashadi. Badiuzzamon
Mirzo va Muzaffar Husayn Mirzolar dushmanga zarba berish
uchun tayyorgarlik ko‘rgan b o ‘lsalar-da, Xuroson kuchlarida
birlik va ahillik yo‘q edi. 19-mayda Bodxizda b o ‘lgan jangda aka-
uka temuriylar yengiladi. Shayboniylar lashkariga Muhammad
Shayboniyxonning o ‘g ‘li Temur Sulton va Ubaydullo Sulton ibn
Mahmudxonlar sarkardalik qiladi. Xuroson qo‘shinlari yengilgach,
shahzoda va ulamolar tartibsiz, xohlagan tomonga qochib ketadilar.
Muhammad Shayboniyxon qo‘shinlari
1507-yil 23-mayda
Hirot shahrini egallaydi. Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Husayn
Mirzoning haramlari, barcha mol-mulklari Shayboniyxon ixtiyoriga
o ‘tadi. Muzaffar Husayn Mirzoning Xonzoda begim ismli xotinini
yaxshi ко‘rib qolgan Muhammad Shayboniyxon uni xotinlikka oladi.
Muzaffar Husaynning Xonzoda begimdan tug‘ilgan qizi Mehrangizni
Ubaydulla Sulton o ‘z nikohiga kiritadi. Boshqa malikalar esa
Shayboniyxon qo‘shinlari sardorlari, amirlar va beklarga tortiq
qilinadi. 27-mayda Muhammad Shayboniyxon nomi Hirotning jome
masjidida xutbaga qo‘shib o ‘qitiladi. Ana shu tariqa Xurosonda
temuriylar saltanati barham topadi.
1
Л
-----\7 a ta n t a r i v i 1
418
VATAN TARIXI
Do'stlaringiz bilan baham: |