Bob. Oshqozonosti bezining orolcha apparati kasalliklari


QD 1–turining klinik belgilari



Download 328,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana14.06.2022
Hajmi328,35 Kb.
#666637
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
endokrin 1

QD 1–turining klinik belgilari 
QD 1–turida dastlabki klinik ko‘rinishlari har xil –belgisiz giperglikemiyadan 
tortib to hayotga xavf soluvchi ketoatsidozgacha bo‘lishi mumkin. Bolalarda QD 1–
turi atsidozsiz giperglikemiya simptomlari ko‘pincha bir necha kundan bir necha 
haftagacha cho‘ziluvchi tez-tez siyish, polidipsiya va poliuriya ko‘rinishida 
namoyon bo‘ladi. Poliuriya kunduzi va tunda siydikni ushlay olmaslik turidagi 
nikturiya kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi; hojatga o‘zi bora olmaydigan 
bolalarda ota–onalari tagliklarning tez–tez ho‘l yoki og‘irlashishini aniqlashlari 
mumkin. Shu bilan birga glyukoza hujayraga tushmaydi va uning oksidlanishini 
tormozlaydi, bolalarda energetik resurslarda yetishmovchilik sezadi. Dastlab 
ishtaha ortadi, ammo bola ozib ketadi (yog‘lar insulin yetishmasligidan 
sintezlanmaydi), glikogen parchalanishi kuchayadi va glyukoneogenez, ketogenez
(keton tana: β-oksiyog‘li kislota, atsetoatsetat ) faollashadi, og‘izda atseton hidi
paydo bo‘ladi. 
Bolalarning yarmi katabolizmning oshishi tufayli vazn yo‘qotadi, yana o‘sish 
jarayoni buziladi. Dastlab charchash, holsizlik, kandidoz toshmasi, aniq ko‘rmaslik 
(ko‘z gavharining giperosmolyar holati va shishasimon tana),yoki ko‘ngil aynish 
hamda qusish ularni bezovta qiladi. Yog‘ to‘qimasi lipolizining kuchayishi qonda 
erkin yog‘ kislotalari konsentratsiyasining o‘sishini olib keladi, insulin tanqisligi 
sharoitida jigarning lipolitik qobiliyatining pasayishidan ketogenez kuchayadi. 
Keton tanasining to‘planishi diabetik ketoatsidoz rivojlanishiga olib keladi. 
Ketoatsidoz chanqash va poliuriya paydo bo‘lganidan keyin bir necha hafta o‘tgach 
rivojlanadi. Og‘izdan atseton hidi keladi, polifagiya ishtahaning kamayishi bilan 
almashadi, holsizlik kuzatiladi, jismoniy yuklama hansirash paydo bo‘ladi, keyin esa 
tinch holatda anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, uyquchanlik qo‘shiladi. Bular 
komatoz holatning og‘ir belgilari hisoblanadi. Kam holatda QD bolalarda soxta 
abdominal sindrom bilan kechadi. Qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, tez rivojlanuvchi 
ketoatsidoz paydo bo‘lishi, qusish jarrohlik kasalliklar belgilari sifatida baholanishi 
mumkin. Ko‘pincha bunday bolalarda kuzatilgan o‘tkir qorin simptomi sababli 
xatolik sababli laparotomiya o‘tkazilishi mumkin. Ko‘pincha yonoq, peshona va 
jag‘ostida uzatilgan diabetik qizarish giperglikemiya va ketozda teri kapilyarlar 
parezi bilan bog‘lanadi. Odatda suvsizlanish sababli teri turgori pasaygan. QD da 
nafas olish a’zolari kam shikastlanadi. Yurak qon tomir tizimi tomonidan bo‘ladigan 
o‘zgarishlar kasallik debyutida kuzatilmaydi faqat og‘ir dekompensatsiyada 
aniqlanadi va taxikardiya, Yurak tonlarining pasayishi, funksional shovqin bilan 
xarakterlanadi. EKGda metabolik xarakterdagi o‘zgarishlar aniqlanadi. Bolalarda 
gepatomegaliya juda ko‘p kuzatiladi va metabolizm buzilishi darajasiga bog‘liq 


bo‘ladi. QDda jigarning kattalashishi odatda insulin yetishmovchiligi oqibatida 
yog‘ infiltratsiyasi bilan bog‘liq. Insulinoterapiya o‘tkazish va uglevod almashinuvi 
kompensatsiyasi jigar hajmining normallashishiga olib keladi.
QD manifest simptomi teri kasalliklari, uchuq, og‘ir furunklyozga olib kelishi 
mumkin. Qizlarning ba’zan tashqi jinsiy a’zolari sohasida va tananing boshqa 
qismlaridagi qichishishdan shikoyat qiladi, ko‘pincha ota-onalar ularni ginekolog 
tekshiruviga olib borishga majbur bo‘ladi. Ko‘krak suti bilan boqilayotgan 
bolalarda ko‘pincha uncha katta bo‘lmagan prodromal davri bilan ketoz 
ko‘rinishlarining boshlanishi kuzatiladi. Chanqash, poliuriyani sezmaganligidan 
kasallikni tashxislash bir oz qiyin bo‘ladi. 
Ko‘pincha bolalarda QD 2-turi simptomsiz kechadi, ammo ularning holati 
faqat rejali tekshiruvda aniqlanishi mumkin. Ayrim bolalarda giperglikemiya, 
giperglikemik giperosmolyar holat yoki tarqalgan adashmovchiliklarga qaramay, 
DKA paydo bo‘ladi.

Download 328,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish