V A T A N T A R IX I
ro g ia r bilan o ‘rab olgan. Sohibqironning buyrug‘i bilan bir-biridan
go‘zal o ‘ndan ortiq bog‘ barpo etilgan. B og‘i naqshi jahon, B og‘i
behisht, Amirzoda Shohruh bog‘i, B og‘i b o ‘ldu, Bog‘i dilkusho,
Bog‘i zofoh, Bog‘i baland, Davlatobod, Bog‘i chinor, B og‘i nav,
Bog‘i jahonnamo shular jumlasidandir.
Tarixchi Ibn Arabshoh Amir Temur bog‘lari to ‘g ‘risida bunday
deb yozadi: «Temur Samarqandda ko‘pdan-ko‘p bo'stonlar barpo
qilib, baland va mustahkam qasrlar bunyod etdi. Ulaming har
qaysisi g'arobatli tartibda, ko‘rkam va ajib suratda edi. B o‘stonlar
asosini mustahkam qilib, fahomatli mevali ko‘chatlar bilan ulami
bezadi. Ulaming birini Eram bog‘i, ikkinchisini Dunyo ziynati, yana
boshqasini Firdavs jannati, uchinchisini Shimol bog‘i, beshinchisini
Oliy jannat deb atadi. Shuningdek, b a ’zi joylam i buzdirib, u
bo‘stonlardan har biri ichida bir qasr qurdirdi. Bu qasrlaming qay
biriga o ‘z majlislarini, o ‘z suratini turli shakllarda: birida kulib
turgan, ikkinchisida qahrlangan, o ‘zi qilgan janglar tasvirlarini,
rasmiy tantanadagi suratlarini; podshohlar, amirlar, sayyidlar,
ulsholar va ulug‘lar bilan suhbat qurgan majlislarini; sultonlaming
uning huzurida qo‘1 qovushtirib turishlarini, xizmat yuzasidan boshqa
mamlakatlardan huzuriga kelgan ulaming podshohi sultonlarining
vakillarini, o ‘zining ov xalqalari-yu yashirin hiylalarini, Hind, Dashti
(Qipchoq) va Ajam janglarida o ‘z zafarlari suratini, dushmanlarining
qay ahvolda yengilib qochganini, o ‘z avlodlari, nabiralari, amirlari,
qo‘shinlari suratlarini; aysh-u ishrat majlislari va sharoblari qa-
dahlari-yu qadahlari soqiylarini, o ‘z ulfati qo‘shiqchilarining, turli
maqomdagi g ‘azalxonlik kuychilarining, huzuridagi sevgililari-
yu (nikohidagi) pok xonimlaming va bulardan boshqa uning bir-
biriga o ‘xshab, ulanib ketgan, uning butun umri mobaynida o ‘zga
mamlakatlarda voqea b o ‘lgan hodisalar suratini tasvirlatdi. Bular
hammasi hech bir noqissiz va ziyodasiz, qay tarzda yuz bergan
b o ‘lsa, shundayligicha aks ettirildi. Bundan maqsadi o'zining
ishlaridan g ‘oyibona xabardor b o iib , ulaming o ‘z ko‘zi bilan
mushohada etmaganlarga yaqqol namoyon qilib ko‘rsatish edi»1.
Amir Temur yaratgan bog‘lar go‘zalligini ulardagi turli-tuman
mevalami va Yer yuzida mavjud b o ‘lgan hayvonot dunyosini,
parrandalar tafsilotini tarifga olish uchun qalam ojizlik qiladi.
A.Berdimurodovning «Amir Temuming Samarqanddagi bog‘lari»
1
Ибн Арабика;.
Амир Темур тарихи. 2-китоб, 82-83-бетлар.
Do'stlaringiz bilan baham: |