Mavzu: O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish va milliy ma’naviy taraqqiyot omillari
Reja:
Kirish.
bob. Fuqarolik jamiyatining nazariy asoslari va rivojlanish tarixi.
. O’zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyati rivojlanish bosqichlari
. Jamoat birlashmalari va tashkilotlarining fuqarolik jamiyati yaratishdagi o’rni, ahamiyati
bob. O’zbekistond Respublikasida fuqarolik jamiyati shakllanishining o’ziga xos xususiyatlari va ma’naviy taraqqiyot omillari
2.1. Qonun ustuvorligi fuqarolik jamiyati asosi.
2.2. Taraqqiyotning o’zbek modeli va Yangi O’zbekiston taqqiyot strategiyasi
2.3. Fuqarolik jamiyat institutlarining rivojlanishi va istiqbollari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishgan dastiabki kunlardayoq davlat tomonidan mamlakatda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish asosiy strategik pirovard maqsad deb e’lon qilindi. “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili bu sohada olib boriladigan islohotlaming asosiy g‘oyasi sifatida qabul qilindi. Natijada mustaqillik davrida mamlakatda fuqarolik jamiyatining iqtisodiy, huquqiy va siyosiy asoslari shakllandi, uning institutlari jadallik bilan rivojlana boshladi. Birinchi Prezident I.A.Karimov va davlat tomonidan mamlakatni rivojlantirishning o‘ziga xos milliy xususiyatlari aks etgan “O‘zbek modeli” ishlab chiqilishi va uning amalga oshirilishi, bu jarayonda xalqimizning tarixiy rivojlanish an’analari, demokratik prinsiplar va umuminsoniy qadriyatlar asosida islohotlarni chuqurlashib borishi, milliy manfaatlami o‘zida ifoda etishga asoslangan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatni qurish, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tilishi natijasida O‘zbekiston jamiyatining barcha sohalari rivojlangan mamlakatlarga xos bo‘lgan taraqqiyot bosqichiga kirdi1.
Biz ishlab chiqqan va bugungi kunda hayotga tadbiq etayotgan ushbu modelning ma’no-mazmuni-davlat qurilishi va konstitusiyaviy tuzumni tubdan o’zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar tashabbuskori bo’lishi va ularni muvofiqlashtiririb borishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma- bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir2.
Shu bois mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, eng avvalo jamiyatimiz a’zolari, turli ijtimoiy qatlamlar, ayniqsa talaba yoshlar tomonidan uning mazmun-mohiyati teran va chuqur anglab yetilishini taqozo etadi.
Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo’nalishlarida biri, bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va globallashtirishdan iboratdir. Bir so’z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo’lib qolmoqda3.
Aynan shuning uchun ham biz mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab islohotlarning mazkur yo’nalishiga alohida e’tibor qaratganimiz bejiz emas. Ana shunday yondashuv tufayli bu boradagi ishlarning ko’lami, miqyosi va samaradorligi keyingi o’n bosqichga ko’tarilganini ko’p-ko’p misollarda ko’rish mumkin4.
Bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so’z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o’z fikr va g’oyalarini, sodir bo’layotgan voqealarga o’z munosabati va pozisiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo’lmasligini o’zimizga yaxshi tasavvur etamiz5.
Ma’lumki, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o’z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o’zida mujassam etgan bo’lib, bu O’zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti, ta’bir joiz bo’lsa, tamal toshi hisoblanadi6.
Erkin saylov va o’z xohish-irodasini erkin bildirish prinsiplari, birinchi navbatda har bir shaxsning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish bo’yicha konstitusiyaviy huquqi milliy davlatchiligimiz modelining asosini tashkil etadi. Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo’lgan huquqiy normalarning nechog’liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o’z xohish-irodasini erkin ifoda etishning, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi davlat va jamiyat boshqaruvdagi ishtirokining asosiy shakli bo’lib, o’ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir7.
2016-yilning so‘nggi choragida Sh.M.Mirziyoyev davlat rahbari sifatidagi faoliyati boshlanganidan keyin 0 ‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlari jarayonida tub burilish davri boshlandi. 0 ‘z faoliyatining dastlabki kunlaridayoq Prezident Sh.M.Mirziyoyev fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga kuch bag‘ishlaydigan, uning rivojlanishiga keng shart-sharoitlar yaratadigan demokratik prinsip - “Xalq davlat idoralariga ernas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g'oyani e’lon qildi. Bu g‘oya fuqarolik jamiyatini qurishning asosiy kuch-quvvati maribayi sifatida namoyon bo‘la boshladi.
Prezident tashabbusi bilan qabul qilingan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”da fuqarolik jamiyati qurish dasturi sifatida quyidagi vazifalar ilgari surildi: “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modemizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalaming rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish”.
Ko‘rinib turibdiki, mamlakatda fuqarolik jamiyati qurish jadal sur’atlar bilan tobora chuqurlashib bormoqda. Lekin fuqarolik jamiyati qurish islohotlari xalqning o‘zini ham bu jarayonda faol ishtirok etishini taqozo qiladi. Chunki har qanday jamiyat qurish oldindan loyihalanadi, uning bunyodkorlari dunyoqarashida aks etadi. Aks holda, bu kabi jamiyatni qurib bo‘lmaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, fuqarolik jamiyatiga doir nazariy va amaliy bilimlami yoshlar ongiga singdirish mamlakat kelajagi va istiqbolini belgilovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Chunki yangi quriladigan jamiyatning belgilari, sifatlari va umuman, uning umumiy tarixi yoshlar ongi va tasavvurida namoyon bo‘lmas ekan, ulaming yosh mutaxassislar sifatidagi jamiyatga ta’sirining samarali bo‘lishiga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatining nazariy ishlanmalar jamlanmasi sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmasini yaratish muhim dolzarb vazifalardan biri sifatida namoyon bo‘la boshladi. Fuqarolik jamiyati qurish islohotlari sharoitida yoshlami bu jarayonda faol ishtirok etishlari va o‘z dunyoqarashlarini fuqarolik jamiyati qurishga doir nazariyalar bilan boyitishlari uchun shart-sharoitlar yaratish ular olgan bilimlami amaliyotga qo‘llashlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o’z salohiyatilarini ro’yobga chiqarish, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko’maklashmoqda8.
Shu bilan birga «Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari raislari saylovi tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha oqsoqollar va ularning maslahatchilari eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini, fuqarolar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning ahamiyati va roli oshirilishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni nazarda tutadigan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish taklif qilinadi9.
Do'stlaringiz bilan baham: |