Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

Файзиев  Т.

  Хусайн Бойкаронинг сирли улими. 5-бет.



IX  bob.  A m ir Tem ur va tem uriylar davri

409


Bobuming  11  yoshli  o ‘g ‘li  Shoh  Mahmud  Alouddavlaning  o ‘g ‘li 

Ibrohim  Mirzo  bilan  jang  qilib  yengiladi  va  Mashhadga  qaytadi. 

Bu  xabami  eshitgan  Husayn  Boyqaroning  qaynotasi  Sanjar 

Mirzo  Mashhadni  o ‘z  tasarrufiga  kiritish  uchun  y o ig a   otlanadi 

va  o ‘miga  kuyovini  Marv  hokimligiga  qoldiradi.  Ammo  Sanjar 

Mirzoning  vaziri  Hasan  Arlot  Husayn  Boyqaroni  kelgindi  deb 

yomon  ko‘rardi.  Shu  boisdan  u  xalq  orasiga  «Boyqaro  qaynotasini 

ag‘darib,  Marvda  o ‘z  saltanatini  barpo  etmoqchi»,  degan  gaplarni 

tarqatadi  va  uni  asirga  olish  uchun  payt  poylaydi.  Fitnadan  xabar 

topgan  Husayn  Boyqaro  Hasan  Arlotni  ushlatib  zindon  qiladi. 

Biroq  voqea  bu  bilan  tinchimaydi.  Bir  tomondan,  yoshlik,  ikkinchi 

tomondan,  erk-havas  ustunlik  qilib,  Husayn  Boyqaro  o ‘z  navkarlari 

bilan  ovga  otlanadi.  Saroydagi  niyati  buzuq  kuchlar  bu  qulay 

vaziyatdan  foydalanmoqchi  boiadilar.  Tarixchi  Xondamir  o ‘zining 

«Xabib  us-siyar»  asarida  yozishicha,  Sanjar  Mirzoning  mulozimlari 

Muhammadbek  Sheroziy,  Shayx  Zunnun  Iroqiy  va  umarolardan 

El  0 ‘g ‘li  o‘zaro  til  biriktirib  Husayn,  Boyqarodan  o ‘ch  olmoqchi 

bo‘ladilar.  Ular  Husayn  Boyqaro  o ‘rdugohdan  uzoqlashishi  bilan 

Boyqaro  devonida  xizmat  qilib  turgan  uning  yaqin  kishilaridan 

b o ‘lmish  Duldoy  Shayx  Bahodir,  Sher  Ali  va  boshqalami  qo‘lga 

olib  qatl  etadilar.  Shahardan  xiyla  bilan  zo‘rg ‘a  qochib  chiqqan 

Sher  Alining  birodari  Husayn  Boyqaroga  saroydagi  m ash’um  fitna 

to ‘g ‘risida  xabar  beradi.  Boyqaro  Mirzo  o ‘zining  60  nafar  navkari 

bilan  shoshilinch  suratda  Marvga  qaytadi.  Ikki  o ‘rtada  qattiq  jang 

bo‘lib,  unda  Husayn  Boyqaro  g ‘olib  chiqadi.

Xondamir  va  Abdurazzoq  Samarqandiy  asarlaridagi  m a’lumot- 

laming  guvohlik  berishicha,  Sulton  Husayn  1458-yilning  bahor 

faslida  o ‘zining  uch  yuz  kishilik  suvoriylari  bilan  Tajan  tomon 

yuradi.  Y o‘lda  u  Jurjonda  Jahonshoh  turkman  tazyiqidan  qochib 

kelayotgan  Amir  Bobo  Hasan  qo‘shinlarini  tor-mor  qiladi.  Bu  uning 

jang  maydonidagi  birinchi  g ‘alabasi  edi.  Shundan  so‘ng  Husayn 

Boyqaro  Niso  viloyatini  va  1460-yilda  Astrobod  shahrini  egallab, 

Abu  Sayyid  Mirzoning  g ‘azabini  qo‘zg‘aydi.  Ammo  Abu  Sayyid 

Mirzo 


o ‘zining  xavfli  raqibi  Jahonshoh  turkman  bilan  orani  bir 

yoqlik  qilib  olgunga  qadar  Sulton  Husayn  Boyqaro  bilan  vaqtincha 

do‘stona  munosabatda  bo‘lib  turadi.  1459-yilga  kelib  Sulton  Abu 

Sayyid Mirzo o ‘zining hamma raqiblarini biryoqlik qiladi.  Jahonshoh 

turkman  bilan  sulh  tuzadi.  Bungacha  u  1458-yilda  Saraxs  qo‘rg ‘oni 

yaqinidagi jangda  Alouddavla,  uning  o ‘g ‘li  Ibrohim  Mirzo  va  Sanjar




4 1 0

VATAN  TARIXI

Mirzoning  birlashgan  qo‘shinlarini  tor-mor  qilgan  edi.  Husayn 

Boyqaroning  qaynog‘asi  Sanjar  Mirzo  asir  olinib,  qatl  etiladi.  Endi 

Abu  Sayyid  o ‘zining  butun  nigohini  Husayn  Boyqaroga  qarata 

olardi.  U  1459-yilning  mart  oyida  Abdurazzoq  Samarqandiyni  o ‘z 

tomonidan  Husayn  Boyqaro  huzuriga  elchi  qilib  yuboradi.  Husayn 

Boyqaro  ham  o ‘z  navbatida  Abdurazzoq  Samarqandiyning  Hirotga 

qaytishiga  ijozat  berarkan,  uning  yoniga  elchisini  qo‘shib  yuboradi. 

Elchini Abu  Sayyid Mirzo yaxshi  kutib  oladi.  Ammo  Sulton Husayn. 

Boyqaroning  to‘dalari  Xuroson  hududiga  kirib,  beboshliklar  bilan 

shug‘ullanadi,  xalqni  talon-taroj  qiladi,  ular,  hatto  Sabzavor  va 

Nishopurgacha  kirib  boradilar.  Xuroson  va  Mozandaronni  o 'z   qo‘l 

ostiga  kiritishni  niyat  qilib  yurgan  Abu  Sayyid  Mirzo  uchun  bunday 

harakatlar ayni  muddao  va bahona edi.  1460-yilda u Husayn Mirzoga 

qarshi  qo‘shin  tortadi.  Bu  voqeadan  xabar  topgan  va  vaziyatni 

to ‘g ‘ri  baholagan  Husayn  Boyqaro  Astrobodni  tashlab  chiqib, 

Amudaryo  tomon  ketadi.  Astrobodga  tantanali  suratda  kirib  kelgan 

Abu  Sayyid  bu  viloyatni  o ‘zining  uchinchi  o ‘g ‘li  Sulton  Mahmud 

Mirzoga  in’om  qilib,  o ‘zi  Hirotga  qaytib  ketadi.  Sulton  Husayn 

Boyqaro  Shohruhiyada  ko‘tarilgan  qo‘zg ‘olonni  bostirish  bilan  band 

bo‘lgan  Abu  Sayyid  Mirzoning  yo'qligidan  foydalanib  Astrobodni 

ikkinchi  marta  egallaydi.  U,  hatto  Hirotga  ham  hujum  uyushtiradi. 

Bu  shum  xabami  eshitgan  Abu  Sayyid  Mirzo  Muhammad  Jo‘kiy 

Mirzo  (Abdullatif  Mirzoning  o ‘g ‘li)  bilan  shoshilinch  sulh  tuzib, 

Hirotga  oshiqadi.

Hirot  atrofida biror-bir natijaga  erisha  olmagan  Husayn  Boyqaro 

Abu 


Sayyid  Mirzoning  kelayotganligini 

eshitib,  Astrobodga 

chekinadi.  U  yerdan  esa  ikkinchi  marta  Astrobodni  tark  etib, 

Amudaryodan  kechib  o ‘tadi  va  Xorazm  sari  y o ‘l  oladi.  Xorazmni 

egallagan  Husayn  Boyqaro  bu  yerdan  turib  Xurosonga  bir  necha 

marta  yurishlar  uyushtiradi.  Husayn  Boyqaro  ko‘p  umrini  Xorazm 

bilan  Buxoro  o ‘rtasida  kezib  yurib  o ‘tkazadi,  unda  o ‘z  kuchiga 

ishonchsizlik  va  umidsizlik  paydo  bo‘ladi.  Shundan  so‘ng  Husayn 

Boyqaro  1468-yilda  Jo‘chixon  avlodiga  mansub  bo‘lgan  Dashti 

Qipchoq  cho‘llarida  yashovchi  ko‘chmanchi  chorvador  o ‘zbek 

qabilalari  xoni  Abulxayrxon  huzuriga  yordam  so‘rab  borishga 

majbur  b o iad i.  Abulxayrxon  keksayib,  og‘ir  kasalga  mubtalo 

b o ‘lib  to ‘shakda  yotardi.  Shunga  qaramasdan  u  Husayn  Boyqaroga 

yordam  berishga  v a’da  qiladi  va  qo‘shin  to‘plashga  amru  farmon 

beradi.  Ammo  tez  orada  Abulxayrxon  yorug‘  dunyoni  tark  etadi,



IX  bob.  A mir T em ur va tem uriylar davri

411

Husayn  Boyqaroga  yordam  muammosi  ham  ochiqligicha  qoladi. 

Husayn  Boyqaro  taqdir  o ‘yiniga  bosh  egib,  Xuroson  sari  yuzlanadi. 

Ollohning  irodasi  bilan  Hirot  taxtiga  jang-u  jadallar  bilan  erisha 

olmagan  Sulton  Husayn  Boyqaro  1469-yilda  o ‘z  maqsadiga 

kutilmaganda  osonlikcha  erishadi.  Shu yili  Abu  Sayyid Mirzo  Iroqda 

oqquyunlu  turkmanlarining  hokimi  Uzun  Hasan  (1453-1478)  bilan 

Boyqaro  Hirot  sari  yo‘lga  chiqadi.  Abu  Sayyid  M o‘g ‘ucho‘lida 

bolgan  jangda  halok  bo‘ladi.  Bu  xabami  eshitgan  Husayn  Boyqaro 

Hirot  sari  yo‘lga  chiqadi.  Abu  Sayyid  Mirzoning  o ‘g ‘illari  Sulton 

Ahmad  Mirzo  va  Sulton  Mahmud  Mirzolar  ularga  qarshi  Ixtiyorid- 

din  qal’asida  ko‘tarilgan  xalq  qo‘zg‘oloni  va  tashqaridan  kelayotgan 

Husayn  Boyqaro  kuchlariga  qarshi  tura  olmaslikka  ko‘zlari  yetib, 

Hirotni  tashlab  chiqadilar  va  Samarqand  sari  yo‘l  oladilar.  Oradan 

ikki  kun  o ‘tgach,  1469-yil  24-martda  Husayn  Boyqaro  tantanali 

suratda  Hirotga  kirib  keladi,  o ‘sha  kuniyoq  jom e’  masjidida  uning 

nomiga  xutba  o ‘qiladi.  Bu  xabami  eshitgan  Alisher  Navoiy  ham 

do‘stini  muborakbod  etish  niyati  bilan  Samarqanddan  Hirotga  (aprel 

oyida)  yetib  keladi.  U  Husayn  Boyqaroni  sultonlik  martabasi  bilan 

qutlab,  14-aprelda  bayram  kuni  «Xiloliya»  qasidasini  hadya  qiladi. 

Ana  shu  davrdan  e ’tiboran  Navoiy  Boyqaro  Mirzo  davlatining  idora 

ishlarida  faol  qatnasha  boshlaydi.

Husayn  Boyqaro  Mirzo  maktabdosh  do'sti  Alisher  Navoiyni 

dastlab  muhrdorlik  lavozimiga,  keyin  esa  vazirlik  mansabiga 

tayinlaydi.  Xuddi  shu davrdan boshlab,  temuriylar  saltanati yana ikki 

qismga  bo ‘linib  ketadi:  Sulton  Husayn  Boyqaro  boshchiligida  qaror 

topgan  Xuroson  yeri  va  markazi  Samarqand  b o ‘lgan  Movarounnahr 

yeri.


Husayn  Boyqaro  hukmronligi  davrida  Xuroson  Sharqning  eng 

yirik  siyosiy  va  iqtisodiy  mavqeyi  yuqori  bo‘lgan  davlatlaridan 

biriga  aylanadi.  Boyqaro  Mirzo  davlati  Amudaryoning  janubiy 

tomonida  joylashgan  edi.  Uning  tasarrufiga  Xuroson,  Xorazm, 

Sharqiy  va  Shimoliy  Eron  hududlari  kirardi.  Husayn  Boyqaro  38  yil 

hukmronlik  qiladi.  Ana  shu  davrda  ko‘z  o ‘ngimizda  ikki  xil  Husayn 

Boyqaro  gavdalanadi.  Birinchi  Husayn  Boyqaro  jasoratli,  mard, 

odil  va  tadbirkor  saltanat  sohibidir.  Uning  rahbarligida  mamlakat 

hududi  ichki  va  tashqi  dushmanlardan  tozalanadi,  siyosiy,  iqtisodiy 

va  madaniy  jihatdan  qudratli  davlat  barpo  etiladi.  Ikkinchi  Husayn 

Boyqaro  saltanatni  boshqarish  va  idora  qilishda  boqibeg‘am, 

maishatparast,  kayf-u  safoga  mukkasidan  ketgan  hukmdordir.




412

VATAN  TARIXI

Tarixchi  Turg‘un  Fayziyev  xulosalariga  qaraganda,  Husayn  Boyqaro 

davrida:  «...Mamlakatda  adolat  barqaror  b o iib ,  Xuroson  fuqarosi 

birmuncha  osoyishta  va  farovon  hayot  kechirgan.  Ayniqsa,  Alisher 

Navoiyning  sa’y-harakatlari  natijasi  o ia ro q   mamlakatda  yirik  suv 

inshootlari,  m a’muriy  va  madaniy  qurilishlar,  madrasalar,  masjid, 

karvonsaroy, rabot, ko‘prik va shu kabi qurilish ishlari keng k o iam d a 

olib borilgan.  Ilm -m a’rifat gullab-yashnagan»1.

Husayn  Boyqaro  taxtga  o ‘tirgach,  o ‘z  qaramog‘idagi  barcha 

viloyat 

va 


tumanlarda 

m a’muriy 

boshliqlaming 

hammasini 

yangilaydi,  qozilik va dodhohlik lavozimlariga odil va fozil kishilami 

qo‘yadi,  masjid,  madrasalami yetuk va o ‘qimishli ulamo-yu  fuzalolar 

ixtiyoriga  beradi  va  ulardan  mamlakatda  tartib,  adolat  o ‘matishda 

yordam  berishni  so‘raydi.  Tartib-intizomni  buzgan  va  adolatsizlik 

qilgan  kishilami  kim  bo iishidan  qat’i  nazar  qattiq  jazolaydi.  Bu 

borada u hatto o ‘z o ‘g‘lini ham ayamaydi.

Sulton  Husayn  Boyqaro  shahzodalardan  biriga  qarshi  yurishga 

ketganda b a’zi  amaldorlar qulay  vaziyat  keldi  deb  o ‘ylab  Astrobodni 

egallab  oladilar.  Shaharda  va  uning  atrofida  yashagan  aholini  har 

taraflama  eza  boshlaydilar.  X o‘ja   Abdulloh  Axtob  degan  bir  kimsa 

Hirot  shahrining  mushrifi,  X o‘ja  Qutbiddin  Mous  Simnonni  tutib 

olib,  oyoq-qoiiga  kishan  soldiradi  va  undan  300  ming  kepakiy 

dinomi  to iattirib,  o ‘miga  o ‘zi  o ‘tiradi.  Hirot  aholisi  boshiga  juda 

ko‘p  va  o g ir   soliqlar  soladi,  ayniqsa,  mehnatkash  xalq  qattiq  jabr 

tortadi.  Chorasiz  va  nochor  qolgan  mehnatkash  xalq  qo‘zg‘olon 

ko'taradi.  Q o‘zg ‘olonchilar  Shohruh  madrasasiga  bostirib  kirib, 

u  yerda  bekingan  Abdulloh  Axtobni  toshbo‘ron  qiladilar.  Sulton 

Husayn  Boyqaro  Mirzo  bu  voqeadan  xabar  topgach,  Hirotga 

adolat  va  tartibni  tiklash,  gunohkorlami  qonuniy  jazolash  uchun 

Alisher  Navoiyga  vakolat  berib  u  yerga  jo ‘natadi.  Alisher  Navoiy 

Sultonning  xalqqa  jabr-zulm  o ‘tkazgan  amaldorlami  jazolash 

to ‘g ‘risidagi  farmonini  jum a  namozida  minoradan  o ‘qib  eshittiradi, 

adolatni  tiklab  xalqning  mehr-u  muhabbatiga  sazovor  bo iad i. 

X o‘ja   Nizomiddin  Baxtiyor  o ‘midan  tushiriladi  va  ilgarigi  m ushrif 

Qutbiddin  Mous  Simnon  o ‘z  o ‘miga  qo‘yiladi.  Ana  shu  voqealar 

yuz  bergan  1470-yilda  Yodgor  Muhammad  Mirzo  Hirotni  egallab, 

hatto  jom e  masjidida  o ‘z  nomiga  xutba  ham  o ‘qittiradi.  Ammo 

Alisher  Navoiyning  g ‘oyatda  puxta  o ‘ylab  chiqqan  tadbirlari  va




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish