Bob. Fuqarolik jamiyatining


Mavzu bo’yicha qilingan ishlar



Download 69,46 Kb.
bet2/6
Sana27.06.2022
Hajmi69,46 Kb.
#710175
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Diplom ish

Mavzu bo’yicha qilingan ishlar.Fuqarolik jamiyati barpo etishning nazariy va amaliy jihatlari, ushbu jamiyatning huquqiy madaniyati, ma’naviy-ahloqiy asoslariga oid muammolar O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillarida barcha ijtimoiy gumanitar yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotlarning diqqat markazida turibdi. So’nggi yillarda fuqarolik jamiyatining mohiyati, tabiati hamda uni shakllantirish jarayonlariga bag’ishlangan, shuningdek tegishli huquqiy madaniyat, huquqiy ong va huquqiy mafkura tahliliga doir bir qator siyosiy-nazariy, falsafiy, huquqiy, tarixiy yo’nalishdagi asarlar chop etildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari, ma’ruza va nutqlarida Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish konsepsiyasi haqida qimmatli ko’rsatmalar, asosiy tushunchalar berilgan. Ushbu asarlari O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida, O’zbekiston XXI asrga intilmoqda, konsepsiya va boshqa ma’ruza va asarlaridir.
Mazkur muammolar xususida tadqiqot olib borgan ko’pgina huquqshunos, faylasuf, siyosatshunos olimlarimizning asarlari diqqatga sazovordir. Ular qatorida akademiklar Sh.Z.O’razaev, M.Sharifxo’jaev, professorlar A.A.Azizxo’jaev, Z.M.Islomov, X.T.Odilqoriev, S.Jo’raev, Sh.I. Jalilov, A.X.Saidov, R.Maxmudov, U.Tadjixanov, M.A.Rajabova, M.M.Fayziev, E.H.Xalilov, fan doktorlari A.Hamraev, F.X.Raximov, F.Musaev, M.Qirg’izboev va boshqalarni ko’rsatib o’tish mumkin10.
Odatda, fuqarolik jamiyati xususida gap ketganda, qadimgi Yunon faylasufi Arastu fikrlariga tayaniladi. Darhaqiqat, bu tushuncha Arastu tomonidan ilk bor ilmiy va siyosiy iste’molga kiritilgan edi. U fuqarolik jamiyatini siyosiy qurilishning ma’lum shakli orqali bir-birlari bilan bog’langan erkin va teng huquqli fuqarolar uyushmasi sifatida xarakterlagan edi11.
Akademik M.Sharifxo’jaev o’zining “O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi” asarida ushbu jamiyatning tarixiy-nazariy talqiniga, uning hozirgi zamonaviy tushunilishiga, xususiyatlariga, undagi insoniy ijtimoiy holatga, hokimiyatning mazmun-maqomiga, davlat bilan jamiyat nisbatini ifodalovchi xususiyatlarga, davlat tuzilmasini erkinlashtirish masalalariga, fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslariga, shuningdek, islohotlarning “o’zbek modeli” orqali mamlakatimizda ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlariga ilmiy-publisistik nuqtai nazardan baho beradi. Muallifning umumiy xulosasiga ko’ra, “Fuqarolik jamiyati mustaqil ishlab chiqaruvchi, mustaqil erkin xaridor, mustaqil ozod fuqaro jamiyatidir”. Biroq, asarda “mustaqillik” holatlarini mustaqillashtirish ruhi ustuvorlik qiladi.
Professor Z.M.Islomovning “Fuqarolik jamiyati: kecha, bugun, ertaga” risolasida fuqarolik jamiyati ijtimoiy hodisasining paydo bo’lish– shakllanish bosqichlari, uning mohiyati, tarixiy ildizlari, xususiyatlari, davlat bilan fuqarolik jamiyatining o’zaro nisbati, asosiy tamoyillarini atroflicha ilmiy tahlil qilib chiqadi.
Faylasuf va siyosatshunos olimlarimizdan prof. N.Shodiev, dotsentlar S.Hasanov, T.Do’stjonov va M.Qirg’izboevlar fuqarolik jamiyati tahlilini qadimgi Sharq va G’arb, xususan, yunon mutafakkirlari ilmiy, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy merosidek tarixiy poydevorga tayangan holda amalga oshiradilar. Bunda ular adolatli huquqiy davlat g’oyasiga, fuqarolik jamiyatida boshqaruv tartibi masalalariga alohida e’tibor qaratadilar. Masalan, M.Qirg’izboevning “Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba” nomli monografiyasida tahlil etilayotgan hodisaning umumiy tushunchasi, unsurlari: siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlar, o’zini o’zi boshqarish organlari kabi fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanish bosqichlari bayon etilgan, shuningdek, fuqarolik jamiyatining tashkil topishi, uning huquqiy davlat bilan munosabatlariga doir xorijiy tajriba nazariy jihatdan umumlashtirilgan.
Professor X.T.Odilqoriev “Fuqarolik jamiyatining mohiyati va qadriyatlari tizimi” hamda “Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati” nomli asarlarida fuqarolik jamiyatining mohiyati, mazmuni, yuridik tabiati va ta’rifi, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning konstitutsiyaviy zamini, uning tarkibiy tuzilishi va faoliyat yuritish tamoyillari, bu jamiyatning madaniyati, ma’rifiy qadriyatlari, ma’naviy- axloqiy asoslari, fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o’zaro munosabati, fuqarolik jamiyati sharoitida inson huquqlarini muhofazalash mexanizmi kabi masalalar borasida muhim ijtimoiy-huquqiy xulosalar chiqaradi.
M.Sharifxo’jaev, X.Odilqoriev, Z.M.Islomov kabi olimlar muammoning tahliliga qo’shgan eng qimmatli hissasi shundaki, ular fuqarolik jamiyatini uch nuqtai nazardan: ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy (axloqiy) jihatlarning bir butunligi deb talqin qilishni taklif etadilar. Fuqarolik jamiyatining madaniy, ma’rifiy-ma’naviy, ijtimoiy-axloqiy jihatlariga e’tibor bizning mazkur tadqiqotimiz uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Faylasuf olim F.Musaev “Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari” nomli doktorlik dissertasiyasida bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat shakllanishiga doir tarixiy va zamonaviy ilmiy-nazariy qarashlar (konsepsiyalar)ni tahlil etgan. Unda fuqarolik jamiyati qurishning milliy mafkuraviy, ma’naviy, huquqiy-madaniy jihatlariga ham e’tibor qaratilgan12.
Mustaqil taraqqiyot yillarida fuqarolik jamiyatini shakllantirish bilan bog’liq islohotlar jarayoni umumiy tahlili barobarida uning ma’naviy asoslariga ham e’tibor qaratilib, huquqiy mafkura, huquqiy madaniyat, qonun ustuvorligi va qonunga itoatkorlik muammolari ilmiy tadqiqotlar mavzusiga aylandi. Bu muammolar ustida U.Tadjixanov, A.Saidov, E.M.Abzalov, R.Mahmudov, E.H.Xalilov, N.Vaxobov, F.Xayitboev, Sh.Bilolxo’jaeva va boshqalar samarali ish olib bordilar. Professorlar U.Tadjixanov bilan A.Saidovlarning huquqiy madaniyat nazariyasiga oid darslik va monografiyalarini alohida ta’kidlab o’tish lozim13.
Fuqarolik jamiyati, huquqiy madaniyatining mohiyati, tushunchasi, funksiyalari, uslublariga oid izlanishlar quyidagi mualliflar tomonidan amalga oshirilgan: E.V.Agranovskaya, N.M.Keyzerov, V.P.Kudryavsev, A.L.Likas, E.A.Lukasheva, G.V.Malsev, V.M.Mejuev, V.P.Salnikov, A.R.Ratinov,Yu.M.Reznik, A.P.Semitko, V.V.Lapaeva, V.S.Nersesyans, M.N.Marchenko, N.I.Matuzov, V.A.Chetvernin, Ya.S.Yaskevich va boshqalar14.
Biz malakaviy bitiruv ishida jamoat birlashmalari va tashkilotlar to’g’risida va ularning fuqarolik jamiyatida o’rni va ta’sirini yoritib berishga xarakat qilamiz.

Download 69,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish