Хусайн Бойкаронинг сирли улими. 23-бет.
IX bob. A mir Tem ur va tem uriylar davri
413
shaxsan bu tadbimi amalga oshirishdagi ishtiroki tufayli Yodgor
Muhammad Mirzo qo‘lga olinadi. U 1470-yil 21-avgustda 19
yoshida qatl etiladi. Sulton Husayn Boyqaro Mirzo ikkinchi marta
Hirotni egallaydi. Tartib-intizom va adolat o ‘matilgan mamlakat
har tomonlama yuksaladi, xalq to ‘q va farovon hayot kechiradi.
Xondamir bergan m a’lumotlarga qaraganda Sulton Husayn Boyqaro
zamonida qirqqa yaqin yirik inshootlar qurilgan. Ayniqsa, Hirot
bu davrda dunyoning eng go‘zal va obod shaharlaridan biriga
aylangan. Sulton Guzurgoh yaqinida o ‘z nomi bilan ataluvchi
madrasa qurdirgan. «Bog‘i jahonoro», «Bog‘i bayt ul-imon»,
«Bog‘i hamsa oroyi» deb ataluvchi go‘zal va ko‘rkam bog‘lar
barpo ettirgan. Sulton Badiuzzamon Mirzo nomi bilan ataluvchi
«Madrasayi Badi’a» o ‘z davrining yirik qurilishlaridan biri bo‘lgan.
Qattiq zilzila oqibatida ancha shikastlangan Hirotdagi eng yirik
jom e’ masjidi ham shu davrda ta’mirlanadi. Bu ulkan masjidning
nechog‘lik katta hashamatini shundan ham bilish mumkinki, uning
403 gumbazi, 130 ta ravoqi va 44 ta ustuni bo‘lgan. Bu ulug‘vor
ishlaming barchasiga amir Alisher Navoiy rahbarlik qilgan.
Tarixiy manbalarga qaraganda Sulton Husayn Boyqaroning
o ‘n bitta xotini bo‘lgan va ulardan 25 farzand — 14 o ‘g ‘il va o ‘n
bir qiz ko‘rgan. Albatta, bu farzandlar Sultonning turli xotinlaridan
bo‘lganligidan aka-ukalar, opa-singillar o ‘zaro bir-biriga kundosh
bo‘lgan onalar boshchiligida davlat, mol-dunyo va vorislik talashib,
fisq-u fasod va jang qilar edilar. Bu kurashning boshida Husayn
Boyqaroning erka xotini Hadicha O g‘o begim turardi. U 1451-yilda
to ‘g ‘ilgan. Sulton Abu Sayyid Mirzo 1457-yilda Hirotni qo‘lga
kiritganda unga xos kanizak qilib hadya etilgan. Hadicha begimni
u 1465-yilda nikohlab olgan edi. 1469-yilda Husayn Boyqaro Abu
Sayyid Mirzo taxtini egallagach, Hadicha begimni ko‘rib, uning
husni jamoliga mahliyo bo‘lib, sevib qoladi va uch oydan so‘ng o‘z
nikohiga oladi.
Hadicha begim husn-latofatda go‘zal, dimog‘dor, yengil tabiat,
ichi qora va makr-hiylaga moyil ayol b o ‘lgan. U tez orada jozibali
va makkorona iltifotlari bilan Husayn Boyqaroni o ‘ziga rom qilib
oladi hamda haramda ulug‘ bekalik o ‘mini egallaydi. Hadicha
begimning ikkita farzandi bo‘lgan. Kattasi Shohg‘arib Mirzo va
kichigi Muzaffar Husayn Mirzo edi. Husayn Boyqaro Mirzoning
suyukli erkasi Hadicha begim o ‘zining kichik o ‘g ‘li Muzaffar
Husayn Mirzoni valiahd sifatida ota taxtiga o ‘tqazish maqsadida
414
VATAN TARIXI
mislsiz qabihlik va qotillik ishlarini amalga oshiradi. Taomilga
ko‘ra, valiahdlik haqqi Sultonning bosh farzandi Badiuzzamonniki
edi. Chunki Badiuzzamon valiahd bo‘lishga munosib b o ‘lib,
Sultonning farzandlari orasida eng oqil va tadbirkori edi. U mard,
toliqmas jangchi, shariat ixlosmandi, adolatparvar shaxs sifatida
tanilgan. M a’rifatparvar b o ‘lganligidan o ‘z saroyiga olimlar, shoirlar,
ulamolar, san’atkorlar va hunarmand ahlini yig‘ib anjumanlar
o ‘tkazar, she’rxonlikka ruju qo‘ygan b o ‘lib. o ‘zi ham g ‘azallar ijod
qilardi.
Ayni paytda Alisher Navoiy boshchiligida saroy ahlining
k o ‘pchiligi valiahdlikka Badiuzzamon Mirzoning o ‘g‘li M o‘min
Mirzoni munosib deb bilar va bu haqda o ‘z mulohazalarini Husayn
Boyqaroga bildirgan edilar. Bu gaplardan xabardor b o ‘lgan Hadicha
begimning qora ichi oqarmas va muammoni bartaraf etish og‘usida
qon yutardi. Nihoyat u o ‘zining jirkanch va qabih niyatini amalga
oshiradi. Bu ishda unga vazir Nizom ul-mulk yordam beradi. U
Sulton Husayn Boyqaro M urg‘ob harbiy o ‘rdugohida qattiq mast
b o ‘lganligidan foydalanib, Muhammad M o‘min Mirzoni qatl etish
to ‘g ‘risidagi nihoyatda mudhish farmonga muhr bostirib oladi va
M o‘min Mirzo qatl etiladi. Bu mislsiz qatli om Badiuzzamon Mirzoni
o ‘z otasiga nisbatan xundor dushmanga aylantiradi, ikki o ‘rtada bir
necha bor qonli urushlar kelib chiqadi.
M o‘min Mirzo qatl etilganda Alisher Navoiy Mashhadda edi.
U Muhammad M o‘min Mirzoni ustozi buzrukvor b o ‘lib, juda-
juda sevardi va mamlakat, el-yurt va saltanatning kelajak taqdirini
uning oqilona sa’y-harakatiga bog‘lardi. Xondamiming yozishicha,
mudhish voqeadan uch kun o ‘tgach, ulug‘ shoir Hirotga qaytib,
Muhammad M o‘min Mirzo fojiasini eshitib, dahshatga tushgan va
zor qaqshab yig‘lagan. Alisher Navoiy M o‘min Mirzo fojiasining
kelajakda yurt va mamlakat taqdiri uchun qanday asoratlar keltirishi
mumkinligi haqida so‘zlab bunday degan: «M o‘min Mirzo fojiasi
xuddi Shayx Majiddin B ag‘dodiy fojiasiga o ‘xshaydi. Zotan,
Shayx Majiddin Bag‘dodiy qatlidan so‘ng k o ‘p o ‘tmay Turondan
Erongacha bo‘lgan yerlar Chingizxon otining tuyog‘i ostida qolib,
kultepaga aylandi. Jafokash xalq qatli omga (umumiy qirg‘inga)
mahkum qilindi. Alhol, Muhammad M o‘min Mirzoning qatli tufayli
ulug‘ bir fitna vujudga kelib, mamlakat vayron bo‘lib, fuqaro
boshiga cheksiz musibat va qirg‘in tushmog‘idan qo‘rqadurmen»‘.
1
Do'stlaringiz bilan baham: