“Yagona davra” strategiyasi o‘quvchilarda o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan mustaqil, mantiqiy fikrlash, boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni tinglash, ularni to‘ldirish, shaxsiy fikrlarini asoslash, xulosa chiqarish qobiliyatini tarbiyalashga xizmat qiladi. Mavzu yuzasidan har bir o‘quvchining fikrini bilish muhim. Shuning uchun har bir o‘quvchi fikr bildirayotganda uning so‘zini bo‘lish, qo‘shimcha qilish hech kimga, hatto o‘qituvchiga ham ruxsat etilmaydi. Strategiyani qo‘llashda quyidagi quyidagi shartlarga amal qilish shart:
O‘quvchilar davra qurib o‘tirishlari, o‘rtaga tashlangan savol yuzasidan o‘z tushunchalarini bayon etishlari.
O‘quvchilar o‘zlariga navbat kelishini kutib o‘tirmay, mavzu yuzasidan fikrlarini ayta olishlari.
Mashg‘ulotda har bir o‘quvchinig faol ishtirok etishi, muhokamaga o‘z hissasini qo‘shishini ta’minlash.
O‘qituvchi muhokama yakunida bildirilgan umumlashtirilishi, har bir o‘quvchining ishtirokini ko‘rsatib o‘tishi lozim. Strategiya, odatda, mashg‘ulotning boshlanishi yoki yakunida qo‘llaniladi.
Morfologik vositalarni o‘qitish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan “Yagona davra” metodidan foydalinishi yaxshi samara berishi mumkin. Bunda o‘qituvchi taxminan quyidagicha savol bilan murojaat qilishi mumkin:
“Nima deb o‘ylaysiz, siz o‘rganayotgan otlardagi lug‘aviy shakl yasovshi qo‘shimchalar kesatiq, yerga urish ma’nolarida ham qo‘llanishi mumkinmi? Misollar keltira olasizmi?” Bu o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini ham tekshirishga imkon beradi. O‘quvchilar o‘zlari o‘qigan badiiy asarlarini eslashlari va undagi parchalardan misollar keltirishlari mumkin. Bu
o‘quvchilarning erkin fikrlashlariga, darslikda berilgan misollardan tashqari, o‘zlari mustaqil ravishda misollar topa olishlariga ko‘maklashadi.
“Charxpalak” metodi
“Charxpalak” metodi o‘quvchilarda o‘rganilgan mavzularni yodga olish, ular yuzasidan mantiqiy fikrlash, savollarga mustaqil, to‘g‘ri javob berish, o‘z-o‘zini baholash malakalarini shakllantirish, o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqtda o‘quvchilarning bilimlarini baholash imkoniyatini yaratadi. Uning maqsadi o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini mustaqil, erkin bayon qilish, o‘z- o‘zini baholash, individual, juftlik va jamoada ishlash, boshqalar fikrini hurmat qilish, mavjud fikrlar orasidan muhimini tanlab olish ko‘nikma, malakalarini rivojlantirishdan iborat 37 . Metod quyidagi ko‘rinishga ega:
37 O‘. Muhmmedov ba boshqalar. Ta’limni tashkil etishda zamonaviy interfaol metodlar.O‘quv-uslubiy tavsiyalar.- Toshkent,2016
Fe’llarning nisbat shakllari mavzusini o‘tayotganda ushbu usuldan foydalanish har bir o‘quvchining individual fikrini aniqlashga va har bir o‘quvchini bir-birining fikri hamda bilimi bilan tanishtirishga yordam beradi. Darsda ushbu metod quyidagi tartibda qo‘llanadi:
O‘qituvchi o‘quvchilarni shartlar bilan tanishtirib, ularni guruhlarga ajratadi.
Guruhlarga fe’lning nisbat qo‘shimchalariga uchtadan gap misolida misol keltirish vazifani qo‘yilgan tarqatma materialli topshiriqlar beriladi.
Topshiriqni bajarish uchun ma’lum vaqt belgilanadi.
A’zolar guruhda individual ravishda tarqatma materialda ko‘rsatilgan vazifani bajaradilar(guruh raqami va o‘zi bajarganligining belgisi qo‘yiladi).
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, tarqatmali materiallar boshqa guruhlar bilan “Charxpalak aylanmasi” yo‘nalishida almashtiriladi.
Har bir guuh tomonidan material mazmuni o‘rganiladi va o‘zgartiriladi. Bir o‘quvchining misoli boshqa o‘quvchinikiga o‘xshamasligi kerak.
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach , tarqatma materiallar yana bir bor boshqa guruhlar bilan “Charxpalak aylanmasi” yo‘nalishida almashtiriladi(almashtirish guruhlar soniga qarab amalga oshiriladi).
Guruhlar o‘z yechimlarini bitta qutiga yig‘adi.
Materiallar so‘nggi bor almashtirilgandan keyin har bir guruh o‘zi bajargan yechimni(guruh raqami va belgi asosida) tanlab oladi.
Har bir guruh va uning a’zolari o‘zlarining yechimlarini boshqa guruhlarning ishlari bilan taqqoslab, tahlil qiladi.
O‘qituvchi jamoa yordamida to‘g‘ri javoblarni aniqlaydi.
Tahlil asosida har bir guruh va o‘quvchilarning faoliyati baholanadi(bir vaqtning o‘zida o‘quvchilar ham o‘z-o‘zini baholaydi).
Bu metodni , asosan , 6-sinflar uchun qo‘llash ko‘proq samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |